xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning zarurati




Download 120,32 Kb.
bet2/6
Sana17.02.2024
Hajmi120,32 Kb.
#157971
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kichik biznes va korxonalar 2

xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning zarurati.
2021 yil 1 maydan boshlab tadbirkorlik sub’ektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi qo‘shimcha choralari joriy etilsin:
a) Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan:
Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga milliy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya, uning belgilangan miqdorlarini saqlab qolgan holda, taqdim etiladi;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolarga tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun kredit miqdorining 75 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan ortiq bo‘lmagan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kafillik beriladi;
tadbirkorlik sub’ektlariga bank kreditlari bo‘yicha kompensatsiya va kafilliklar kredit shartnomalari sonidan qat’i nazar beriladi. Bunda, kompensatsiyalar taqdim etilayotgan kreditlarning umumiy summasi 10 mlrd so‘mdan, kafilliklarning umumiy summasi esa 8 mlrd so‘mdan, biroq umumiy kredit summasining 50 foizidan oshmasligi lozim;
b) Eksportni rag‘batlantirish agentligi eksport qiluvchilar tomonidan tovarlar ular bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirib to‘lash sharti bilan eksport qilinganda, ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun revolver kreditlarni moliyalashtirishga tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etadi. Bunda, ushbu resurslar hisobidan kreditlar to‘lovlar kechiktirilgan muddatga va eksport qilinayotgan mahsulotlar qiymati miqdorida, biroq 3 million AQSH dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, yillik 4 foizli stavka (shundan, 2 foizi bank marjasi) bilan ajratiladi.
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafillik va kompensatsiyalaridan foydalanish huquqiga egaligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlarning 70 foizi kichik biznes loyihalariga, 30 foizi ustuvor ravishda o‘zini o‘zi band qilishga (tomorqadan unumli foydalanish, uy sharoitida hunarmandchilikni va kasanachilikni rivojlantirish) yo‘naltirilsin. Bunda, ajratiladigan mablag‘larning kamida 15 foizi joylarda, ayniqsa, shaharlarda xizmat ko‘rsatish sohasida kichik loyihalarni moliyalashtirishga qaratiladi.
4. Quyidagilarga:
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga olis va chekka hududlarda joylashgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksionga qo‘yishda ularning boshlang‘ich narxini 50 foizgacha kamaytirish vakolati;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksionga qo‘yishda boshlang‘ich narxga chegirma belgilanadigan olis va chekka hududlar chegaralarini belgilash vakolati berilsin.
5. 2021 yil 1 iyundan boshlab infratuzilmaga yaqin joylarda, shu jumladan, respublika ahamiyatidagi yo‘llarga tutash bo‘lgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha unumdorligi past, foydalanishda bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi yerlarini sanoat va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini barpo etish uchun loyiha asosida investorlarga “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali ajratishga ruxsat berilsin.
6. Bosh vazir o‘rinbosarlari J.Qo‘chqorov va Sh.G‘aniyev Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2021 yil 15 mayga qadar qishloq xo‘jaligi yerlarini xatlovdan o‘tkazgan holda sanoat va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini barpo etish uchun ajratiladigan unumdorligi past, foydalanishda bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi yerlari ro‘yxatini shakllantirsin hamda ularning aniq chegarasi va maydonini ko‘rsatgan holda har bir tuman kesimida tasdiqlanishini ta’minlasin.
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand shaharlari, Urgut va G‘ijduvon tumanlarida zamonaviy savdo va sanoat hududlarini tashkil etish, ularda savdo-ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish va sotish uchun infratuzilma mavjud bo‘lgan kamida 20 gektar maydondan yer uchastkalarini tadbirkorlik sub’ektlariga auksion orqali (shu jumladan, to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan hamda auksionni yagona ishtirokchi bilan o‘tkazishga ruxsat bergan holda) ajratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Bunda, savdo va sanoat hududlarini tashkil etishning asosiy sharti binolarning birinchi qavatida savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, yuqori qavatlarida ishlab chiqarish ob’ektlarini joylashtirish hisoblanadi.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2021-2022 yillar davomida kamida 500 ta mahalla fuqaro yig‘inlarining eski binolarini davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy ko‘rinishda qayta qurish bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari bilan kelishuvga erishilishini ta’minlasin.
Bunda, 1 qavatli bino o‘rniga 2-3 qavatli bino qurilishi, uning 2 va 3-qavatlarida kichik ishlab chiqarish, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, ishsiz xotin-qizlar va yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish markazlarini tashkil qilish uchun tekin foydalanish asosida 30 yilga tadbirkorlik sub’ektining ixtiyorida qoldirilishini nazarda tutsin.
9. Belgilab qo‘yilsinki, 2021 yil 1 iyundan boshlab:
uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida to‘lab kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash;
uch yildan ortiq vaqtdan buyon tovarlarni import qilish bilan shug‘ullanayotgan, bojxona to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarini bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra to‘lovlarni belgilangan muddatda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi.
Bunda, ushbu tartib bo‘yicha garovsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan soliq yoki to‘lovlar summasi tadbirkorlik sub’ekti tomonidan oxirgi uch yil davomida to‘langan soliq yoki bojxona to‘lovlari summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.
Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur banddan kelib chiqqan holda soliqlar hamda bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lashning vaqtinchalik tartibini tasdiqlasin.
10. 2021 yil 1 maydan boshlab chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yo‘l qo‘ygan eksport qiluvchilar va “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimida tovarlarni respublikaga olib kirish va rasmiylashtirishni, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishni o‘z vaqtida ta’minlamagan import qiluvchilar uchun qonunchilikda belgilangan jarima miqdorlari ikki baravarga kamaytirilsin.
2021 yil 1 may holatiga shakllangan tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga jarimalar qo‘llash to‘xtatilsin va debitor qarzdorlik vujudga kelish muddatlari 2021 yil 1 maydan boshlab yangidan hisoblansin.
11. Belgilansinki, 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab ijro ishini yuritish doirasida qarzdordan undirilgan pul summalari ijro hujjatlari bo‘yicha barcha talablarni qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda, byudjetga to‘lovlar bo‘yicha talablar, kreditorlarning qarzdor mol-mulki bilan ta’minlanmagan talablari, shu jumladan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa yetarli bo‘lmaganligi tufayli qanoatlantirilmagan talablari bir navbatda (to‘rtinchi navbatda) qanoatlantiriladi.

Download 120,32 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 120,32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning zarurati

Download 120,32 Kb.