Madomiki, axborot texnologiyasini amalga oshirishdagi texnik vositalarning asosiy qismini
komp‘yuter texnikasi tashkil etar ekan, bu o‗rinda axborot texnologiyasi, tushuniladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta‘minlovchi va funktsional qismlarga ega.
Ta‘minlovchi qism axborot, texnik,
matematik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy va lingvinistik
ta‘minotdan iborat bo‗ladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga quyidagilar kiradi: odam (xodim), texnik vositalar va
dasturiy ta‘minot. Ular birgalikda boshqaruv usullari uchun ma‘lumotlarni qayta ishlaydi. (7.3-rasm).
Insonning kundalik mehnat faoliyati tashqi muxit to‗g‗risidagi axborotlarni
qabul qilish va
to‗plash, turli masalalarni echish uchun zarur bo‗lgan ma‘lumotlarni aniqlash, qayta ishlash kabi
amallarni bajarish bilan bog‗liq bo‗ladi. SHu sababli, ham yuqoridagi amallar majmuasi, ularni tadbiq
etish usullarini vositalari axborot tizimlarini (AT) yaratish uchun asos bo‗lib xizmat qiladi.
Axborot texnologiyalarining asosiy maqsadi foydalanuvchilarni tegishli sohaga taaluqli bo‗lgan
axborot bilan ta‘minlashiga qaratilgan. EHMlar yaratilishi natijasida avtomatlashtirilgan axborot
tizimlarini (AAT) hosil qilish imkoniyatlari paydo bo‗ldi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari – shaxsiy komp‘yuterlar va telekommunikatsiya
vositalaridan foydalangan holda foydalanuvchi ishining do‗stona interfeysli, axborot texnologiyasidir.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini funktsional tashkil qilinishi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining uch asosiy tamoyili:
komp‘yuterli interaktiv (muloqotli)
ish rejimi;
boshqa dasturli mahsulotlar bilan integratsiyalashlik (tutashish), o‗zaro aloqa:
ham ma‘lumotlar, ham vazifaning qo‗yilishi jihatidan o‗zgarishlar jarayonlarining
moslashuvchanligi.
Bugungi kunda ta‘minlovchi ZAT va funktsioanl ZAT haqida gapirish mumkin. Ta‘minlovchi
ZAT turli vazifalarni hal qilish uchun xilma-xil predmetli sohalarda asboblar majmui sifatida
foydalanilishi mumkin bo‗lgan axborotni qayta ishlash texnologiyasidir.Ta‘minlovchi turidagi axborot
texnologiyalari vazifalarga yo‗naltirilgan sinflarga nisbatan tasnif qilinishi mumkin. Funktsional ZAT
ta‘minlovchi ZATlarning shunday modifikatsiyasini o‗zida namoyon etadiki, unda predmetli
texnologiyalardan birortasi realizatsiya qilinadi. Masalan, bank kredit bo‗limi
xodimining EHMdan
foydalaniladigan ishi qarz oluvchining kredit olish qobilyatni baholashning bank texnologiyalari
yig‗indisi, kredit shartnoma va tezkor majburiyatlar, to‗lovlar grafik hisob-kitobi va biror - bir axborot
Avtomatlashtirlgan
axborot tizimi
Odam
(xodim)
Texnik
vositalar
Dasturiy
ta‘minot
Boshqaruv
usullari
Axborot
ta‘minoti
Amaliy das.
ta‘minot
Tizimli das.
ta‘minot
Boshqaruv
modeli
Ta‘minlovchi qism
Texnik ta‘minot Axborot ta‘minoti
Matematik ta‘minot Tashkiliy ta‘minot
Lingvistik ta‘minot Uslubiy ta‘minot
Dasturiy ta‘minot Huquqiy ta‘minot
Ergonomik ta‘minot
Funksional
qism
texnologiyalarida amalga oshirilgan boshqa texnologiyalarni shakllantirishni albatta ko‗zda tutadi:
matnli protsessordagi MBBT va hokazo. Predmetli texnologiya va axborot texnologiyalari bir-biriga
ta‘sir etadi. Masalan, plastik kartochkalarning moliyaviy axborot tashuvchiligi predmetli
texnologiyalarni tubdan o‗zgartiradi, bu tashuvchisiz mavjud bo‗lmagan imkoniyatlarni beradi. Misol
tariqasida kartoteka bilan ishlash bank texnologiyasini keltirish mumkin, u moliyaviy nazorat motivlari
bo‗yicha shaxsiy hisob raqamining yopilishi tufayli qayta ishlashga
tushgan va bajarilmagan
xujjatlarni o‗z ichiga oladi. Bu holda avval hisob raqami yoziladi, so‗ngra, agar axborot texnologiyasi
qo‗llansa, bu yozuv kartoteka raqami bilan shunday belgilanadiki, hisob raqamidagi qoldiqni
kamaytiruvchi barcha boshqa xujjatlar ushbu kartotekaga tushishi kerak. Axborot texnologiyalari
komp‘yuterda saqlanuvchi ma‘lumotlar ustida turli murakkablik darajasidagi operatsiyalar, amallar,
bosqichlarni bajarishning aniq reglamentli qoidalaridan tashkil topadi.
Axborot texnologiyasining
asosiy maqsadi – axborotni saqlash va uzatishni tashkil etish. Axborot tizimi axborotni qayta
ishlashning axborot-komp‘yuter tizimini o‗zida ifodalaydi.