|
-Mavzu: 3 DS Max dasturida geometrik obyektlar, splayn chiziqlar, polygonal obyektlar
|
bet | 75/101 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 25,09 Mb. | | #251873 |
Bog'liq O\'zbekiston respublikasi25-Mavzu: 3 DS Max dasturida geometrik obyektlar, splayn chiziqlar, polygonal obyektlar
Endi Box (Parallelepiped) obyektini tahrirlanadigan poligonga o„zgartiramiz. Buning uchun undan belgilashni bekor qilmagan holda sichqonchaning o„ng tugmasini bosamiz, so„ngra Convert to Editable Poly buyrug‘ini tanlaymiz. Yoki Boshqarish paneli (Command Panel) dagi Modify bo„limidan Box obyektini belgilab sichqonchaning o„ng tugmasi bosamiz, so„ngra Editable Poly buyrug„ini belgilaymiz. Rasmda ko„rstilganidek.
Bundan so„ng Selection oynasidagi Polygon (Yuza) buyrug„idan Edit Polygons bo„limini Inset buyrug„idagi belgilangan qizil to„rtburchak tugmani bosamiz.
So„ng Box obyektini belgilab Inset Polygon oynasida quyidagi buyruqlarni bajaramiz va OK tugmasini bosamiz.
Selection oynasidagi Vertex buyrug„ini tanlaymiz va quyidagi amalni bajaramiz.
Top (Yuqori) proyeksiya oynasiga o„tib Box (Parallelepiped) obyektini ichki yuqorisidagi 2 ta nuqtani belgilab, Y o„qi bo„yicha Y: 12 sm yuqoriga siljitamiz.
Box (Parallelepiped) obyektini ichki quyidagi 2 ta nuqtani belgilab Y o„qi bo„yicha Y: 4 sm yuqoriga siljitamiz. Rasmda ko„rsatilgandek.
Pastki nuqtalarni belgilab X o„qi bo„yicha suramiz. Dastlab o„ng nuqtani belgilab X o„qi bo„yicha X: 20 smga suramiz.
So„ng chap nuqtani belgilab X o„qi bo„yicha X: -20 smga suramiz.
Pastki nuqtalarni belgilab Y o„qi bo„yicha Y: -8 smga yuqoriga suramiz.
Top (Yuqori) proyeksiya oynasidan pastki nuqtalarni belgilaymiz.
Front (Old) oynasidan ostidagi nuqtani Alt tugmasi bilan ayirib tashlaymiz
Pastki nuqtalar hisobdan chiqib ketish uchun. Rasmda ko„rsatilganidek.
Left (Chap) tomondan qarab Z o„qi bo„yicha Z: 0,9 sm pastga tushiramiz.
Perspektive oynasidan quyidagi ko„rinishga ega forma hosil bo„ladi.
Selection oynasidagi Polygon (Yuza) buyrug„iga o„tamiz va yuzasini belgilaymiz.
Edit Polygons bo„limidan Extrude buyrug„ini qizil to„rtburchak tugmani bosamiz.
Extrude Polygons oynasidan Extrusion Type bo„limidan Group belgilanadi, Extrusion Height: 10 sm berib Apply tugmasi bosiladi.
Bundan so„ng yana Extrusion Height: 9 sm berib Apply tugmasi bosiladi.
Shu ko„tarilgan holatida Extrusion Height: 6 sm berib OK tugmasi bosilib to„xtatamiz.
Perspektive oynasidan quyidagi korinishga ega forma hosil bo„ladi
Endi hosil bo„lgan formanni Selection bo„limi Polygon (Yuza) rejimidan 2-yuzasini belgilanadi. Rasmda ko„rsatilganidek.
Undan so„ng Edit Polygons bo„limidan yana bir bor Extrude buyrug„ini beramiz va qizil to„rtburchak tugmani bosamiz.
Edit Polygons bo„limidan yana bir bor Bevel buyrug„ini beramiz va qizil to„rtburchak tugmani bosamiz.
Bevel Polygons oynasini Bevel Type bo„limidan Group belgilanadi, Height: 3,5 sm, Outline Amount: 15 sm berib OK tugmasi bosiladi.
Unga Edit Polygons bo„limidan Inset buyrug„i beramiz va qizil to„rtburchak tugmani bosamiz.
Inset Polygons oynasini Inset Type bo„limidan Group belgilanadi, Inset Amount: 0,8 sm berib OK tugmasi bosiladi. Natijada monitorning yuzasi hosil bo„ladi.
Endi monitorimizning yuzasi chiqqandan song chuqurligini hosil qiamiz. Buning uchun Edit Polygons bo„limidan yana bir bor Bevel buyrug„ini beramiz va qizil to„rtburchak tugmani bosamiz.
Bevel Polygons oynasini Bevel Type bo„limidan Group belgilanadi, Height: -0,251 sm, Outline Amount: -0,251 sm berib OK tugmasi bosiladi.
Natijada quyidagi ko„rinishga ega bo„ladi.
Endi Left (Chap) proyeksiya oynasiga o„tib Selection oynasidagi Vertex (Nuqtalar) buyrug„ini tanlaymiz.
Quyidagi amalni bajaramiz, chap tomondagi 3 nuqtani belgilab o„ng tomonga.
O„ng tomondan belgilab chap tomonga belgilangan nuqtalarni suramiz
Ostki nuqtani ham ozgina yuqoriga ko„taramiz.
O„ng tomondan belgilab yana chap tomonga suramiz.
Endi Perspektive proyeksiya iynasidan rangli ko„rinishini ko„ramiz.
Endi Perspektive (Perspektiva) proyeksiya oynasiga o„tib Selection oynasidagi Edge (Qovurg„alar) buyrug„ini tanlaymiz.
Perspektive (Perspektiva) proyeksiya oynasidan qovurg„alarini belgilab X o„qi bo„yicha ozgina bukamiz.
Chap tomondan X: 6,0 sm; Y: 6,0: Z: 25 sm qiymatlarni beramiz. Natijada chap tomon quyidagi ko„rinishda bo„ladi.
O„ng tomondan X: -6,5 sm; Y: 6,214 sm: Z: 25,634 sm qiymatlarni beramiz. Natijada chap tomon quyidagi ko„rinishda bo„ladi.
Left (Chap) proyeksiya oynasiga o„tib 2 ta qovurg„alarni belgilaymiz. So„ng sichqonchani o„ng tomonini bosib Chamfer buyrug„ini yoki Buyruqlar paneli (Main Toolbar) ning Edit Edges bo„limidan Chamfer buyrug„ini beramiz va qizil to„rtburchak tugmani bosamiz. Belgilangan ob‟yektni qirralarini yo„qotamiz. Rasmda ko„rsatilganidek bajaramiz.
Chamfer Edges muloqot oyanasidan Chamfer Amount: 0,9 sm, qirralari yumshoqroq bo„lishi uchun qovurg„alarni Segments: 3 ga qiymat beramiz va OK tugmasini bosamiz.
Natijada quyidagi shaklga ega bo„ladi.
Endi monitorimizning ostki qismidagi qovurg„alarni belgilaymiz (qovurg„alar qizil chiziqlar bilan belgilangan). Edit Edges bo„limlar oynasidan Chamfer buyrug„ini beramiz va qizil to„rtburchak tugmani bosamiz. Chamfer Edges muloqot oyanasidan Chamfer Amount: 4,0 sm, qirralari yumshoqroq bo„lishi uchun qovurg„alarni Segments: 1 ga qiymat beramiz va OK tugmasini bosamiz.
Natijada quyidagi shaklga ega bo„ladi
Endi monitorning Front (Old) perspektiva oynasiga o„tib Create bo„limidan 2-Shapes bo„limiga o„tamiz va Text tugmasini bosamiz. Natijada MAX Text yozuv paydo bo„ladi va Size ga vaqtinchalik 20 sm beramiz. Rasmda ko„rsatil-ganidek qizil kataklar bilan belgilangan bo„yicha bajaramiz.
Keyingi bosqich Paramerters bo„limidan Palotino Linotype shiriftini tanlaymiz (ixtiyoriy shirift tanlashingiz mumkin), Size ga esa 0,7 sm qiymat kiritamiz, Text maydonidagi MAX Text yozuvni esa SAMSUNG yozuviga o„zgartiramiz, holat satridan X: 0,0 sm, Y: -3,5 sm, Z: 3,755 sm qiymatlarga keltiramiz. Rasmda ko„rsatilganidek qizil kataklar bilan belgilangan bo„yicha bajaramiz.
SAMSUNG yozuvini bo„rtirish uchun Modifier List bo„limidan Extrude buyrug„i berib bo„rtiramiz. Rasmda ko„rsatilganidek.
Paramerters bo„limidan Amount: 0,2 sm qiymat beramiz va natijada quyidagi ko„rinishni oladi.
Perspektipve proyeksion oynasidan ko„rinishi
Endi monitorimizning o„chirish va yoqish tugmalarini qo„yamiz. Buning uchun Front (Old) oynasiga o„tib Cylinder tugmasi yordamida aylana chizamiz. Parameters bo„limidan Radius: 0,3 sm, Height: 0,3 sm, Height Segments: 1, Cap Segments: 1, Sides: 32 qiymatlarni beramiz. Holat satridan X, Y, Z ga rasmda ko„rsatilgan qiymatlarni beramiz. Natijada quyidagi shaklga ega bo„lamiz.
Rendering menyusidan Render Shift+Q buyrug„ini bosganimizda monitorimizning ko„rinishini ko„rsatib beradi. Autodesk 3ds Max 2009 dasturida monitor qurilmasini tayyorlash bosqichlari yakuniga yetdi va uni Fayl menyusidan Save Ctrl+S buyrug„i yordamida Monitor.max kengaytma bilan xotiraga olinadi.
|
| |