• Demonstratsiya
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 1,17 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/59
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,17 Mb.
    #245620
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59
    Bog'liq
    Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

    Argumentlar
    – tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan hukmlar. 
    Faktlarni qayd qiluvchi hukmlar, ta‟riflar, aksiomalar, teoremalar, 
    qonunlar hamda boshqa empirik va nazariy umumlashmalar argumentlar 
    bo„lib xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, o„zaro 
    bog„langan va tezisning mohiyatiga aloqador bo„lishi lozim. 
    Ta‟riflar ham chin hukmlar bo„lib, ulardan argument sifatida foydalanish 
    mumkin. Masalan, “Harakat - bu har qanday o„zgarishdan iborat” degan 
    ta‟rif chin hukmdir. 
    Aksiomalar chinligi o„z-o„zidan ravshan bo„lgan, isbotlashni talab 
    qilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida ko„p martalab takrorlanganligi 
    uchun ham ularni isbotlash zarur emas. 
    Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo„ladi, ularni hech 
    ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin. 
    Demonstratsiya
    – isbotlash usuli bo„lib, tezis bilan argumentlar 
    o„rtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U xulosa chiqarish shaklida bo„ladi, 
    ya‟ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan keltirib chiqariladi. 
    Tatbiq qilish usuliga qarab isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita 
    isbotlash, vositali isbotlash. Bevosita isbotlashda tezisning to„g„riligi 
    to„g„ridan-to„g„ri avval isbotlangan argumentlar bilan asoslanadi, unda 
    tezisga zid bo„lgan hukmlardan foydalanilmaydi.
    Faraz qilaylik, bizga mana bunday tezisni isbotlash kerak bo„ldi: 
    “Fan-texnika taraqqiyoti inson va jamiyat hayotiga salbiy ta‟sir 
    ko„rsatadi”. 
    Bu tezisni bir qator bizga ma‟lum dalillar bilan asoslab beramiz. 
    Masalan, fan-texnika taraqqiyoti tufayli tabiatga keltirilgan zararlar, suv, 
    havo, tuproq, dengiz, okeanlarning ifloslanishi, qurollanish poygasining 


    58 
    avj olishi, axborot vositalarining zararli ta‟sirlari va hokazo. Bu dalillardan 
    tezisning to„g„riligi mantiqiy ravishda kelib chiqadi.
    Lekin shunday hollar ham bo„ladiki, tezisning to„g„riligini isbotlovchi 
    dalillar bir vaqt bo„lmay qoladi. Bunday holda tezisga zid bo„lgan 
    hukmning xatoligini isbotlash zarur bo„ladi. Tezisga zid bo„lgan fikrning, 
    ya‟ni antitezisning xatoligini aniqlash asosida tezisning to„g„riligi 
    isbotlanadi. Isbotlashning bu usuli vositali isbotlash deb ataladi. Masalan, 
    “Bilim va axloq jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchidir” tezisini isbotlash 
    uchun unga zid bo„lgan fikr – “Bilim va axloq jamiyat taraqqiyotining 
    asosiy kuchi emas” antitezisi hosil qilamiz va uning noto„g„riligini 
    isbotlash orqali tezisning to„g„riligini isbotlaymiz. 
    Bahs, munozara yuritishning, chin fikrlarni isbotlay bilishning, xato 
    fikrlarni rad etishning o„ziga xos qonun qoidalari mavjud. Bu qoidalarni bilish 
    har bir insonga, shu jumladan talabalarga chin fikrni xato fikrdan ajrata bilish, 
    to„g„ri tafakkurlash madaniyatini shakllantirish imkonini beradi. Isbotlash va 
    rad etishning quyidagi qoidalari mavjud va bu qoidalar buzilganda mantiqiy 
    xatoliklar kelib chiqadi: 
    1-qoida. Tezis mantiqan aniq va ravshan bo„lishi kerak. Bu qoida buzilsa, 
    isbotlash yoki rad etish o„zining aniq predmetiga ega bo„lmay qoladi. Aniq va 
    ravshan ta‟riflanmagan tezisni isbot qilib bo„lmaydi. 
    2-qoida. Tezis isbotlash yoki rad etishning boshidan oxirigacha 
    o„zgartirilmasligi kerak. Bu qoida buzilsa “tezisni almashtirish” degan 
    xato kelib chiqadi. Tezis ataylab yoki bilmasdan boshqa tezis bilan 
    almashtiriladi. Tezis mazmunining toraytirilishi yoki kengaytirilishi ham 
    bahs jarayonida tezisning o„zgarishiga olib keladi.
    3-qoida. Tezisni asoslash uchun keltirilgan argumentlar haqiqiy, to„g„ri, 
    isbotlangan bo„lishi va bir-biriga zid bo„lmasligi lozim. Chunki 
    asoslarning xatoligidan tezisning xatoligi kelib chiqadi. Isbot jarayonida 
    xato asoslardangina emas, isbotlanmagan asoslardan ham foydalanish 
    mumkin emas.
    4-qoida. Argumentlar tezisni asoslash uchun etarli bo„lishi kerak. Ayrim 
    holatlarda isbotlash uchun keltirilgan dalillar to„g„ri bo„lib, lekin tezisni 
    isbotlash uchun etarli bo„lmasligi mumkin. Bunday holatlarda ham tezis 
    isbotlanmay qoladi.
    5-qoida. Argumentlar tezisdan mustaqil holda chinligi isbotlangan 
    hukmlar bo„lishi lozim. 
    6-qoida. Tezis argumentlardan mantiqiy tarzda kelib chiqadigan xulosa 
    bo„lishi lozim. Buning uchun isbotlash yoki rad etishda xulosa chiqarish 
    qoidalariga rioya qilish zarur. 


    59 
    Birinchi va ikkinchi qoidalar tezisga, uchinchi, to„rtinchi va beshinchi 
    qoidalar argumentlarga, oltinchi qoida esa demonstratsiyaga tegishli 
    qoidalardir. 
    Mantiqiy xatolar tafakkur qonunlarini buzish, xulosa chiqarish 
    qoidalariga amal qilmaslik natijasida yuzaga keladi. Mantiq tarixida 
    isbotlash jarayonida ataylab (qasddan) xatoga yo„l qo„yuvchilar sofistlar 
    deb, ularning ta‟limoti esa sofizm (grek.-ayyorlik) deb ataladi. Fikr 
    yuritish jarayonida bilmasdan mantiqiy xatoga yo„l qo„yilsa, paralogizm 
    deyiladi. Chinligini ham, xatoligini ham birday isbotlash mumkin bo„lgan 
    fikrlar esa, paradoks deb ataladi. 

    Download 1,17 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59




    Download 1,17 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 1,17 Mb.
    Pdf ko'rish