Krivoship-shatunli mexanizmining tuzilishi va qismlari




Download 4.56 Mb.
bet8/44
Sana05.09.2023
Hajmi4.56 Mb.
#80297
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Bog'liq
AT to\'plam
11-SINF Geometriya, Orzularim ko, 1 kurs Ishchi dastur so\'nggisi, Raqamli iqtisodiyotda mobil texnologiyalar Raqamli texnologiyala-fayllar.org (2), Документ Microsoft Word (5), o\'qitish materiali, 4 Ketma -ketliklar, daraxtlar, graflarni ifodalash usullari, кийим турлари, Transport vositalaridan foydalanish ko`rsatkichlari, 5 mavzu MS EXCEL ЖАДВАЛ МУХАРРИРИДА ИШЛАШ КУНИКМАЛАРИ(1), ABN 3-mus ish, biorganika mustaqil ish, To\'rayev H.T, Azizov I. Matematik mantiq va diskret matematika 1-jild (1), chilangarlik
2. Krivoship-shatunli mexanizmining tuzilishi va qismlari

Krivoship-shatunli mexanizmi quyidagi qismlardan iborat : Silindrlar bloki, silindrlar blokining golovkasi, silindr gilzalari, porshen va porshen halqalari, porshen barmoqlari, shatunlar, tirsakli val va uning podshipniklari (vkladishlari), maxovik va dvigatel karteri. Silindrlar bloki. Dvigatelda ish siklining barcha jarayonlari silindr ichida sodir bo’ladi. Silindrlar bloki dvigatelning asosiy bazis detali bo’lib u tuzilish jixatidan nisbatan murakkab hisoblanadi. Shuning uchun silindrlar blokini tayyorlash nisbatan kimmatga tushadi. Silindrlar blokini ishlash muddatini oshirish maqsadida yuk avtomobili va ayrim yengil avtomobili dvigatellarida uni gilzali qilib tayyorlanadi. Silindr yuzalari, yoyilish natijasida, yaroksiz holatga kelsa gilzalarni 2 almashtirish bilan silindrlar blokini 3 kaytatdan tiklanadi. Ba’zi dvigatellarda (GAZ – 24, GAZ – 53A, ZIL – 130) silindrlar gilzasining ichki yuqori qismiga yupka devorli kalta gilza 1 tigizlab (presslab) o’rnatiladi. Bunday gilzalar yoyilishga chidamli, zanglamaydigan legirli (xrom, nikel, molibden, mis) chuyandan tayyorlanadi.


ZIL, MAZ, KamAZ avtomobillari dvigatelining silindrlar bloki oddiy chuyandan, VAZ, TIKO, Damas, Neksiya (oldingi modeli S1) avtomobillari dvigatelida gilzasiz bloklar qo’llangan bo’lib ular yuqori sifatli legirlangan chuyandan tayyorlangan. GAZ-3102, GAZ-53 A, Neksiya (keyingi modeli S2) avtomobillari dvigatelida alyuminiyli kotishmadan tayyorlangan silindrlar bloki qo’llanilib ularga sifatli chuyan gilza o’rnatilgan. Silindrlar bloki kallagi.Deyarli barcha karbyuratorli, injektorli dvigatellarda silindrlar bloki golovkasi alyumi-niyli kotishmadan tayyorlanadi. Bunday golovkalar yengil va issiqlikni yaxshi o’tkazuvchan bo’ladi. Bunday xususiyat dvigatelning siqish darajasini, kuvvatini yonilg’i tejamligini oshirish imkoniyatini beradi. Dizel dvigatellarida silindrlar bloki golovkasi legirlangan chuyandan tayyorlanadi. Silindrlar golovkasining ichki qismi kavaksimon bo’lib, sovituvchi suyo’qlik uchun suv g’ilofi hisoblanadi. Sovituvchi suyo’qlik suv g’ilofida aylanib turishi kerak. Shuning uchun silindrlar golovkasini silindrlar bloki bilan zich tutashtirish maqsadida ular orasiga po’lat asbestli kistirma (prokladki) kuyiladi va shpilka bilan maxkamlanadi.
Porshen. Silindr ichida sodir bo’ladigan ish siklining barcha jarayonlari porshen yordamida bajariladi. Porshen yuqori bosim va temperatura sharoitida ishlaydi, bundan tashqari unga o’zgaruvchan inersiya kuchlari ta’sir etadi. Shuning uchun porshenquyidagi talablarga javob berish kerak: Issiqlik o’tkazuvchan, yedirilishga chidamli va yengil bo’lishi kerak.

3.3-rasm. Porshen va u bilan bog’liq detallar:
a- umumiy ko’rinishi; b –porshen halqalari; v-xalqalarni porshenda o’rnatilishi: 1-bikrlik qobirg’asi; xalqalar uchun ariqchalar; 3-porshen babishkalari; 4-porshen tubi; 5- porshen kallagi; 6-porshen yubkasi; 7-yuqorigi kompression xalqalar; 8-pastki kompression xalqa; 9 va 12- moysidirgich xalqaning disklari; 10-o’q bo’ylab kergich xalqa; 11-radial kergich xalqa; 13-porshenga quyilgan cho’yan xalqa.



Alyuminiyli kotishmadan tayyorlangan porshen bunday talablarga to’larok javob beradi. Lekin alyuminiyli kotishmadan tayyorganlan porshen chuyanga nisbatan issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti 1,5 % 2 marta ko’p. Bu kamchilikni porshenning ma’lum kostruksiyasiga binoan yukotiladi. Ya’ni porshen yubkasining oval formada bo’lishi, yubkada «T» yoki «P» forma shaklidagi kesiklarni bo’lishi hisobiga uni silindr ichida qiziganda kadalib kolmasdan harakatlanishini ta’minlanadi. Porshen yubkasi bilan silindr orasidagi zazor 0,05 % 0,10 mm bo’ladi .
YaMZ va KamAZ – 740 dvigatellarining porsheni yubkasida (yuqorida aytilgan porshenlar kabi) «T» yoki «P» forma shaklidagi kesiklar ishlanmagan. Chunki bunday porshenlar, tarkibida 30 foiz kremniy bo’lgan alyuminiyli kotishmadan tayyorlanganligi uchun issiqlikdan kam kengayish xususiyatiga ega. Lekin bu porshenlar ham buyiga konusli, yubka kesimi esa oval shaklida ishlangan.
Porshen golovkasida porshen halqalari uchun arikchalar yasalgan. Ayrim dvigatellarda (KamAZ, ZIL-130 ) yuqoridagi arikchani chidamligini oshirish maqsadida uni tubiga chuyan halqa kuyiladi. So’ngra chuyan halqada kompression halqa uchun arikcha uyiladi.
Porshen yubkasining yuzasi silindrning ichki yuzasiga yaxshi moslashib ishlashini ta’minlash uchun uning tashki yuzasi yupka (0,004…0,006 mm) kalinlikda kalaylanadi.

Download 4.56 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Download 4.56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Krivoship-shatunli mexanizmining tuzilishi va qismlari

Download 4.56 Mb.