• Mexatron harakat moduli
  • Mexatron modullarining sinflanishi




    Download 9.31 Mb.
    bet8/18
    Sana20.02.2022
    Hajmi9.31 Mb.
    #17858
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
    Bog'liq
    Mexatronika asoslari leksiya

    2. Mexatron modullarining sinflanishi
    Zamonaviy mexatron sistemalarni loyixalash modul prinsiplarga va texnologiyalarga asoslangan.
    Umuman mexatron modullar quyidagi turlarga bo‘lindi (1-rasm):

    • harakat moduli;

    • harakat mexatron moduli;

    • intellektual mexatron moduli.


    1-rasm. Mexatron modullarning sinflanishi.
    Modul (M) mashinaning unifikatsiyalangan funksional qismi bo‘lib, konstruktiv jihatdan mustaqil qurilma hisoblanadi.
    Mexatron modul (MM)- funksional va konstruktiv jihatdan mustaqil qurilma bo‘lib, turli fizik tabiatga ega bo‘lgan qismlardan tashkil topadi va ular sinergetik anparat - programmaviy nntegratsiyalangan bo‘ladi.
    Odatda mexatron modullar bir koordinata bo‘yicha harakatni (aylanma yoki chizikli) amalga oshiradi va kamdan-kam ikki erkinlik darajasiga ega.
    Harakat moduli (HK)- konstruktiv va funksional mustaqil qurilmadir. U boshqariluvchi dvigatel va mexanik qurilmadan tashkil topadi. Xarakat moduliiing odatdagi yuritmadan farqi shundan iboratki, unda dvigatelning vali, harakatni mexanik o‘zgartirgichning zlementi sifatida ishlatiladi.
    Zamonaviy mexatron modullarda juda kup elektr mashinalar ishlatiladi ya’ni asinxron va sinxron o‘zg‘armas tok dvigatellari, qadamli va pezoeletrik dvigatellar va boshqalar bular qatoriga kiradi.
    Mexanik kurilmaning tarkibiga turli xil reduktorlar, harakatni o‘zgartirgichlar, variatorlar va boshqalar. (2, 3-rasm)

    2-rasm.

    3-rasm
    Mexatron harakat moduli (MHM) - konstruktiv va funksional mustaqil qurilma bo‘lib, uning tarkibiga boshqariluvchi dvigatel, mexanik va informatsion qurilma kiradi. Informatsion qurilma o‘z ichiga teskari aloqa sxemalari va informatsiya datchiklarni, xamda signallarni qayta ishlovchi, o‘zgartiruvchi elektron bloklarni oladi. Bunday datchiklarga fotoimpuls datchiklar (inkoderlar), optik chizg‘ichlar, aylanma transformatorlar kiradi, ular harakatning tezligi va holati bo‘yicha informatsiya olish imkonini beradilar( 3-rasm).

    Download 9.31 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




    Download 9.31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mexatron modullarining sinflanishi

    Download 9.31 Mb.