-Mavzu: Splaynlar yordamida Modellashtirish




Download 25,09 Mb.
bet79/101
Sana24.05.2024
Hajmi25,09 Mb.
#251873
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   101
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi

31-Mavzu: Splaynlar yordamida Modellashtirish

Obyektlarni modellashtirish 


Faqat bitta modifikator yordamida real personajlar, mebel, avtomobil va boshqa predmetlarning murakkab modelini yaratish amalda mumkin emas. Buning uchun haykaltaroshga o‘xshab obyektlarni yaratish va ularning geometriyasi bilan bevosita ishlash kerak. Haykaltarosh mramor parchasi yoki gilni tegishli uskunalar bilan qayta ishlaydi. Virtual haykaltarosh (modeler) mos uskunalardan foydalanib obyektni tashkil etuvchilari bilan ishlaydi.
Modellashtirishga kirishish uchun, boshlang‘ich geometrik primitiv zarur, qaysiki parametrik obyekt (parametric object) hisoblanib tahrirlanuvchi obyektga aylantiriladi (editable object). Ushbu holatda u o‘zining dastlabki parametrlarini yo‘qotadi (masalan, shardagi radius) va yagona virtual karkas bo‘ladi.
Obyektni qayta ishlash uchun, proeksiya oynalaridan birida uni tanlab olish zarur, so‘ngra sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish va to‘rtinchi menyuning transform qism menyusidan Convert To: (...ga qayta ishlash:) buyrug‘ini tanlanadi (5.57-rasm).3D Studio Max dasturida uch o‘lchovli obyektlari qo‘rishning 
to‘rtta har xil turlaridan foydalaniladi, ularning har biri o‘ziga xos imkoniyatlarga ega:
1. Editable Mesh – tahrirlanadigan karkas. 
2. Editable Poly – tahrirlanadigan uchburchak. 
3. Editable Patch – tahrirlanadigan bo‘lak. 
4. NURBS (Non–Uniform Rational B–Spline) bir jinsli bo‘lmagan rasional B-splayn. 
Splaynlar ham parametrik va tahrirlanadigan obyektlar (Editable Spline) hisoblanadi.5.57-rasm. Convert To buyrug‘i. 
Oddiy misolda modellashtirish stulning xomaki nusxasini yaratishga xizmat qilishi mumkin. 5.58-rasmda yaratishning ikki xil variantni keltirilgan: 
Birinchi vaziyatda (5.58-rasm, a) stul obyekti oltita Vox primitividan tarkib topgan. Ikkinchi holatda (5.58-rasm, b) segmentlar soni bilan berilgan bitta Vox obyekti yaratildi: uzunlik bo‘yicha to‘rtta poligon, kenglik 
bo‘yicha to‘rtta poligon, balandlik bo‘yicha bitta poligon. So‘ngra u Editable Mesh obyektiga konverterlandi
5.58-rasm. “Stul” obyektining xomaki nusxasini modellashtirish:
a) Model oltita primitivdan tashkil topgan; 
b) Model poligonlarni tahrirlash orqali yaratilgan. 
Keyingi qadamda pastdan (obyekt chetlari bo‘ylab) to‘rtta poligon tanlandi va Extrude (Chiqarish) buyrug‘i yordamida stulning oyoqlari yaratildi. So‘ngra yuqoridan to‘rtta chetgi poligonlar tanlandi va yana o‘sha Extrude buyrug‘i yordamida stulning suyanchig‘i yasaldi.
Izoh: Modellashtirish jarayonida muhim parametr normal (normal) hisoblanadi. Normal – obyekt yoqlarining ko‘rinadigan tomonlarini belgilash uchun ishlatiluvchi vizuallashmaydigan vektor
(5.59 - rasmda sharning barcha poligonlari normali ko‘rsatilgan).5.59-rasm. Shar obyekti. 
Agar sirtning bir qismi proeksiya oynasida ko‘rinmasa, bu normalning kameradan yo‘naltirilganligi bildiradi. Sirtning ko‘rinishini yoqish uchun obyekt xususiyati (Properties) oynasidan Backface Cull (Orqa sirtni aks ettirish) parametri ro‘parasidagi nazorat belgisini o‘chirish zarur. 
Normallar bilan ishlashda ikkita modifikatordan foydalaniladi: 
Edit Normals (Normallarni tahrirlash) va Normal (Normal). Editable objects (tahrirlanuvchi obyektlar) ost obyektlardan tashkil topgan, tahrirlash yordamida modellashtirish jarayoni amalga oshadi. Quyi obyektlarni ikki xil usulda tanlash mumkin: 
1. Obyektning to‘rtinchi menyusida (sichqonchaning o‘ng tugmasi), tools1 (Uskunalar 1) qism menyusi.
2. Modify sahifasidagi stekda ierarxiyani ochish va kerakli ost obyektni tanlash, yoki Selection (Tanlash) bo‘lmasida tegishli tugmani bosish zarur (5.59-rasm).
NURBS dan tashqari barcha tahrirlanuvchi obyektlar talaygina bir xildagi bo‘lmalarga ega, ularning parametrlari obyekt turiga bog‘liq ravishda farq qiladi: Selection (Tanlash) – ost obyektlarni 
tanlash bo‘yicha tugma va buyruqlar; Edit Geometry(Obyekt geometriyasini tahrirlash).
5.60-rasm. Modify sahifasi tarkibi. 
Editable Spline obyekti tahrirlash uchun uchta ost obyektga 
ega: Vertex (Uchlar); Segment (Segment) va Splain (Splayn) (5.61-rasm). Splayn yaratish jarayonida har xil turdagi uchlardan foyda-laniladi, bu bevosita splaynning silliq yoki keskin o‘tishlarga ega bo‘lishiga bog‘liq (5.62-rasm).
1. Corner (Keskin o‘tish) – berilgan uchlarda segmentlar o‘rtasidagi o‘tish qirrali bo‘ladi.
5.61-rasm. Editable Spline obyekti. 5.62-rasm. Uchlar turi. 
2. Smooth (Silliq o‘tish) – keyingi uch oldingi uchga bog‘liq ravishda segmentlar orasidagi silliq o‘tish avtomatik belgilanadi.
3. Bezier (Beze) – urinma vektorlarga bog‘liqlikda silliq o‘tish, silliqlash qiymatini mustaqil belgilash imkonini beradi. 
4. Bezier Corner (Siniq chiziqli Beze) – Beze uchi urinma vektorga alohida ko‘chirilishi mumkin.
Har bir splayn bosh nuqtaga ega (First Point), aynan u orqali Loft obyektlar yaratish, yo‘nalish bo‘yicha obyektlarning harakatlanish animatsiyasi va boshqalar boshlanadi (5.62-rasm). 
Uchlar tipini almashtirish uchun, tanlangan uchda sichqon-chaning o‘ng tugmasini bosish va tools1 (uskunalar 1) qism menyusidan tegishli tipni tanlash zarur.5.7-jadval. Editable Spline (Geometry (Geometriya) bo‘lmasi) obyektini modellashtirishga mo‘ljallangan asosiy buyruqlar 
№ Buyruq nomi 
Tavsifi Vertex (Uch) ost obyekt 
1 Create Line (Chizik yaratish) Quyi obyektlarni tahrirlash jarayonida splaynlar yaratadi. 
2 Break (Sindirish) Tanlangan uchni ikkiga bo‘ladi va konturni uzadi. 
3 Attach (Ulash), Attach Mult. (Bir qancha ulash). Tanlangan splaynga boshqasini ulaydi. Attach Mult. buyrug‘i splaynlarning keraklicha sonini tanlash mumkin bo‘lgan oynani ochadi.
4 Cross Section (Ko‘ndalang kesim) Bir qancha Spline quyi obyektlarni o‘zaro bir-biri bilan ulash imkonini 
beradi. Buning uchun Cross Section buyrug‘ini faollashtirish, so‘ngra navbatma-navbat splaynlarga bosish 
kerak.
5 Refine (Detallashtirish) Splayn egriligini o‘zgartirmasdan uchlar qo‘shadi, ammo uchlarni yaqin 
uchga bog‘liq ravishda joylashtiradi.
6 Insert (Joylashtirish) Bir qancha uchlarni qo‘shish imkonini beradi. Buning uchun Insert tugmasini bosish, so‘ngra splaynga sichqonchaning chap tugmasini bosish zarur. Chap tugmani takror bosish yana bitta uchni qo‘shadi. Uchni yaratishni o‘chirish sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish kerak.
7 Weld (Birlashtirish) Uchlarni birlashtiradi. Buning uchun kerakli uchni tanlash va Weld tugmasini bosish zarur. Tugmadan o‘ngda uchlar o‘zaro bir-biri bilan jipslashuvchi masofa ko‘rsatiladi. Automatic Welding 
parametrini o‘rnatish uchlarni avtomatik birlashtirish imkonini beradi.
8 Connect (Bog‘lash) Ikkita uchlarni bog‘laydi. Buning uchun konturning tutashmagan uchlaridan biriga sichqonchaning chap tugmasini bosish va ikkinchi tutashmagan uchgacha olib borish kerak.
9 Make First (Bosh nuqta etib belgilash) Ushbu buyruq tanlangan uchni splaynning bosh nuqtasi etib 
belgilaydi.
10 Fuse (Birga qo‘shish) Weld (Biriktirish) buyrug‘iga o‘xshash tarzda ishlaydi, ammo uchlarni bittaga birlashtiradi, ularni shunchaki birgalikda joylashtiradi.
11 Cycle (Aylanish) Splayn uchlari o‘rtasida joyni o‘zgartirish imkonini berali. Uchni tanlash va Cycle tugmasini bosish kerak.
12 Cross Insert (Kesishmalarga qo‘yish) Ikkita splaynlar kesishmasiga uchlar yaratish imkonini beradi. 
13 Fillet (Biriktirish) Uchlar o‘rtasida silliq o‘tishni yaratadi. Buning uchun uchni tanlash, Fillet tugmasini bosish va tugmadan o‘ngda yoki proeksiya oynasida biriktirish qiymatini berish kerak.
14 Chamfer (O‘tkir qirra) Uchlar o‘rtasida keskin o‘tish paydo bo‘lishini hisobga olmaganda, Fillet buyrug‘iga o‘xshab ishlaydi. Segment (Segment) quyi obyekt 
15 Connect (Bog‘lash) parametriUshbu parametr o‘rnatilganda segmentlarning barcha nusxalari uchlarda original bilan bog‘lanadi.Spline (Splayn) quyi obyekt 
16 Outline (Kontur) Outline tugmasidan o‘ngda beriladigan masofa bo‘yicha splaynning barcha qismlarini siljitib, uning nusxasini yaratadi. Proeksiya oynasida ham kontur yaratish mumkin: Outline tugmasini bosish, so‘ngra splaynga sichqonchaning chap tugmasini bosib kursorni ko‘chirish kerak.
17 Boolean (Bul operasiyalar) Bu buyruq uch o‘lchovli obyektlar (Compound Objects (Tarkibli obyektlar), Boolean tugmasi) uchun bul operasiyalariga o‘xshash. Splaynlar uchun uch turdagi bul operasiyalari 
bo‘lishi mumkin: Union (Birlashtirish) – birgalikda ikkita splaynni birlashtiradi; Subtraction (Ayirish)bitta 
obyektni boshqasidan kesib oladi;
Intersection (Kesishish) – splaynlar kesishmasida yaratilgan ob’ek. 
18 Mirror (Oyna) Uskunalar panelida joylashgan Mirror (Oyna) buyrug‘iga o‘xshash tarzda ishlaydi. Agar Soru (Nusxa) ro‘parasiga nazorat belgisini qo‘ysak oynadagi obyekt nusxasi yaratiladi.Trim (Kesib olish) 
Berilgan splaynlarni kesishish nuqtasida bitta splaynni boshqasiga nisbatan kesib oladi.
20 Extend (Uzaytirish) Bitta segmentni boshqa segment-ning yaqin nuqtasiga uzaytiradi.
Izoh: Tahrirlashning ko‘pgina buyruqlari splaynning barcha quyi obyektlari uchun faollashgan bo‘ladi (Insert (Joylashtirish) buyrug‘i quyi obyektlarni tahrirlashning barcha rejimlarida uchlarni yaratish imkonini beradi)
Editable mesh (tahrirlanuvchi karkas) obyektlarini modellash-tirish Editable Mesh obyektlari o‘zida eometriyaning ancha keng tarqalgan turini ifodalaydi va boshqa grafik muharrirlarga eksport qilish uchun qulay. 
Tahrirlanadigan karkaslar uchburchakli yoqlarga bo‘lingan poligonlar (to‘rtburchaklar)dan tashkil topadi va tahrirlash uchun beshta quyi obyektlarga ega: Vertex (Uch); Edge (Qirra); Face (Yoq); Polygon (Ko‘pburchak); Element (Tarkibiy qism) (5.63-rasm).Surface Properties (Sirt parametrlari) bo‘lmasida quyi obyektlarni aks ettirishni boshqarish bo‘yicha parametrlar joylashgan.5.63-rasm. Editable Mesh obyekti. 
Editable Mesh (Geometry (Geometriya) bo‘lmasi) obyektini modellashtirishga mo‘ljallangan asosiy buyruqlar 



Download 25,09 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   101




Download 25,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Splaynlar yordamida Modellashtirish

Download 25,09 Mb.