|
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’limVazirligi Buxoro viloyat hokimligi kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvoffaqlashtirish hududiy boshqarmasi Buxoro shaxar kasb-hunar maktabi
|
bet | 34/127 | Sana | 05.09.2024 | Hajmi | 24,4 Mb. | | #270292 |
Bog'liq 11W2E2YANGI MAVZU BAYONI
Eng oddiy elektr zanjir ham bir necha asbob va qurilmalardan iborat bo’ladi. 54-rasmda tok manbai, kalit, ampermetr, lampa va reostatdan iborat bo’lgan elektr zanjir tasvirlangan. Manbadan chiqqan elektr toki kalit, ampermetr, lampa va reostat orqali о tadi. Asboblarning bunday ulanishi ketma-ket ulash deyiladi. Ketma-ket ulashni o’rganamiz.
1. Ketma-ket ulangan zanjirda tok kuchi. Asboblar ketma-ket ul- angan zanjirning istalgan nuqtasida tok kuchi bir xil bo’Iadi. Agar shunday bo’lmaganda edi, elektr zaryadlar biror joyda to’planib qolardi. Bu suvquvur tarmog’idagiga o’xshaydi: bir joydan qancha suv oqib o’tsa. boshqa joydan ham shuncha suv oqib o’tishi kerak.
Zanjirning hamma nuqtalarida tok kuchi bir xil bo’lishiga tajribada ishonch hosil qilish mumkin. Ketma-ket ulangan zanjirning turli joylariga ampermetrlar ulaymiz. Bu 55-rasmda uchta ampermetr yordamida ko’rsatilgan. Bu ampermetrlar bir xil tok kuchini ko’rsatadi.
Shunday qilib,
I1 = I2 = I3 = … In . (1-formula)
2. Ketma-ket ulangan zanjirdagi kuchlanish. 56-rasmda tasvirlangan elektr zanjirni yig’amiz. Lampa, isitkich, spiral va reostatga ulangan voltmetrlarning ko’rsatishlari har xil. Ammo U1, U2, U3 va U4 kuchlanishlarni qo’shib, ularning yig’indisi umumiy kuchlanishga teng bo’lishini ko’ramiz:
U1 + U2 + U3 + U4 = U.
To’rtta iste’molchi emas, balki n iste’molchi ketma-ket ulangan bo’lganda ham, butun zanjirdagi kuchlanish alohida qismlardagi kuchlanishlarning yig’indisiga teng bo’ladi:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’limVazirligi Buxoro viloyat hokimligi kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvoffaqlashtirish hududiy boshqarmasi Buxoro shaxar kasb-hunar maktabi
|