|
Davlat dasturida belgilangan vazifalar
|
bet | 3/6 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 120,32 Kb. | | #157971 |
Bog'liq Kichik biznes va korxonalar 23. Davlat dasturida belgilangan vazifalar
Yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslari, startap-loyihalari va amaliy tadqiqotlari natijalari ro‘yobga chiqarilishiga ko‘maklashish, yosh tadbirkorlik sub’ektlarining sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Yoshlar ishlari agentligining 1-ilovaga muvofiq ro‘yxatda ko‘rsatilgan hududlarda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini (keyingi o‘rinlarda – Yoshlar sanoat zonalari) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Tashkil etilayotgan Yoshlar sanoat zonalarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va yuritishlari uchun Yoshlar sanoat zonalari hududida ishlab chiqarish maydonlari taqdim etish orqali ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish;
yoshlarga ularning sanoat va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi loyihalari, tashabbuslari va g‘oyalari amalga oshirilishida ko‘maklashish va qulay shart-sharoitlar yaratish;
“startaplar” tashkil etish maqsadida biznes-inkubator vazifalarini amalga oshirish, yosh tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini barqaror rivojlantirish va raqobatardoshligini oshirish;
yoshlarga o‘z innovatsion ishlanmalarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish va natijalarini tijoratlashtirish, yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish borasida amaliy yordam ko‘rsatish;
band bo‘lmagan, shu jumladan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ish bilan ta’minlash va ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish.
3. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov) vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda:
2-ilovada keltirilgan ro‘yxatdagi 77 ta Yoshlar sanoat zonalari – 2021 yil 1 sentyabrgacha;
qolgan barcha Yoshlar sanoat zonalari – 2022 yil 1 yanvargacha to‘liq ishga tushirilishini ta’minlasin.
4. Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlashning manzilli dasturi (keyingi o‘rinlarda – Manzilli dastur) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) tashkil etilsin.
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan 100 million AQSH dollari;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va xususiy moliya kompaniyalarining qarzlari;
Jamg‘armaning bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga belgilangan tartibda joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
|
| |