Ovozni ham shu tariqa kodlash mumkin. Musiqaga yozilgan notalar
ovozni kodlashning bir
turidir. Masalan, nota belgilariga raqamlar mos keltirilib, ovozni bitlar orqali ifodalash ham mumkin.
Paint
dasturida rasm chizib, so‗ng uni kattalashtirganingizda rasm kvadratlardan tashkil
topganini ko‗rgansiz (quyida chapdagi rasm). Bunga kompyuter ekranidagi tasvirlar rastr deb ataluvchi
chiziqlar yordamida bo‗lingan piksel (ingl. pixel – picture element – rasm elementi) deb ataluvchi juda
mayda kvadratlardan iborat satrlardan tashkil etilishi sababchidir (quyida o‗ngdagi rasm). Demak, har
qanday rasm kompyuterda piksellar yordamida, ya‘ni silliq rasmni diskretlashtirish asosida tasvirlanar
ekan.
Endi oq va qora rangdan iborat rasm uchun ikkilik kodini aniqlaymiz. Buning uchun pikselning
oq rangiga 0 ni, qora rangiga 1 ni mos qo‗yamiz, ya‘ni ikkita rang uchun 1 bit uzunlikdagi kod zarur
bo‗ldi. Shu usulda har qanday rasmni 0 va 1 lar ketmaketligi orqali tasvirlay olamiz. Masalan,
o‗ngdagi oqqora tasvirni quyidagicha yoza olamiz:
000000001100000000000000011110000000000000111111000000…
Agar piksellar rangi ikkitadan ortiq bo‗lsa, u holda kodlash uchun 1 bit yetarli bo‗lmaydi.
Ranglar soni ko‗p bo‗lganda, ikkilikda kodlash uchun yana formulaga murojaat qilamiz:
N = 2r ,
bu yerda N – kodlanayotgan ranglar soni, r – rang
chuqurligi, ya‘ni ikkilik kodi uzunligi.
Demak, bu holda 2r–1 < Ranglar soni ≤ 2r tengsizligidan 3 ta va 4 ta rang uchun r = 2; 5, 6, 7
va 8 ta ta rang uchun r = 3; …; 129 tadan 256 ta rang uchun r = 8 ekanligini aniqlash mumkin.
Monitor ekranining imkoniyatlari (piksellari soni) aniq bo‗lsa, u hol da ekrandagi tasvirning axborot
hajmini ham aniqlash mumkin.