D-01000100 I -01001001 R-01010010 Х-01011000
Kompyuterlarda har bir belgiga 0 va 1 belgilarining ketma-ketligidan iborat 8
ta belgi mos
qo'yiladi. 8 ta nol va birlarning turli о‘rin almashtirishidan foydalanib, turli xildagi belgilarni
kodlashimiz mumkin. 0 va 1 dan iborat raqamlar yordamida ularni 8
tadan ajratsak, bu o'rin
almashtirishlar soni
ga teng bo'ladi, ya'ni ular yordamida 256 ta harflar, raqamlar, turli boshqa
belgilarni kodlash mumkin bo'ladi.
KITOB so'zini quyidagicha kodlash mumkin:
01001011 01001001 01010100 01001111 01000010
Buyruqlarni yoki turli boshqa turdagi axborotlarni kodlash uchun shu tartibda yondashiladi.
Biroq, turli rusumdagi kompyuterlar uchun turlicha bo'lishi mumkin. Bu texnikaning xususiyatiga
bog'liq bo'lgan holatdir.
Agar ikkilikda kodlangan belgilarni o'n oltilikda kodlamoqchi bo'lsak, tetrada kodlash usulidan
foydalanishimiz mumkin. Bu holda sanoq sistemasidagi sonlarni taqqoslash jadvaliga ko'ra 4=0100 va
1=0001 ekanligidan A belgisi kodi o'n oltilikda 41 ga teng bo'ladi. Agar birinchi raqamni ustun,
ikkinchi raqamni satr tartib raqami deb olsak yangi jadval hosil qilamiz.
Bunda har bir raqam va
alifbodagi belgi jahon andozalaridagi kodlash jadvali - ASCII (American Standard Code for
Information Interchange) jadvali hosil bo'ladi.