Moy harorati va havo haroratining tishli ilashmalar eyilishiga ta’siri




Download 133.53 Kb.
bet4/9
Sana04.06.2022
Hajmi133.53 Kb.
#22933
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi
O, Doc17, 2.6 aseptika 465, sanoat ishchi 2021, 3-мактаб-тарификация, 23, У.ГаниеваТавсифнома.10docx, Funksiya uzluksizligi. Uzilish nuqtalari va ularning turlari, 13 (1), Документ Microsoft Word (4), 1 ИИБ, , КХМ, 1680814803, M. M. Abralov payvandlash materiallari, 1-maruza
Moy harorati va havo haroratining tishli ilashmalar eyilishiga ta’siri. 
Bu talablardan eng muhimi tirnalishga va eyilishga qarshi xossalar 
hisoblanadi. Bu xossalarni yaxshilash uchun moylarga prisadkalar qo’shiladi. 
Bog’lanish harorati yuqori bo’lganda, prisadkalarning faol èlementlari 
ishqalanuvchi sirtlarda asosiy metallga qaraganda plastikroq va eyilishga 
chidamliroq pardalar hosil qiladi. Ishlatish sharoitiga ko’ra transmission moylarni 5 ta katta guruxga bo’lish mumkin: 
- traktor va avtomobillar tranmissiyasining kontakt kuchlanishi 1000 MPa 
gacha, 900C gacha bo’lgan sharoitga ishlovchi kam yuklamali silindrik
hamda konussimon tishli uzatmalar, tezliklar qutisi, ketingi ko’priklari, bort uzatmalari va boshqa agregatlarida ishlatiladigan moylar bo’lib, bu moylarga odatda prisadkalar qo’shilmaydi: 
- eyilishga qarshi prisadkalar qo’shilgan moylar bo’lib, ular 2000MPa gacha 
solishtirma bosim ostida va 1200S gacha bo’lgan haroratda ishlaydigan 
konussimon tishli uzatmalar uchun tavsiya etiladi: 
- og’ir yuk ko’taradigan avtomobillar transmissiyaning gippoid uzatmalari 
uchun mo’ljallangan, tirnalishda qarshi samarali prisadkalar qo’shilgan
maxsus moylar: 
- ob-havo sharoitiga qarab, transmission moylarning yozgi, qishki, shimoliy 
va barcha mavsumbop sortlari ishlab chiqariladi. Traktor va avtomobillar 
transmissyalari uchun yozda 1000C dagi 14-20 sST, qishda esa 10-14 sST bo’lgan 
moylar ishlatiladi. 
Transmission moyning harorati intervali atrof-muxitning sharoitiga qarab 
(uzoq vaqt turgandan keyin qo’zg’alishda) va og’ir sharoitda uzoq ishlagandagi haroratiga qarab belgilanadi: 

Issiq kunlarda moyning harorati 80-1000C ga, og’ir ishlash sharoitlarida 


ishlatilganda 1500C ga etishi mumkin. Ishqalanuvchi sirtlarning boglanish joylardaharorat 300-10000C ga etishi mumkin, to’g’ri, bu qisqa muddatli bo’ladi. 
Harorat pasayganda moyning qovushqoqligi ortishi sababli ishqalanish tufayli
isroflar va moyning ko’chishiga qarshiliklarni engishga sarflanadigan isroflar
ortadi. Transmission moylarning qovushqoqligining chegaraviy qiymatlari 
belgilangan: qo’yi chegara 5, yuqori chegarasi 50000sSt. Quyi chegara ishqalanuvchi juftlarning ko’tarib turish xususiyatinigina emas, balki zichlagichning ishlash xususiyati bilan ham belgilanadi: juda suyuq moy manjet zichlagichdan tez sizib o’tib ketadi. 
Yuqori chegara avtomobilni joyidan moy qizimagan holda kuzg’atish 
mumkinligi va birinchi uzatmada 10 kmsoat tezlik bilan yurgazish mumkinligi bilan belgilanadi. Boshqacha aytganda, agar moyning qovushqoqligi
ko’rsatilgan qiymatdan yuqori bo’lmasa, joyidan qo’zg’alishda hech qanday muammo bo’lmaydi. Biribir moyning quyi harorat chegarasi qovushqoqlik
ning yuqori chegarasiga emas, balki sovigan moyning mustaxkamlik chegarasiga bog’liqdir. Avval moydagi og’ir fraktsiyalar qotadi, keyin harorat pasayishi bilan yengil fraktsiyalar muzlaydi. Shuning uchun qotgan moyning harorati ma’lum darajada shurtli o’lchovdir. Qotish haroratida yengil fraktsiyalarning bir qismi hali suyuq holatda bo’ladi, xolbuki, sovuq moy deyarli qattiq jism deb hisoblanadi, uning mustaxkamlik chegarasi ungcha katta bo’lmaydi. Demak, moy qotib qolganda, shesternyalarni xavfli darajada katta kuch qo’ymasdan aylantirish mumkin. Shu sababli, transmission moyning
qo’llanish harorati uning qotish haroratidan past bo’ladi. Moyning harorati bundan ham pasayganda, u shunchalik mustaxkam bo’ladiki, uni isitmasdan turib rulni burish ham, agregatlarni harakatlantirish ham mumkin bulmay qoladi. Sovuq juda kuchli bo’lganda avitomobilni shatakka olib o’t
oldirishga urinishlar yarim o’qlarning sinishi olib kelishi mumkin. 
Transmission moylarning ko’pi distillyat(ya’ni, haydash yo’li bilan olingan) 
va olitngugurtli neft moylari qoldig’ining(shuning uchun noxush oltingugurt hidi keladi) aralashmasidan tayerlanadi. Moylash xususiyatini(moylik)
yaxshilash uchun moy tarkibida asfaltsmola moddasidan oz miqdorda qoldiriladi(bunday moylar qora bo’ladi). Moy tarkibida oltingugurtning bo’lishi
edirilishni kamaytiradi, biroq bundan tashqari, moyga tirnalishga qarshi va 
antifraktsion(ishqalanishni kamaytiruvchi) qo’shilmalar qo’shiladi, ular
motor moylariga qo’shiladigan qo’shilmalardan farq qiladi. Bu holda oltingugurtli, fosforli va azotli birikmalar, qo’rg’oshin, rux, alyuminiy, molibdenli metalorganik birikmalar, hayvonot va o’simlik yog’lari, yog’li kislotalar, ularning efirlari, smolali va neftli kislotalar va hokazolar qo’llaniladi. Transmission moy tarkibida oksidlinishga qarshi, edirilishga qarshi va depressatorli qo’shilmalar bo’lishi mumkin.



Download 133.53 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 133.53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moy harorati va havo haroratining tishli ilashmalar eyilishiga ta’siri

Download 133.53 Kb.