Sakkizinchidan,
fan va ta‘lim sohalarini axborotlashtirish uchun qilinayotgan investitsiyalar
maktab, kollej, litsey va oliy o‗quv yurtlarda bilimlarni keng tarqatishni tezlashtiradi.
Masalan agrar
kollejning bitta o‗quv uskunasi 200-300 mln. so‗m turadi, lekin ularni o‗quv traktor yoki boshqa
qishloq xo‗jaligi texnikasi bilan ta‘minlab bo‗lmayapti. O‗zbekis-tonda bunday o‗quv stendlaridan 300
dona bo‗lishi kerak va uni 200 mln. so‗mga ko‗paytirsak, unda 60 mlrd. so‗mga yaqin summani tashkil
qiladi. Bunday o‗quv stendini axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari
asosida virtual stendi
ko‗rinishida ishlab chiqilsa, unga 400-500 ming so‗m harajat ketadi. Bu esa yuz barobar arzon va
o‗nlab daraja sifatli bo‗ladi. Umuman olganda, jamiyatni axborotlashtirish ta‘lim jarayonini yangicha
tashkil
qilishni talab qilib, yangi ta‘lim texnologiyalari o‗tishni, ta‘lim xizmatlariga kirishni
kengaytirish va ularni sifatini yuksaltirishni talab qilmoqda.