|
BUXORO VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI
|
bet | 2/127 | Sana | 05.09.2024 | Hajmi | 24,4 Mb. | | #270292 |
Bog'liq 11W2E2BUXORO VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI
Buxoro shahar kasb-hunar maktabi
“TASDIQLAYMAN’’ Buxoro shahar khm direktori “_____” ______________ 2021-yil
__________ D.T.Bozorov
SHAXSIY KOMPYUTERLAR, SERVERLAR, PERIFERIYA USKUNALARINING APPARAT TA`MINOTIGA XIZMAT KO`RSATISH O’QUV AMALYOTI FANIDAN
3.52.01.02-APPARAT VA DASTURIY
TA’MINOT SOZLOVCHISI KASBI
O’quv rejadagi tartib raqami: 3.04
Ajratilgan soat: 140
BUXORO-2021
Kirish
Shaxsiy kompyuterlar,serverlar periferiya uskunalarining apparat ta’minotini o’rnatish va xizmat ko’rsatish o’quv,ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti ishchi dasturlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 22 apreldagi 87 05-315 xati ilovasiga asosan ishlab chiqildi. Bu ilovada “Professional ta’lim muassasalarida o‘quv va ishlab chiqarish (diplom oldi, pedagogik) amaliyotlaridan ishchi dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar” namunasi ishlab chiqilgan.Uslubiy tavsiyalar Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining ilmiy-pedagogik Kengashning 2021 yil 27 fevraldagi 2-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan. Ushbu uslubiy tavsiyalar professional ta’lim tizimida tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklarning malaka talablariga muvofiq professional ta’lim muassasalari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga o‘quv va ishlab chiqarish (diplom oldi, pedagogik ) amaliyotlari ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda amaliy va metodik ko‘rsatma sifatida ishlab chiqilgan.Amaliyot dasturini ishlab chiqish murakkab jarayon hisoblanib, uni amalga oshirishda maxsus fan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalaridan tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab qiladi.
|
| |