XX ASR BOSHLARIDAGI AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO`RSATISH JARAYONI




Download 9.31 Mb.
bet6/18
Sana20.02.2022
Hajmi9.31 Mb.
#17858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Mexatronika asoslari leksiya

XX ASR BOSHLARIDAGI AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO`RSATISH JARAYONI

ZAMONAVIY AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO`RSATISH JARAYONI



5-rasm.

Avtomobillarga tezkor tashhis qo`yishda Mextronikni vazifasi quyidagilardan iboratdir:


Avtomobillarga tashhis qo`yishdan maqsad, avtomobil agregat va uzellarining texnik holatini qismlarga ajratmay aniqlash bo`lsa, tezkor tashhis qo`yishda asosan xavfsizlikni ta`minlovchi agregat va uzellarning texnik holati va avtomobilning bundan keyin foydalanishga yaroqliligi tez aniqlanadi. Tezkor
tashhis qo`yishda quyidagilar tekshirib ko`riladi:
- rul mexanizmining ishonchli mahkamlanganligi;
- rul chambaragi va rul tortqilaridagi lyuft miqdori;
- osma jamlamasi va detallari holati;
- shinalar texnik holati va ulardagi havo bosimi;
- tormoz tizimlari sozligi va ishlashi;
- avtomobildagi yorug`lik va tovush daraklagichlarining sozligi va ishlashi;
Yuqorida ko`rsatilgan vazifalar bajarilgandan keyin avtomobilga «soz» yoki
«nosoz» degan xulosa chiqariladi.
Avtomobilga tezkor tashhis qo`yish ishlari maxsus moslama, jihoz va
asboblar bilan jihozlangan bo`lim yoki texnik xizmat ko`rsatish shahobchalarida olib boriladi. Tezkor tashhisdan o`tgan nosoz avtomobillar ta`mirlash yoki rostlash ishlari zarurati bo`lsa kerakli TXK bo`limlarga yuboriladi.
Avtomobil agregatlari, uzellari va tizimlarining ishchanlik qobiliyatini
tekshirish turli xil konstruksiyali stendlar foydalaniladi. Bu stendlarni birgina kollej sharoitida foydalanish iqtisodiy jihatdan juda qimmatga tushadi va o `zini oqlamaydi. Shuning uchun modulni maxsus tezkor tashhis qo`yish shahobchalarida o`tkazilishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
Statistik ma`lumotlarga ko`ra yo`l-transport hodisalarning 40-45% tormoz tizimining nosozligiga to`g`ri keladi.
Nosozlikni o`z vaqtida aniqlash va bartaraf etish-tashhis yo`li bilan
aniqlanadi. Tormozlarni tashhis qilish umumiy va elementlar bo`yicha amalga
oshiriladi.
Birinchi guruhga avtomobil tormozlanganda bosib o`tilgan yo`l va
avtomobilning sekinlanishi, tormoz kuchlarining o`qlar bo`yicha farqi kabi
ko`rsatkichlar kiradi.
Ikkinchi guruhga – tepki bosiladigan kuch, tormoz kuchlarining ortib va pasayib borishi, tormoz mexanizmlarining ishga tushish vaqti, tormoz pedalining erkin yo`li va boshqalar.
Yuqorida ko`rsatilgan parametrlar-yurish qismini yo`l sharoitida tekshirish;
ekspluatatsiya jarayonida esa, avtomobilga o`rnatilgan tashhis vositalari; statsionar
sharoitlarda tormoz stendlari yordamida aniqlanadi.
Tormoz tizimini yo`l sharoitida tekshirish – avtomobilning tormoz sifatini homaki aniqlashdan iborat. Bunda tormoz yo`lini kuzatish bilan va g`ildiraklarning barobar tormozlanishi, bir marta keskin bosish yo`li bilan aniqlanadi.
Yengil avtomobillar uchun (v q 30 km/soat) tormozlanish yo`li 7,2 m, yuk
avtomobillari va avtobuslar uchun yuk ko`tarish qobiliyatiga ko`ra 9,5– 11,0m tashkil etadi.
Statsionar tashhis qilishga tormoz mexanizmlarining holati, uning ko`rsatkichlari bo`yicha keng va aniq ma`lumotlar olinadi. Bundan tashqari bu usul
bilan tekshirishni tashkil qilishda, faqat nosozliklar aniqlanib qolmay, bartaraf etish
sifatini ham aniqlash imkonini beradi.
Inersion tormoz stendlari ishlash tamoyili bo `yicha barabanli va platformali
turlarga bo`linadi.
Barabanli tormoz stendlarida tormozlanishning effektivligi ularning ishini stendning aylanuvchi massalarining kinetik energiyasi bilan solishtirish orqali aniqlanadi. Platformali stendlarda avtomobilning ilgarilama-qaytma va aylanuvchi massalarning kinetik energiyasi bilan solishtiriladi.
Barabanli inersion tormoz stendlarida tashhis quyidagi texnologiya asosida
bajariladi:
Avtomobil ineritsion stendga chiqarilgach, g`ildiraklar tezligi 50-70km soatgacha yetkazilib keskin tormozlanadi. Shu bilan birga elektromagnit
muftalarni ishga tushirib stendning barcha karetkalari ajratiladi.
Tormoz pedaliga bosiladigan kuch avtomat yordamida amalga oshiriladi. Bunda g`ildirak bilan stend barabanlari orasida tormozlanish kuchlariga qarshi bo`lgan inersiya kuchlari hosil bo `ladi. Biroz vaqt o`tgach stend barabanlari va g`ildiraklarining aylanishi to`xtaydi. Shu vaqt mobaynida avtomobil g`ildiraklarining bosib o`tgan yo`li yoki barabanning burchak tezligining sekinlashishi tormozlashish yo`liga va kuchlariga ekvivalent bo`ladi. Ular stendda o`rnatilgan o`lchov asboblari yordamida qaydlanadi.
Avtomobil shinalariga tashhis qo`yishda quyidagilarga e`tibor berish kerak:
- oldingi va orqa g`ildiraklarda yeyilishning turli bo`lishi;
- g`ildiraning ko`ndalang kesim bo`yicha yeyilishning har xil bo`lishi;
- shinalarning yirtilmaganligi yoki bo`rtiqchalar chiqib qolmaganligiga;
Avtomobil kuzovini ko`ndalang tebranishni harakat davomida aniqlash
mumkin:
Agar orqa tomonga o`rnatilgan shina tebranayotgn bo`lsa, haydovchi o`tirgan o`rindiqda davriy ravishda yonlama urishlar hosil bo`lib turadi.
Old tomondagi shinalar tebranayotgan bo`lsa, yonlama urishlar aniqroq
bilinadi. Avtomobilning yon tomonga surilishini aniqlash. Avtomobil tekis
gorizontal yo`lda harakatlanayotganida rul chambaragi qo `yib yuborilsa, yon
tomonga siljishga intiladi: O`ng va chap taraf shinalarida havo bosim farqining kattaligi; osma richaglari vtulkalarini qotirish gaykalarini bo`shab qolishi, rul mexanizmi va yuritmasining bo`shab qolganligining asosiy sabablarga kiradi. Ushbu sabablar avtomobilni tezlanish paytida bir tomonga tortsa, sekinlashishda qarama - qarshi tomonga tortadi.

Download 9.31 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 9.31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XX ASR BOSHLARIDAGI AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO`RSATISH JARAYONI

Download 9.31 Mb.