Mamlakatimizda axborotlashtirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/193
Sana13.05.2024
Hajmi3,81 Mb.
#230005
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   193
Bog'liq
Majmua IVRT 1-SEMestr 123

Mamlakatimizda axborotlashtirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar 
O‗zbekiston Respublikasi milliy iqtisodining ijtimoiy-yo‗nalti-rilgan bozor munosabatlariga 
bosqichma-bosqich o‗tishi hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining 
turli jabhalariga axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari sohasidagi barcha yutuqlarni tadbiq qilish 
darajasini tezlashtirib yubordi. Mamlakatimiz milliy iqtisodi tarmoqlarini axborotlashtirish jamiyat 
rivojlanishining ob‘ektiv jarayoni hamda zarur bo‗lgan axborotlarni yig‗ish, saqlash, uzatish, qayta 
ishlash va taqdim etishning tabiiy davomidir. Iqtisodiyot, ishlab chiqarish, aloqa, ilmiy-tadqiqot, 
ta‘lim, tibbiyot va biznes sohalaridagi mehnat sifati, mehnat unumdorligi va samaradorlik darajasini 
yuksaltirish ularda tadbiq qilinayotgan eng zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari 
bilan bog‗liq. 
Axborot texnologiyalarining hayotimizning turli jabhalariga kirib borishi axborotlashgan 
jamiyatni shakllantirishga zamin yaratib bermoqda. «Elektron ta‘lim», «Elektron hukumat», «Elektron 
boshqaruv», «Masofaviy ta‘lim», «Ochiq ta‘lim», «Axborotlashgan iqtisod» kabi tushunchalar 
hayotimizga keng kirib keldi.
Respublikamiz milliy iqtisodi tarmoqlariga axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini joriy 
etish borasida amaliy ishlar O‗zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‗g‗risida» Qonuni, 
«Komp‘yuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish 
chora-tadbirlari 
to‗g‗risida» O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 
«Komp‘yuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish 
to‗g‗risida» O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari asosida olib borilmoqda. YUqorida 
keltirilgan Prezidentimiz Farmonlarida «...real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va 
ta‘lim sohalarida komp‘yuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining 
zamonaviy komp‘yuter va axborot tizimlaridan keng bahramand bo‗lishlari uchun shart-sharoitlar 
yaratish» belgilab qo‗yilgan. 
Bizning fikrimizcha O‗zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari 
sohasini yuksaltirish borasida quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: 

Download 3,81 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   193




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mamlakatimizda axborotlashtirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar

Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish