Ko‗rinib turibdiki, mantiqiy o‗zgaruvchilar, munosabatlar,
mantiqiy amallar va qavslar
yordamida mantiqiy ifodalar hosil qilish mumkin ekan.
Teng kuchli yoki bir xil amallar ketma-ketligi bajarilayotganda amallar chapdan o‗ngga qarab
tartib bilan bajariladi, ifodada qavslar ishtirok etganda dastlab qavslar ichidagi amallar bajariladi.
Ichma-ich joylashgan qavslarda eng ichkaridagi qavs ichidagi amallar eng avval bajariladi.
Mulohazalar to‗plami va unda bajariladigan barcha &,
∨
,
⏋
, =>, <=> amallar birgalikda
mulohazalar algebrasi deb yuritiladi. A, B, C,…. mulohazalarni mantiqiy bog‗lovchilar bilan ma‘lum
tartibda birlashtirib hosil qilingan murakkab mulohazaga mantiqiy formula deyiladi.
Mantiqiy formulalar rostlik jadvallari yordamida izohlanadi.
Bunday jadvallar mantiqiy
bog‗lovchi orqali tuzilgan murakkab mulohazaning rost(1) yoki yolg‗on(0)ligini tashkil etuvchi
mulohazalarning rostligiga qarab aniqlanadi. Mantiqiy amallarning rostlik jadvallaridan foydalanib,
murakkabroq mulohazalar uchun rostlik jadvalini tuzish mumkin.
Rostlik jadvalini tuzishda
amallarning bajarilish tartibiga rioya qilish shart.
8>8>