|
Portlar parallel va ketma-ket turlarga bo‘linadi. Parallel port printer, skaner yoki tashqi jamlagichni ulash uchun ishlatiladi
|
bet | 24/127 | Sana | 05.09.2024 | Hajmi | 24,4 Mb. | | #270292 |
Bog'liq 11W2E2Portlar parallel va ketma-ket turlarga bo‘linadi. Parallel port printer, skaner yoki tashqi jamlagichni ulash uchun ishlatiladi. Tashqi qurilmani parallel portga ulash maxsus kabel orqali amalga oshiriladi, u bir necha bitlarni bir vaqtda uzatilishini ta’minlaydi, binobarin, har bir bitni uzatish o‘zining liniyasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
USB (Universal Serial Bus)bu universal ketma-ket portdir. U 1995-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, eskirgan RS-232 (COM-port) va IEEE 1284 (LPT-port) parallel interfeyslarni
almashtirishga, ya’ni ketma-ket va parallel klaviatura va «sichqoncha» portlarini almashtirish uchun ishlab chiqilgan, barcha qurilmalar Plug and Play texnologiyasining osonligi bilan ko‘p sonli qurilmalarning o‘rnatilishiga ruxsat beradigan bitta
razyomga ulanadi. Plug and Play – «yoq va ishla» texnologiyasi «qaynoq» almashtirishni, ya’ni kompyuterni o‘chirish va qayta yuklash zaruratisiz qurilmalarni almashtirishni amalga oshirishga
imkon beradi. Qurilma jismoniy ulanganidan keyin to‘g‘ri taniladi va avtomatik konfiguratsiyalanadi. USB kompyuterga nima ulanganligini, qurilmaga qanday drayverlar va resurslar zarur bo‘lishini mustaqil aniqlaydi, undan keyin bularning barchasini foydalanuvchining aralashuvisiz ajratadi.
4-ilova.
YO’RIQLI TEXNOLOGIK XARITA.
(o’quv amaliyoti uchun)
KASB KODI VA NOMI: 3.52.01.02-Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi.
O’QUV AMALIYOTI NOMI: Shaxsiy kompyuterlar, serverlar, periferiya uskunalarining apparat ta’minotiga xizmat ko’rsatish
MAVZU № 1: TIZIMLI BLOKNI QISMLARGA AJRATISH VA YIG’ISH.
MAQSAD: O’quvchilarga tizimli blokni qismlarga ajratish va yig’ish bo’yicha ma’lumot berish va mavzuni mustahkamlash, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Portlar parallel va ketma-ket turlarga bo‘linadi. Parallel port printer, skaner yoki tashqi jamlagichni ulash uchun ishlatiladi
|