yuzaga kelishi bilan bog‗liq. Axborotlarga ishlov berish uchun saqlanuvchi dasturli va sekundiga
yuzlab yozuvlarga ishlov bera oluvchi elektron kompyuterlar ishlab chiqildi. YAngi texnologiyaning
asosiy jihati dasturiy ta‘minot bo‗ldi. Uning yordamida oson dasturlash va kompyuterdan foydalanish
mumkin bo‗ldi. Paketli ishlov berish kompyuterlardan samarali foydalanish imkonini yaratdi. Ammo,
uning ikkita muhim kamchiligi bor edi: sosiy faylga ishlov bergunga qadar xatoliklarni aniqlay
olmaslik va joriy axborot haqida tezkor bilimning mavjud emasligi.
To‗rtinchi avlod (tezkor ma‘lumotlar ombori, 1965 – 1980 yillar)
tezkor transaksiyali
ma‘lumotlar omborini qo‗llashga asoslangan interfaol rejimda ma‘lumotlarga tezkor kirishni tadbiq
qilish bilan bog‗liq. Tezkor ma‘lumotlar ombori ma‘lumotning har qanday elementiga sekundning
ulushlarida kirishni ta‘minlovchi magnit disk yoki barabanlarda saqlanadi.
Bu qurilmalar va ma‘lumotlarni boshqarish dasturiy ta‘minoti dasturlarga bir necha yozuvlarni
o‗qish, ularni o‗zgartirish va yangi qiymatlarni tezkor foydalanuvchiga qaytarish imkonini berdi. 1980
yillarga kelib, yozuvlar to‗plamiga yo‗naltirilgan, ma‘lumotlarning tarmoq modeli juda ommaviylashib
ketdi. Ammo, yo‗naltiruvchi dasturiy interfeys darajasi yuqori emas edi.
Bu axborot
texnologiyalarining yanada yangilanishiga turtki bo‗ldi.
Beshinchi avlod (relyatsion ma‘lumotlar ombori: ―mijoz-server‖ arxitekturasi, 1980 – 1995
yillar) quyi darajali interfeys uchun muqobil yechim bo‗ldi. Relyatsion modellar aloqa va mohiyatni
bir xilda taqdim etishdan iborat. Ma‘lumotlar relyatsion modeli ma‘lumotlarni aniqlash, boshqarish
universal tiliga ega. Bu yo‗nalishdagi ishlar standart sifatida qabul qilingan SQL tilining yaratilishiga
olib keldi. Hozirgi kunda ma‘lumotlar omborlarining barcha tizimlari SQL interfeysini ta‘minlaydi.
Bundan
tashqari, barcha tizimlarda bu standart chegarasidan tashqariga chiqqan o‗zining
kengaytmalari mavjud.
Ma‘lumotlar omboriga parallel ishlov berish relyatsion modellarning ikkinchi kutilmagan
ustunligi bo‗ldi. Relyatsion model kompozitsiya bo‗yicha berk amallar to‗plamini o‗z ichiga oladi: har
bir amal kirishda nisbat oladi va qiymat sifatida nisbat chiqaradi. SHu sababli, relyatsion amallar bir
amalning chiqishini navbatdagi amalning kirishiga yo‗naltirish yo‗li bilan konveyerli parallelizm
imkoniyatini taqdim etadi.
Oltinchi avlod (mul‘timediali ma‘lumotlar ombori, 1995 yildan) an‘anaviy
son va belgilarni
saqlashdan murakkab harakatli ma‘lumotlarni olgan relyatsion-obyektga o‗tish bilan bog‗liq. Internet
mijozlari va serverlari u yoki bu turdagi ma‘lumotlarni saqlovchi, ishlov beruvchi va tasvirlovchi
applet va ―xelper‖ larni qo‗llash asosida qurilmoqda. Appletlar ovoz, video,
elektron jadvallar va
grafikani boshqaradi. Bunday appletli ma‘lumotlarning har qanday turi uchun sinflar kutubxonasi
mavjud. Endi biz turli xil ma‘lumotlarni saqlovchi (hujjatlar, grafika, ovoz va video namunalari)
oltinchi avlod tizimlari boshlanishida turibmiz. Bu oltinchi avlod tizimlari Internet va Intranet
sahifalarida ma‘lumotlarni saqlashning negiz vositalarini ifodalaydi.