Bu tarkibiy qismlar mos ravishda axborot, anjomiy va ijtimoiy qismlar deyiladi. Aniq bir ishlab
chiqarish
uchun texnologiya deyilganda, tor ma‘noda ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish
ketma-ketligini aniqlovchi usullar mosligi tushuniladi.
Texnologiya darajasi jamiyatning ilmiy-texnik rivoji bilan bog‗liq va uning ijtimoiy tarkibiga,
madaniyatiga va g‗oyalariga ta‘sir ko‗rsatadi. Har qanday texnologiya uchun maqsad, predmet va
vosita ko‗rsatilishi mumkin. Masalan, sanoat ishlab chiqarishida texnologiyaning
maqsadi mahsulot
sifatini oshirish, uning tayyorlanish muddati va tannarxini kamaytirish hisoblanadi. Texnologiyaning
rivojlanishida ikkita turli bosqichlar ko‗rsatish mumkin. Birinchi turi negiz texnologiyani uzluksiz
rivojlantirish bilan xarakterlanadi (tavsiflanadi). Rivojlantirish maksimal darajaga erishilgandan so‗ng,
katta hajmdagi iqtisodiy xarajatlar o‗zini oqlamaydi.
Ikkinchisi, mavjud texnologiyalardan
voz kechgan holda boshqa, birinchi texnologiyaning
qonunlari bo‗yicha rivojlanuvchi yangi texnologiyaga o‗tish bilan farqlanadi.
Axborot texnologiyasi – axborotni olish, ishlov berish, taqdim etish,
usul va vositalar mosligi
bo‗lib, axborotning holati, xossalari, shakli va mazmunini o‗zgartirishga yo‗naltirilgan.
Axborot texnologiyalarini ko‗rib chiqish masalasining uch darajasini ajratish mumkin.
Birinchi daraja –
nazariy
. Asosiy masalasi - axborot jarayonlarining o‗zaro bog‗langan
modellari jamlanmasini yaratish.
Ikkinchi daraja –
tadqiqot
. Asosiy masalasi - aniq optimal axborot
texnologiyalarini avtomatik loyihalash imkoniyatini beruvchi usullarni ishlab chiqish.
Uchinchi daraja –
amaliy
. Bu darajani ikki oqimga ajratish maqsadga muvofiq: anjomiy va
predmet.
Anjomiy oqim (qurilmalar, stanoklar, anjomlar) axborot texnologiyalarini amalga oshirish
yo‗llari va vositalarini aniqlaydi. Ularni uslubiy, axborot, matematik,
algoritmik, texnik va dasturiy
turlarga bo‗lish mumkin.
Predmet oqimi aniq predmet sohasi spetsifikasi bilan bog‗liq bo‗lib, maxsus axborot
texnologiyalarida o‗z ifodasini topgan. Masalan, tashkiliy boshqaruv,
texnologik jarayonlarni
boshqarish, avtomatlashtirilgan loyihalash, o‗qitish va h.k.