Axborot texnologiyalari
Texnologiyalar.
«Texnologiya» – grekcha so‗z bo‗lib (techne) san‘at, maxorat, ustalik, biror
ishni uddalay olishni anglatadi. Bu ma‘lum bir jarayonga nisbatan qo‗llanilgan texnik jarayondir.
Jarayon - deganda oldiga qo‗yilgan maqsadga erishishga yo‗naltirilgan xatti-harakatlar muayyan
jamlanmasi tushuniladi. Ushbu jarayon ma‘lum odam tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi
va turli xildagi
vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi.
Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida amalga
oshiriladigan
xom-ashyo, material yoki uning yarim tayyor shakli, xususiyati, holatining o‗zgarishi,
uni
qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui tushuniladi. Bu biror bir ishni yuqori darajada
uddalash deganidir.
Axborot texnologiyalari to‗g‗risida gap ketganda, material
sifatida ham, mahsulot sifatida ham
axborot ishtirok etadi. Biroq, bu ob‘ekt, jarayon yoki hodisa to‗g‗risidagi sifat jihatidan yangi
ma‘lumot bo‗ladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar
orqali namoyon bo‗ladi.
Moddiy ishlab chiqarish
texnologiyalari deganda, xom-ashyo yoki materalning holati,
xususiyatlari, shakllarini qayta ishlash,
tayyorlash, o‗zgartirish, vosita va uslublari jamligini
belgilovchi jarayon tushuniladi. Texnologiya moddiy mahsulot olish maqsadlarida materiyaning sifati
yoki boshlang‗ich holatini o‗zgartiradi.
Axborot texnologiyasi moddiy zaxiralarni qayta ishlash texnologiyasi analogi sifatida.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyalari maqsadi - inson yoki tizim ehtiyojlarini qondiruvchi
mahsulotlarni ishlab chiqarishdir. Axborot texnologiyalarining maqsadi esa
inson tahlil qilishi uchun
axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti harakatni bajarish bo‗yicha qaror qabul
qilishdir. Axborot texnologiyasi ob‘ekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi
yangi sifat axborotini olish uchun ma‘lumotlarni to‗plash, qayta ishlash
va uzatishning vosita va
uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir. Ma‘lumki, turli texnologiyalarni moddiy
zaxiralarga qo‗llab borib, turli mahsulotlarni olish mumkin. Axborotni qayta ishlash texnologiyalari
uchun ham bu narsa adolatli bo‗ladi. Moddiy va axborot texnologiyasining
asosiy komponentlarini
qiyoslash quyidagi jadvalda ko‗rsatilgan.