|
Prezident farmonlari, qarorlari hamda Hukumat qarorlari asosida tadbirkorlik sub’ektlarini rubdan o’zgartirish
|
bet | 4/6 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 120,32 Kb. | | #157971 |
Bog'liq Kichik biznes va korxonalar 22. Prezident farmonlari, qarorlari hamda Hukumat qarorlari asosida tadbirkorlik sub’ektlarini rubdan o’zgartirish.
2018 yil 1 sentyabrdan boshlab, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan rejali va nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilindi va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida qonunbuzilishi haqidagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida hamda “xavfni tahlil etish” tizimi asosida tekshiruvlarni o‘tkazish tartibi belgilandi. Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlarni o‘tkazishga qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng yo‘l qo‘yilishi belgilanib, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining 16 ta nazorat funksiyalari bekor qilindi.
Albatta, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishida huquqiy asoslar bilan birga, uning moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi ham muhim ahamiyatga ega. Muloqot davomida ma’lum qilindiki, biri biznes sub’ektlari loyihalarini moliyalashtirishga 10 foiz tadbirkor investisiya kiritsa, qolgan 90 foizini yangi tashkil etilgan “Biznesni rivojlantirish banki” hamda davlat tomonidan moliyaviy resurs yo‘naltiriladi. Bu tadbirkorlar uchun ulkan rag‘bat bo‘lib, o‘z tashabbuslarini amalga oshirish uchun keng maydon yaratadi.
Mamlakatimizda ishbilarmonlik va investisiya muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni takomillashtirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinayapti. Ko‘rilayotgan amaliy chora-tadbirlar natijasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning umumiy muddati deyarli 787 kundan 471 kungacha qisqartirildi, tadbirkorlik sohasida 132 ta lisenziya va ruxsat berish tartib-taomillari bekor qilindi. Davlat xizmatlaridan eksterritoriallik tamoyili bo‘yicha foydalanish tartibi joriy etildi, davlat idoralari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlardan jami 73 ta hujjat hamda ma’lumotnomalarni talab qilish amaliyoti bekor qilindi.
Shuningdek, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining sifat jihatidan yangi darajaga o‘tishini ta’minlash maqsadida 2017 yilda har bir tuman (shahar)da davlat xizmatlari markazlari tashkil etildi. Mazkur tizimni isloh qilish natijasida mavjud 750 dan ortiq davlat xizmatlaridan 172 tasi Markazlar, 308 tasi esa O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda «Lisenziya» axborot tizimi orqali interaktiv shaklda ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi.Bugungi kunga qadar 207 ta markazlar hamda ularning 141 ta filiallari orqali jismoniy va yuridik shaxslarga jami 32 mln. tadan ortiq xizmatlar ko‘rsatildi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatishing yangi shakllari joriy qilinishi natijasida 17 ta davlat xizmatini kompozit tarzda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Markazlar orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishni joriy etish natijasida 200 dan ortiq tartib-taomillar qayta ko‘rib chiqilib, soddalashtirildi.
Alohida qayd etib o‘tish zarurki, mazkur yo‘nalishlarda olib borilgan ishlar lisenziyalash va ruxsat berish tizimini liberallashtirish hamda institusional isloh qilishning yangi bosqichini boshlash uchun mustahkam asos yaratdi.
Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur huquqiy hujjat bilan 50 ta lisenziyalar, 124 ta ruxsat berish hujjatlari hamda 34 ta xabarnomalarning yakuniy ro‘yxatlari tasdiqlandi. Endilikda unda nazarda tutilmagan yangi tartib-taomillar turlarini joriy etish taqiqlanadi. Ya’ni, amalga oshirilishi uchun lisenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat va vakolatli organni xabardor qilish talab etiladigan faoliyat turlari ro‘yxatlari qonun bilan tasdiqlanadi hamda tegishli qonun qabul qilingandan so‘ng ushbu ro‘yxatlarga kiritilmagan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaxslardan ma’muriy tartib-taomillardan o‘tishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillaridan o‘tish qat’iy tartibda “Lisenziya” axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi. Ilk bor vakolatli organni xabardor etish orqali faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq mutlaqo yangi mexanizm joriy etildi. Bunda jismoniy va yuridik shaxslar xabarnoma yuborish orqali xabardor qilish tartibi joriy etilgan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan talab va shartlarga muvofiq ekanliklarini tasdiqlaydi. Avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali qonun hujjatlarida belgilangan talab va shartlarga muvofiqligi hujjatlarni taqdim etish jarayonida ustuvor ravishda inson aralashuvisiz tekshiruvdan o‘tkaziladi Ma’lumot uchun eslatib o‘tamiz, xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat jumlasiga faoliyatni boshlash yoki harakatni amalga oshirish uchun vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilinishi talab etilmaydigan, biroq davlat tomonidan tartibga solinishi hamda tegishli faoliyat bilan shug‘ullanayotgan sub’ektlarning hisobini yuritishni ta’minlash uchun qonun hujjatlarida belgilangan talab va shartlarga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga olish orqali amalga oshiriladigan faoliyat turlari kiradi.
|
| |