|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi abdulla qodriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti matematika va informatika fakulteti
|
bet | 5/7 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 279,8 Kb. | | #262497 |
Bog'liq dasturlash tillari mustaqil ish Shamiyeva DMySQL — juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimda ishlash juda sodda va uni o'rganish qiyinchilik tug'dirmaydi.
MySQL tizimi tcx kompaniyasi tomonidan, ma'lumotlarni tez qayta ishlash uchun korxona miqyosida ishlatishga yaratilgan. Keyinchalik ommalashib, saytlarning asosiy bazasi sifatida yoyildi.
So'rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBT relyatsion ma'lumotlar baza hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan tashkil topgandir.
MySQL MBBTi 2 xil turdagi litsenziyaga ega. Birinchisi tekin, ya'ni MYSQLni ko'chirib olish va ishlatish hech qanday harajat talab qilmaydi va GPL(GNU Public Licenseb, GNU) litsenziyasiga asoslanadi. Ikkinchi turi, GPL shartiga ko'ra, agar siz MySQL kodlarini biror dasturingizda ishlatsangiz, bu dasturingiz ham GPL(tekin) bo'lishi kerak. Bu esa dasturchiga to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun, bu dasturingizni pullik qilishingiz uchun MySQL pullik litsenziyasini sotib olishingiz kerak.
MySQL logotipi delfin hisoblanadi. Bu delfinni ismi «Sakila»dir. Bu logotipni OpenSource tuzuvchilaridan biri Ambrose Twebaze ga tegishlidir.
MySQL juda ko'p operatsion tizimlar bilan ishlay oladi. Bularni yozadigan bo'lsam: AIX, BSDi, FreeBSD, HP-UX, Linux, Mac OS X, NetBSD, OpenBSD, OS/2 Warp, SGI IRIX, Solaris, SunOS, UnixWare, Windows 95, Windows 98, Windows NT, Windows 2000, Windows XP, Windows Server 2000, Windows Vista, Windows 7,…
MySQL shved korxonasi MySQl AB ga tegishli bo'lgan, keyinchalik SUN firmasi MySQL ni o'ziniki qilib olgan. Bir necha yil oldin esa, gigant korxonalardan biri Oracle, SUN firmasini sotib oldi va hozirda MySQL Oracle firmasi mahsuloti sifatida chiqib kelmoqda. Bu bir hisobda Microsoft SQL Server ga katta raqobatdosh ekanligini anglatadi.
MySQL bir necha serverlarning bir qismi hisoblanadi. Misol uchun, WAMP, AppServ, LAMP, Denwer,… Kliyentlar MySQL serveriga ma'lum bir kutubxonalar orqali ulanadi. MySQL ga quyidagi dasturlash tillari ulanib ishlashi mumkin: Delphi, C, C++, Java, Perl, Php, Python, Ruby va boshqalar
Dastlab, MySQL 5.6.20 versiyasini uy sharoitida ishlash uchun mo'ljallangan MySQL Community Server dasturini internetdan ko'chirib olamiz(nimaga aynan Community Server). Bu dasturning hajmi 248.2 megabaytni tashkil qiladi(32, 64 bitlik tizmilar uchun). Ko'chirib olgandan so'ng, «mysql-installer-community-5.6.20.0» faylini ishga tushiramiz va quyidagi oynani ko'ramiz.
Install MYSQL Products yozuvini bosib, o'rnatishni davom ettiramiz.
Litsenziyaga oid matnni o'qib chiqamiz(:)) va barsha shartlarga rozi bo'lamiz — I accept the license terms.
Dasturni yangilash yo'llari so'ralmoqda, bizga yangilashning umuman keragi yo'q(hozirgi holatda), shuning uchun « Skip the check for updates» ni belgilaymiz.
O'rnatilish tiplari so'ralmoqda, ular quyidagilar:
— Developer Defaults. Dasturchilar uchun mo'ljallangan turi. Bunda MySQL serveri, dasturlash muhitlari, har xil kutubxonalar o'rnatiladi.
— Server only. Faqat server qismi o'rnatiladi, hech qanday qo'shimcha narsalar o'rnatilmaydi. Biz shu tipini o'rnatamiz.
— Client only. Faqat kliyent qismini o'rnatadi. Tarmoq orqali boshqa kompyuterdagi serverga ulanib ishlanadi.
— FULL. Nomidan ma'lumki barcha komponentlarni o'rnatadi.
— Custom. Bu tipi professionallar uchun, ya'ni o'rnatiladigan barcha komponentlarni o'zingiz belgilab chiqasiz.
O'ng tomonda qaysi adresga dasturni o'rnatish kerakligi ko'rsatiladi. NEXT
Tanlangan komponentalar ishlashi uchun kerak bo'ladigan va o'rnatilishi zarur bo'ladigan dasturlar ro'yxati uchun oyna. Bizning holda hech nima kerak emas, o'rnatishni davom ettirishimiz mumkin. NEXT
O'rnatilayotgan mahsulotlar ro'yxati va EXECUTE
O'rnatilish hatosiz amalga oshirildi. NEXT
O'rnatilgan MBBTni sozlash jarayonini amalga oshirishni boshlash, NEXT
Config type — Server Machine(server o'rnatilmoqda), Enable TCP/IP Networking — tarmoq orqali ishlash mumkin bo'lishi uchun belgilaymiz va port raqamini ko'rsatamiz. NEXT
Asosiy baza foydalanuvchisi «root» uchun parol beramiz, agar yana biror foydalanuvchi kerak bo'lsa, «MySQL User Accounts» bo'limidan yaratamiz. NEXT
Windows Service Name orqali xizmatga nom beramiz, agar kerak bo'lsa, operatsion tizim yuklanganda baza xizmatini avtomat ishga tushirish(Start the MySQL Server at System Startup)ni tanlaymiz. Biror foydalanuvchi orqali xizmatni ishga tushirish lozim, buni «Standart System Account«ga topshiramiz.
MySQL - bu Facebook, Google, Adobe, Alcatel Lucent va Zapposda qo'llaniladigan dunyodagi eng mashhur korporativ darajadagi ochiq manba relyatsion ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi (RDBMS). va ko'plab onlayn veb-saytlar/ilovalar tomonidan.
U Oracle korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan, tarqatilgan va qo'llab-quvvatlangan. Bu oʻzaro platformali, kuchli, moslashuvchan va kengaytiriladigan relyatsion maʼlumotlar bazasi boʻlib, u maʼlumotlar bazalarini yaratish va boshqarish uchun foydalaniladigan SQL (Tuzilgan soʻrovlar tili) standartlashtirilgan tilga asoslangan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi abdulla qodriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti matematika va informatika fakulteti
|