|
-Mavzu: Splaynlarning yaratilishi. Splines turlari
|
bet | 80/101 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 25,09 Mb. | | #251873 |
Bog'liq O\'zbekiston respublikasi32-Mavzu: Splaynlarning yaratilishi. Splines turlari
SPLAYNLARNING YARATILISHI VA TURLARI
Create (Yaratish), Shapes (Shakl) bo‘limi bilan tanishish.Shu paytgacha faqat geometrik obyektlar yaratilar edi, ular hajmli hisoblanadi. Lekin 3ds Maxda maxsus byektlar borki, ular chizish, chiziq shaklini yaratish imkonini beradi. Bular spline (splayn) deb ataladi. Splaynlar bu oddiy ikki o‘lchamli chiziqlar, ular masalan, CorelDRAW va boshqa ikki o‘lchamli vektorli muharrirlarda ko‘rilgan. Nima uchun uch o‘lchamli fazoda ikki o‘lchamli chizilqar kerak? Modellarni u yoki bu usulda splaynlar asosida yaratilib, ularning asosida uch o‘lchamli modellar yaratish mumkin. Bunday usullar bilan modellashtirish splaynli
modellashtirish deb ataladi va ko‘pgina har xil shakllar yaratish imkonini beradi.
Shuni esda tutish kerakki, 3ds Max - chizish uchun eng yaxshi dastur emas, unda to‘liq funksiyalar yo‘q, qaysiki chizmalar, grafiklar, tizimlar va boshqalarni yaratish imkoniyati bo‘lsin. Bu maqsadda boshqa dasturlar ishlatiladi. Masalan, AutoCAD yoki ArchiCAD.
Aynan ular chizmalar bilan to‘liq ishlaydi. Ularni qalam va chizg‘ich bilan solishtirsa bo‘ladi. 3ds Maxni esa rassomning bo‘yog‘i va mo‘yqalami bilan solishtirsa bo‘ladi. Masalan, interyerlar yaratishda aniq loyihalar, shakllarning aniq o‘lchamlari yaratiladi, ammo ishchi hujjatlarni yaratishda 3ds Max baribir yaramaydi. Shuning uchun splaynlar
sxemalarni chizish uchun emas, balki uch o‘lchamli obyektlar shakllarini chizib olish uchun kerak.
Spline (Splayn) turlari
. Splaynlar bilan ishlashda 2 guruh bilan ishlanadi: Spline (Splaynlar) va Extended Splines (Kengaytirilgan splaynlar). Berilgan splayn guruhlarining shakllarini ko‘rib chiqamiz.
Standart splaynlar. Splaynlar to‘plami Create (Yaratish) buyruqlar panelining birinchi bo‘limida joylashgan, ikkinchi bo‘limda Shapes (Shakl). Standart sozlashlar bo‘yicha asboblar guruhi ochilagan, ular standart splaynlarni yaratish uchun. 31-rasmda splaynlar yaratishning 12 asbobi keltirilgan.
bject Type у Ел? Line ИГИВЯЯ Rectangle Circle Ellipse Arc Donut NGon Star Text Helix
Egg Section Splaynlar yaratish uchun bir guruh asboblar Splaynlar xuddi geometrik obyektlar kabi 1, 2, 3 amalda yaratiladi. Ularning shakli xarakterli ko‘rsatkichlar yordamida sozlanadi, xuddi obyektlarning geometrik shakllari kabi. Birinchi splayn Line ( Chiziq) ixtiyoriy yaratiladi va qolagan shakldagi chiziq chizish imkonini beradi. Quydagi rasmda har xil splaynlar tasviri keltirilgan.
Splayn turlari haqida qisacha ma’lumot.
Line (Chiziq)
- chiziq ixtiyoriy shaklda. Kerakli asbob tanlanadi.Kursorni olagan ortografik oyna proyeksiyasiga o‘tkaziladi, oynaning har xil joylarida tugma bosilib, siniq chiziqlar hosil qilinadi. Chiziq chizishni yakunlash uchun sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi, yoki chiziq boshi bilan oxiri tutashtiriladi. Bunda Close spline (Splaynni yopish) savol paydo bo‘ladi, “ha” tugmasi bosiladi va shakl yaratilish to‘xtatiladi. Siniq chiziqlar hosil qilish uchun aynan sichqonchaning tugmasini oyna proyeksiyalarida har xil nuqtada bosish kerak. Agarda sichqonchaning tugmasini bosib turilsa va uni qo‘yib yubormasdan kursor surilsa, chiziqlar yumaloq shaklda yaraladi.
Circle (Aylana) - bunda chiziqlar aylana shaklda bo‘ladi va bir amalda bajariladi. Masalan, sodda standart Sphera (Shar). Uni yaratayotganda faqat aylana radiusi beriladi. Arc (Ark)
- yoysimon chiziq. Avvalo kesma yaratiladi, so‘ngra uni yoysimon qilib ukiladi. NGon (Ko‘pburchak) ko‘pburchak ko‘rinishidagi chiziqlar.Burchaklar soni va gradusi, ikkinchi bo‘limdagi buyruqlar paneli yordamida ko‘rsatkichlar beriladi Ngon asbobi. Text (Matn)
matn ko‘rinishidagi chiziqlar. Bir amalda yaratiladi, sahnaga Max Text (Max matni) so‘zni kiritib, keyinchalik yozuvning shriftini, o‘lchamini, va boshqa tasniflarini obyektlar ko‘rsatkichlari yordamida beriladi Egg (Tuxum) bu asbob splayn yaratadi, uning ko‘rinishi vertikal o‘qda turgan tuxumning kesim yuzasiga o‘xshaydi. Boshlang‘ich splayn xoshiyali bo‘ladi, xuddi masalan Donut (Ponchik) kabi. Xoshiyani Outline (Tashqi chiziq) ko‘rsatkich yordamida olib tashlash mumkin. Section (Seksiya) qolagan geometrik obyektning kesimi asosida splayn yaratiladi. Ana shu asbob bilan ishlash tartibi keyinroq ko‘riladi. Rectangle (To‘g‘ri to‘rtburchak) to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi
chiziq. Bir amal bilan bajariladi, to‘g‘ri to‘rtburchakning diagonalini berilishi bilan. Corner Radius (Radius qiyaligi) ko‘rsatkich yordamida burchaklarni dumaloq shaklga keltirish mumkin. Ellipse (Ellips) qolagan o‘lchamda oval chiziqlar yaratuvchi asbob. Ovallar, ularning diagonalini yaratish yo‘li bilan bir amalda bajariladi.
|
| |