Amaliy mashg‗ulot №5
Mavzu: Jamiyatni axborotlashtirishning muhim xususiyatlari va imkoniyatlari.
Reja:
1. Jamiyatni axborotlashtirishning muhim xususiyatlari va imkoniyatlari.
2. Mamlakatimizda axborotlashtirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar.
Ishning maqsadi
. Talabalarga jamiyatni axborotlashtirishning muhim xususiyatlari va ularning
imkoniyatlarini o‗rgatishdan iborat.
Dars jihozi:
Shaxsiy kompyuter, videoproyektor, Audiojihozlar, Kolonka, Akustik tizimlar va
boshqalar;
Kutilayotgan natija:
Mavzu yuzasidan bilim, malaka va ko‗nikmaga ega bo‗ladi.
Nazariy qism
Jamiyat taraqqiyotining tarixida bir necha axborot inqilobi bo‗lib o‗tdi.
Birinchi inqilob
yozuvning kashf etilishi bilan bog‗liq bo‗lib, miqdor va
sifat jihatdan ilgarilab
ketishga olib keldi. Avloddan avlodga bilimlarni uzatish imkoniyati paydo bo‗ldi.
Ikkinchi inqilob
(XVI asrning o‗rtalari) kitobni chop etish bilan bog‗liq bo‗lib,
u tubdan
industrial
jamiyatni, madaniyat va faoliyatni tashkil etishni o‗zgartirib yubordi.
Uchinchi inqilob
(XIX asrning oxirlari) elektr tokining kashf etilishi bilan bog‗liq bo‗lib,
telegraf, telefon va radioning vujudga kelishiga olib kelib, turli hajmdagi axborotlarni tezkor yig‗ish va
uzatish imkonini yaratdi.
To„rtinchi inqilob
(XX asrning 70 yillari) mikroprotsessor
texnologiyalari va shaxsiy
komp‘yuterlarning yaratilishi bilan bog‗liqdir. Mikroprotsessor va
integral chizmalar asosida
komp‘yuterlar, komp‘yuter tarmoqlari va ma‘lumotlarni uzatish tizimlari yaratilgan.
Oxirgi axborot inqilobi texnik
vositalarni ishlab chiqish, yangi
bilimlarni yaratishning
texnologiya va usullari bilan bog‗liq bo‗lgan axborot industriyasini oldingi qatorga surmoqda.