|
Kondagi tadqiqotlar, ulardan ma`lumot olish usullari
|
bet | 25/96 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #114566 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim3.4.Kondagi tadqiqotlar, ulardan ma`lumot olish usullari
Neft'-gaz koni geologiyasining birlamchi ma`lumotlar manbaiga har xil usullar bilan qilinayotgan va umumiy masalalarni hal qilishga qaratilgan tadqiqotlarni kuzatishlar kiradi. Bu kuzatishlar quduqdan tog’ jinslari namunasini olish, qatlamdagi gaz va suyuqliklardan namunalar olish va ularni minerologik qamda geokimyoviyy va boshqa usullar bilan tahlil qilishdan boshlanadi, Undan tashqari quduqlar geoximik va gidrodinamik usullar bilan tadqiq qilinadi. Qazib chiqarish jarayonida quduq ishini kuzatish katta ahamiyat kasb etadi.
Laboratoriyalarda maxsus asboblar yordamida kern, shlam, neft'-gaz va suv namunalarini tadqiq qilish tog’ jinslari, ularga shimilgan uglevodorod (UV) va suvlarning fizik-geologik xossalari to`g’risida bevosita ma`lumot beradi. Laboratoriya sharoiti bilan qatlam muhiti o`rtasida anchagina tafovut mavjudligi tufayli olingan ma`lumotlar haqiqiysidan farq qiladi. Hozirgacha qatlam sharoitidagi namuna olish masalalari murakkabligicha qolmoqda. Faqat qatlamdan o`sha sharoitda neft' va suv olinishi mumkin. Laboratoriya sharoitida olingan ma`lumotlarga qar xil yordamchi chizmalardan foydalangan holda tuzatishlar kiritiladi.
Quduqlarni geofizik usullar bilan tadqiq qilish:
1) quduqlarning geologik kesmasini o`rganish;
2) uninг texnik holatini o`rganish;
3) qazib chiqarish jarayonida qatlamlarning neft'-gaz bilan shimilganlik xususiyatining o`zgarishini nazorat qilish maqsadlarida olib boriladi.
Quduqning geologik kesmasini o`rganish - geofizikaning asosiy vazifalaridan qisoblanadi. Bunda elektrik, magnit, radioaktiv, termik, akustik, mexanik, geokimyoviy va boshqa usullardan foydalaniladi. Bularda qar xil tog’ jinslarining turli xususiyatdagi tabiiy va sun`iy fizik maydonlari orqali o`rganiladi. Tog’ jinslarining fizik xossalari ulardagi elektrik, qarshilik, elektrokimyo va radioaktivlik bilan hamda sh.k. qator belgilar bilan farqlanadi. Geofizik tadqiqotlar natijalari har xil diagramma ko`rinishida aks ettiriladi.
Ma`lumki, tog’ jinslarining o`tkazuvchanligi, qattiqligi, zichligi neft' va gaz bilan shimilganligi, ulardagi har xil radiaktiv nurlanishning mavjudligi va shu kabilar hamma jinslarda xilma-xil hamda rang-barangdir.
Shulardan tog’ jinslarining kollektorlik xususiyatlari (g’ovakligi, o`tkazuvchanligi, suyuqlik bilan shimilganlik darajasi va q.k.) geofizik usullar bilan yaxshi tadqiq qilinadi va u geologik va laboratoriya (kernlarni o`rganish va q.k.) tadqiqotlarini asosli ravishda to`ldiradi. Geofizik tadqiqotlarni taqqoslash natijasida tog’ jinslarida mavjud kollektorlar va ularning xossalari, qatlamlarni tashkil qilgan qatlamchalarning xossalari, ularning neft', gaz va suvlar bilan shimilganligini aniqlash mumkin bo`ladi.
|
| |