|
Tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy faolligi oshishi
|
bet | 5/6 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 120,32 Kb. | | #157971 |
Bog'liq Kichik biznes va korxonalar 23.Tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy faolligi oshishi
Tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy faolligi oshishi, soliq ma’murchiligida yangi instrumentlarning joriy etilishi va xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish natijasida 2021 yilda soliq turlari bo‘yicha ham sezilarli ravishda o‘sish kuzatilib, 2020 yilga nisbatan foyda, qo‘shilgan qiymat solig‘i soliq tushumlari 1,3 baravarga, noruda qazilmalardan soliq va suv solig‘i tushumlari 1,4 baravarga, yer solig‘i 1,7 baravarga o‘sdi.
Yashirin ish o‘rinlarini legallashtirishga qaratilgan tadbirlar natijasi bilan daromad solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslar soni 502 mingtaga oshdi hamda o‘zini o‘zi ish bilan band qilish tizim orqali ro‘yxatga olinganlar soni 1,2 mln. tani tashkil etdi.
Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 6,5 ming xotin-qizlarga davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan 100 mlrd 341 mln so‘m kredit resurs mablag‘lari ajratib berildi.
Shu bilan bir qatorda, 2021 yilning o‘zida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarning tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yil davomida 96 873 nafar xotin-qizlarga 1 trln 197 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 6,5 ming xotin-qizga Davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan 100 milliard 341 million so‘m miqdorida kredit resurs mablag‘lari ajratib berildi.
2022 yil yakunlari bo‘yicha esa, 90 mingta yuridik va 96 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Tijorat banklari tomonidan hududlardagi 54,9 mingdan ziyod xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlarga 41,9 trln so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish choralari ko‘rildi.
O‘tgan 2022 yildagi “ochiq muloqot”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali bandligini ta’minlash orqali 121 ming 731 nafar yoshlarga 2 trln 894 mlrd so‘m kredit ajratildi.
Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan 103 mingdan ziyod xotin-qizlar tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, ular tomonidan 200 951 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Shuningdek, 233 ming nafardan ziyod xotin-qizlarga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida jami 4,7 trln so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.
Umuman olganda mamlakatimizda tadbirkorlikni, ayniqsa kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, ularning faoliyatida kelib chiqayotgan muammo va to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rilmoqda. Natijada o‘tgan bir yilda 55 mingdan ortiq biznes uchun mo‘ljallangan binolar barpo etildi, pul aylanmasini 1 million dollardan oshirgan tadbirkorlar soni 5 mingtaga ko‘payib, 26 mingtani tashkil etdi, eksport qiluvchi korxonalar soni 7,5 mingtaga yetib, jami eksport hajmi 30 foizga ko‘paydi.
2023 yil 12 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. Mazkur huquqiy hujjatga asosan, mamlakatimizda “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi. 2023-2024 yillarda dasturni amalga oshirish uchun jami 1 milliard AQSh dollari miqdorida kredit ajratiladi. Bunda dasturga kiritilgan tadbirkorlik sub’ektlarining loyihalarini moliyalashtirish uchun 2023 yilda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan tijorat banklariga 100 million AQSh dollari ekvivalentida kredit liniyasi ochiladi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Xalqaro moliya tashkilotlaridan 200 million AQSh dollari miqdorida kreditlar jalb qilinadi. Kredit liniyasi mablag‘lari tijorat banklariga 10 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 foiz stavkada beriladi.
Xulosa
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Yoshlar ishlari agentligining 1-ilovaga muvofiq ro‘yxatda ko‘rsatilgan hududlarda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini (keyingi o‘rinlarda – Yoshlar sanoat zonalari) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Tashkil etilayotgan Yoshlar sanoat zonalarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va yuritishlari uchun Yoshlar sanoat zonalari hududida ishlab chiqarish maydonlari taqdim etish orqali ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish;
yoshlarga ularning sanoat va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi loyihalari, tashabbuslari va g‘oyalari amalga oshirilishida ko‘maklashish va qulay shart-sharoitlar yaratish;
|
| |