Boshqarishning axborot texnologiyalarining maqsadi qarorlarni qabul qilishga aloqasi bo‗lgan
barcha firma xodimlarining axborot extiyojlarini qondirishdir. U boshqarishning istalgan darajasida
foydali bo‗lishi mumkin. Boshqaruvning axborot texnologiyasi xilma-xil turdagi hisobotlarni
yaratishga mo‗ljallangan. Doimiy hisobotlar belgilangan grafikka muvofiq yaratiladi. Maxsus
hisobotlar boshqaruvchilar so‗rovi bo‗yicha yoki kompaniyada biror-bir rejalashtirilmagan hodisa ro‗y
berganda yaratiladi. Qiyosiy hisobotlar turli manbalardan olingan yoki turli belgilarga ko‗ra
tasniflangan va qiyoslash maqsadlari uchun foydalaniladigan ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi.
Favqulotda hisobotlar istisno tariqasidagi ma‘lumotlarni qamrab oladi. Boshqaruvni qo‗llab quvvatlash
uchun hisobotlardan foydalanish chetga chiqishlar bo‗yicha boshqarish
deb ataladigan jarayonni
amalga oshirishda, ayniqsa, samaralidir.
Avtomatlashtirilgan ofis firma boshqaruvining barcha darajadagi menejerlari uchun (faqat
xodimlar ichki firma aloqasini qo‗llab-quvvatlash uchungina emas), balki ularga tashqi muhit bilan
yangi kommunikatsiya vositalarini taqdim etishi jihatidan ham diqqatni o‗ziga tortadi.
Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi kommunikatsiya jarayonlarini ham tashkilot
ichida, ham tashqi muhit bilan axborot uzatish va u bilan ishlashning komp‘yuter tarmoqlari va
zamonaviy vositalar negizida tashkil etish va qo‗llab-quvvatlashdir. Hozirgi paytda ofisni
avtomatlashtirish texnologiyasini ta‘minlovchi komp‘yuter va nokomp‘yuter texnik vositalar uchun bir
necha o‗nlab dasturiy mahsulotlar ma‘lum: matnli protsessor,
jadvalli protsessor, elektron pochta,
elektron kalendar‘, audiopochta, komp‘yuterli va telekonferentsiyalar, shuningdek, boshqaruv
faoliyatining maxsus dasturlari kiradi.
Qaror qabul qilishni qo‗llab-quvvatlashning tizimi tarkibiga uch asosiy qism: ma‘lumotlar
bazasi, modellar bazasi va tizim osti dasturi kiradi. So‗ngisi ma‘lumotlar
bazasini boshqarish
tizimi(MBBT), modellar bazasini boshqarish tizimi (ModBBT) foydalanuvchi va komp‘yuter
o‗rtasidagi interfeys bilan boshqarish tizimidan iborat.
Ma‘lumotlar bazasi qarorlarni qabul qilishni qo‗llab-quvvatlashning axborot texnologiyasida
muhim rol‘ o‗ynaydi. Ma‘lumotlar bevosita foydalanuvchi tomonidan matematik modellar yordamida
hisob-kitoblar uchun foydalanishi mumkin. Ma‘lumotlarning bir qismi axborot tizimidan operatsiyaviy
darajaga kelib tushadi. Ulardan samarali foydalanish uchun bu ma‘lumotlar oldindan qayta ishlanishi
lozim. Firma operatsiyalari haqidagi ma‘lumotlardan tashqari, qaror qabul qilishni qo‗llab-quvvatlash
tizimi ishlashi uchun boshqa ichki ma‘lumotlar, masalan, xodimlarning harakati haqidagi ma‘lumotlar
talab etiladi. Ular o‗z paytida kiritilishi lozim.
Boshqarishning yuqori darajalarida qaror qabul qilishni amalga oshirish uchun tashqi
manbalardan olinadigan ma‘lumotlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Ichki ma‘lumotlardan farqli
ravishda tashqi ma‘lumotlar odatda ularni yig‗ishga ixtisoslashgan tashkilotdan sotib olinadi.
Hozirgi paytdagi ma‘lumotlar bazasiga yana bir ma‘lumotlar manbai -yozuvlar, xatlar,
shartnomalar, buyruqlarni o‗z ichiga olgan xujjatlarni kiritish haqidagi masala keng tadqiq etilmoqda.
Modellar bazasi. Modellarni yaratishdan maqsad ayrim ob‘ekt yoki jarayonlarni tasvirlash va
qulaylashtirishdir. Modellardan foydalanish qarorlarni qabul qilishni qo‗llab-quvvatlash tizimida tahlil
o‗tkazishni ta‘minlaydi. Muayyan algoritmlar yordamida muammoning
matematik talqiniga
asoslangan modellar qarorlarni to‗g‗ri qabul qilish uchun foydali axborotni topishga qulaylik yaratadi.
Axborot tizimlari tarkibida modellardan foydalanish statistik uslublar va moliyaviy tahlil
uslublarini qo‗llashdan boshlanadi. Foydalanish maqsadlari bo‗yicha modellar ayrim
ko‗rsatkichlarning eng quyi yoki eng yuqori nuqtalarini topish bilan bog‗liq optimallashgan va ayrim
tizimlar ishini bayon etuvchi va boshqaruv maqsadlari uchun mo‗ljallanmagan tasvirlovchiga
bo‗linadi. Baholash usuliga ko‗ra, modellar boshlang‗ich ma‘lumotlarning aniq bir qiymatida bir son
bilan o‗zgaruvchilarni baholashda foydalanuvchi deterministik va boshlang‗ich ma‘lumotlar ehtimoliy
xarakteristikalarda berilganligi tufayli bir necha parametrlar bilan o‗zgaruvchilarni baholovchi
statistikga tasniflanadi. Qaror kabul qilishini qo‗llab-quvvatlash tizimlarida modellar bazasi strategik,
taktik va operativ modellardan iborat bo‗ladi. Ular, shuningdek,
elementlarni tuzishda
foydalaniladigan model bloklar,modullar va ish tartiblari jamlanganligi ko‗rinishidagi matematik
modellarni ham o‗z ichiga oladi.
Strategik modellar boshqaruvining oliy darajasida tashkil qilish maqsadlari, unga erishish uchun
zarur bo‗lgan zaxiralar hajmlari, shuningdek, bu zaxiralarni sotib olish va ulardan foydalanish
siyosatini o‗rnatish uchun ishlatiladi.
Taktik modellar o‗rta bo‗g‗in boshqaruvchilari tomonidan mavjud
zaxiralardan foydalanishni
taqsimlash va nazorat qilish uchun qo‗llaniladi. Ulardan foydalanishning ehtimoliy sohalari orasida
quyidagilarni ko‗rsatish mumkin: moliyaviy rejalashtirish, xodimlarga talablarni rejalashtirish, savdo-
sotikni rejalashtirish. Odatda taktik modellar deterministik, optimallashgan va universal shakllarda
amalga oshiriladi.
Operativ modellar boshqarishning quyi darajalarida kunlar va xujjatlar bilan o‗lchanuvchi
muddatlarda operativ qarorlar qabul qilishni qo‗llab-quvvatlash uchun foydalaniladi. Bu modellardan
odatda firma ichidagi ma‘lumotlar hisob-kitobi uchun foydalaniladi.
Matematik modellar matematik uslublarni amalga oshiruvchi model bloklar, modullar va ish
tartiblari jamlanmasidan iborat bo‗ladi. Bunga
chiziqli dasturlashtirish, vaqtinchalik qatorlarning
statistik tahlili, regressiv tahlil kirishi mumkin.
Modellar bazasining boshqaruv tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega bo‗lishi lozim: yangi
modellarni yaratish, modellar parametrlarini qo‗llab-kuvvatlash va yangilash, modellarni
manipulyatsiya qilish.
Interfeys
bilan
boshqarish
tizimi.
Axborot
texnologiyalarining
samaradorligi
va
moslashuvchanligini ko‗p jihatdan qaror qabul qilishni qo‗llab-quvvatlashning
interfeys tizimi
xususiyatlariga bog‗liq. Interfeys: foydalanuvchining tili, displey ekranida muloqotni tashkil etuvchi
komp‘yuter xabarining tili; foydalanuvchining bilimini belgilaydi.