Axborot texnologiyalarining turlari




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/193
Sana13.05.2024
Hajmi3,81 Mb.
#230005
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   193
Bog'liq
Majmua IVRT 1-SEMestr 123

 Axborot texnologiyalarining turlari 
Ma‘lumotlarni qayta ishlashning axborot texnologiyalari puxta tuzilgan vazifalarni hal qilish 
uchun mo‗ljallangan, ularga ko‗ra zarur kirish ma‘lumotlari mavjud. Bu texnologiya boshqaruv 
mexnatining ayrim mayda, doimo takrorlanuvchi operatsiyalarni avtomatlashtirish maqsadlarida 
yuqori bo‗lmagan malakali xodimlarning operatsiyaviy (ijrochilik) faoliyati darajasida qo‗llanadi. SHu 
bois axborot texnologiyalari tizimlarini bu darajada qo‗llash xodimlar mehnati samaradorligini ancha 
oshiradi, ularni mayda operatsiyalardan ozod etadi, ehtimol, hatto xodimlar sonini qisqartirish 
zaruratiga olib keladi. 
Operatsiyaviy faoliyat darajasiga quyidagi vazifalar hal kiradi:

firma amalga oshiradigan operatsiyalar haqida ma‘lumotlarni qayta ishlash; 

firmadagi ishlarning ahvoli haqida davriy nazorat hisobotlarin tuzish; 

istalgan joriy savollarga javob olish va ularni qog‗oz xujjatlari yoki hisoblari ko‗rinishida 
rasmiylashtirish. 
Ma‘lumotlarni qayta ishlash quyidagi jihatlar bilan boshqa texnologiyalardan ajralib turadi: 

ma‘lumotlarni qayta ishlash buyicha firmaga zarur bo‗lgan vazifalarni bajarish; 

Har bir firma o‗z faoliyati haqida ma‘lumotlarga ega bo‗lish va saqlashga qonunan haqli. Ular 
firmada nazoratni ta‘minlash va qo‗llab-quvvatlash vositasi sifatida foydalanishi mumkin. SHu bois 
istalgan firmada ma‘lumotlarni qayta ishlash axborot tizimi albatta bo‗lishi va tegishli axborot 
texnologiyasi ishlab chiqilishi lozim; 

faqat yaxshi tuzilgan vazifani hal etish mumkin; 

odam kam qatnashadigan avtomatik rejimdagi asosiy ish hajmini bajarish; 

taftish jarayonida firma faoliyati boshidan oxirigacha va oxiridan boshigacha ketma-ketlik 
tartibida tekshiriladi; 

voqealar ketma-ketligiga urg‗u berish. 
Ma‘lumotlarni qayta ishlash axborot texnologiyasining asosiy komponentlari va xususiyatlari 
quyidagicha: ma‘lumotlar jamlanmasi. Firmaning mahsulot yoki xizmatlar ishlab chiqarshiga qarab 
uning har bir hatti-harakati haqida tegishli ma‘lumotlar yozuvi bo‗ladi. Odatda tashqi atrofga tegishli 
firma hatti-harakatlari u ishlab chiqaradigan operatsiya sifatida alohida ajralib turadi. Ma‘lumotlarni 
qayta ishlash. Firma faoliyatini aks ettiruvchi kelib tushayotgan ma‘lumotlardan axborotni yaratish 
uchun quyidagi operatsiyalardan foydalaniladi: tasnif va guruhlash. Boshlang‗ich ma‘lumotlar odatda 
bir yoki bir necha ramzlardan tashkil topgan kodlar ko‗rinishida bo‗ladi. Ob‘ektlarning ayrim 
belgilarini ifodalovchi bu kodlar yozuvlarni aynan o‗xshatish va guruhlash uchun foydalanadi; 

yozuvlar izchilligini tartibga solishga yordam beruvchi saralash; 

arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni o‗z ichiga olgan hisoblashlar; 

ma‘lumotlar sonini kamaytirish uchun xizmat qiluvchi yiriklashtirish yoki agregatlashtirish; 

Download 3,81 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   193




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish