|
-Mavzu: 3 DS Max dasturida murakkab va dinamik obyektlar bilan ishlash
|
bet | 77/101 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 25,09 Mb. | | #251873 |
Bog'liq O\'zbekiston respublikasi29-Mavzu: 3 DS Max dasturida murakkab va dinamik obyektlar bilan ishlash
3ds MAX dasturida Standart va murakkab obyektlar bilan ishlash hamda ular ustida amallar bajarish
3D Studio MAX dasturi uch o’lchovli modellashtirish va ko’rgazmali namoyish qilishning (vizualizatsiya) yangicha bosqichi hisoblanadi. Bu dastur yordamida turli yuqori sifatli animatsiya va uch o’lchovli modellarni professional darajada yaratish mumkin. Bunda biz ikki o’lchovli va uch o’lchovli ob’ektlarni qo’llashimiz mumkin. Bu dastur yordamida yuqori sifatli multiplikatsion filmlar, turli xil matnlar, ma’lum fanlar bo’yicha ko’rgazmali dasturlar tuzish mumkin.
3D MAX interfeys soxalari 5 xil:
Viewport – proeksiyalar oynasi
Menyu bar – menyular satri
Main tool bar – instrumentlarning asosiy paneli
Command panel – buyuruqlar paneli
Status line – holat satri
3D MAX 3 o’lchovli modellashtirish va ko’rgazmali namoyish qilishning yangicha bosqichi hisoblanadi. Bu dastur yordamida yuqori sifatli animatsiya va uch o’lchovli modellarni professional darajada yaratish mumkin. Bunda ikki va uch o’lchovli ob’ektlardan foydalanishimiz mumkin.
3D MAX oynasining umumiy ko’rinishi quyidagicha:
Animatsiya yaratish quyidagi qadamlardan tashkil topadi:
1 – qadam. Ob’ektlarni modellashtirish.
Biror- bir ob’ekt yaratish uchun boshqarish panelida CREATE (sozdat) bo’limi tanlanadi. Creat bo’limida turli xil geometric jismlar instrumentlar mavjud/
Masalan: sfera, shar, slindr, konus va hokazo.
Bundan tashqari unda to’g’ri chiziq chizish, to’rtburchak, aylana chizish imkonoyati mavjud.
2 – qadam. Ob’ektlarni modifikatsiyalash.
Yaratilgan ob’ektga Modify bo’limidagi egish, siqish, chozish va hokazo shakillarni berish mumkin.
Masalan: Slindrni biror burchakka egmoqchi bo’lsak avval “Standart Primitives” bo’limidan “slinder” ni tanlab ixtiyoriy slindrni chizamiz:
Undan so’ng “Modify list” bo’limidan “Bend” ni tanlaymiz.
Uning pastki qismida ob’ektlarni burish burchagi graduslari berilgan. Undan o’zimizga kerakli olchamni tanlaymiz.
Saxifalarning paneli juda uzun bo’lgan holatda qo’l shakli hosil bo’lganida ularni harakatlantirib keraklisi tanlanadi.
3 – qadam. Materiallarni qo’llash.
Hosil qilingan ob’ektga material berish uchun Material editor oynasiga kiriladi.
Joriy material oq ramka bilan ajralib turadi. Standart materiallardan foydalanish uchun “standart” tugmasi bosiladi.
4 – qadam. Yoritgichni o’rnatish.
Saxnaga tabiiylik berish uchun yorug’lik o’rnatish lozim. Yorug’lik o’rnatish uchun boshqarish pnelidagi “Create” bo’limining yoritish kategoriyasi tanlanib (lampa belgisi) saxnaning kerakli joyiga yoritish ob’ekti o’rnatiladi. Bu ish Lights & Cameras orqali ham bajarish mumkin. 3D Max d yoritishning quyidagi usullari mavjud:
Tarqalgan yorug’lik
Dog’ shakilda yoritish
Yo’naltirilgan yorug’lik
5 – qadam. Natijani ko’rish.
Buning uchun bosh menyuning “Rendring” bo’limidagi “Render” ni tanlaymiz. Natijada namoyish parametrlarini o’zgartirish imkonini beradigan oyna paydo bo’ladi. Kerakli parametrlar berilib “Renger” tugmasi bosiladi. Natijada saxnada yaratgan ob’ektimizning real tabiiy tasviri hosil bo’ladi. Bu ishni tezda bajarish uchun “Quick Render” tugmasini bosish kifoya.
3D Max da animatsiya deyrli barcha joyda qo’llaniladi.
Aniatsiyani namoyish qilish vaqtida ishchi oynaning quyi qismida vaqtni boshqarish paneli joylashgan bo’lib, uquyidagilardan tashkil topgan:
Vaqt slayderi
Animtsiya tugmasi
Animatsiyani ishlatish tugmasi
Joriy vaqt indekatori
Kalit rejimini o’rnatish ilgagi
Vaqt o’rnatish tugmasi
Animatsiya berish uchun:
Animatsiya tugmasini bosamiz,u qizil rangga bo’yalgan.
Vaqt slayderini noldan farqli nuqtaga o’rnatamiz
Ob’ektlarni deformatsiya qilish yoki animatsiya parametrlarini o’zgartirish mumkin.
Ob’ektni biror teretorita bo’yicha animatsiyani bajarish uchun “Convertform” tugmsi bosiladi.keyin harakatni nolinchi kadrga keltirib “Animation” tugmasini bosamiz.
Saxnaning perspektiva bo’limi tanlanib, asosiy oynaning qismida joylashgan “Play” tugmasi bosiladi
|
| |