|
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’limVazirligi Buxoro viloyat hokimligi kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvoffaqlashtirish hududiy boshqarmasi Buxoro shaxar kasb-hunar maktabi
|
bet | 35/127 | Sana | 05.09.2024 | Hajmi | 24,4 Mb. | | #270292 |
Bog'liq 11W2E2U = U1 + U2 + U3 + … Un . (2-formula)
Shunday qilib, ketma-ket ulangan zanjirdagi umumiy kuchlanish uning har bir qismidagi kuchlanishlar yig’indisiga teng.
3. Ketma-ket ulangan zanjirning qarshiligi. Tajribalardan quyidagilarni bilib oldik:
a) ketma-ket ulangan zanjirning hamma qismlaridan o’tuvchi tok kuchi bir xil. (1-formula)
b) ketma-ket ulangan zanjirning alohida qismlaridagi kuchlanishlar yig’indisi butun zanjirdagi kuchlanishga teng. (2-formula)
Ketma-ket ulangan zanjirning qarshiligini topish uchun butun zanjirga va uning har bir qismiga Om qonunini qo’llaymiz:
U = RI; U1 = R1I; U2 = R2I; U3 = R3I; … , Un = RnI.
Kuchlanishlarning topilgan qiymatlarini (2) formulaga qo’yamiz:
RI =R1I + R2I + R3I + … + RnI.
Oxirgi munosabatni I ga qisqartirib:
R = R1 + R2 + R3 + … + Rn.
formulani hosil qilamiz, ya’ni ketma-ket ulanganda zanjirning qarshiligi unga ulangan iste’molchilar qarshiliklarining yig’indisiga teng.
4. Ketma-ket ulashga oid misollar. Ketma-ket ulash texnikada keng qo’llaniladi. Masalan, elektr qo’ng’iroq bilan tugma ketma-ket ulanadi. Shuning uchun qo’ng’iroq zanjir ulangandagina chalinadi. Elektr uzgich (viklyuchatel) o’zi ulashi va uzishi kerak bo’lgan asbob bilan ketma-ket ulanadi. Archa bezagidagi (girlyanda) lampachalar ham ketma-ket ulanadi.
Asboblarning ketma-ket ulanishiga oid misollarni juda ko’p keltirish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’limVazirligi Buxoro viloyat hokimligi kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvoffaqlashtirish hududiy boshqarmasi Buxoro shaxar kasb-hunar maktabi
|