Neft' va gaz konlarini ishlashni loyihalashtirishning asoslari




Download 6,15 Mb.
bet33/96
Sana09.12.2023
Hajmi6,15 Mb.
#114566
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   96
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim

4.5.Neft' va gaz konlarini ishlashni loyihalashtirishning asoslari

Neft' konlarini qatlamlarning tabiiy sharoitlaridan, shuningdek er baqrini va atrof muqitni muqofaza qilish me`yorlarida ularni ishlatish texnika va texnologiyalaridan oqilona foydalanishni ta`minlovchi tizimda ishlatish lozim. Uyumni ishlash tizimi texnik-iqtisodiy ko`rsatgichlarni quduqlarni joylashish tarxini, ularni sonini va ishlash tarzini, neftni to`larok qazib olish imkoniyatlarini xisobgа olishi zarur. U konni ishlash jarayonida, burqilash va ishlatishda uyumni geologik tuzilishi haqidagi yangi ma`lumotlarni hisobga olgan holda, uzluksiz nazorat va muvoffiqlashtirishni ta`minlashi kerak.


Ma`lumki, neft' konini ishlashni loyihalashtirish konda o`tkaziladigan kompleks tadqiqotlar natijasida olingan boshlangich ma`lumotlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu tadqiqotlarning asosiy qismi bosqichma-bosqich o`tkaziladigan mahsuldor qatlamni geologik va kon-geologik o`rganish hisoblanadi. Avval konning umumiy geologik tavsifi o`rganiladi va boshlangich suv-neft', gaz-neft' va gaz-suv tutashmasi aniqlanadi. Keyin kollektorlar, qatlam suyuqliklari va gazlari tuzilishi va fizik xususiyatlari o`rganiladi.
Kollektorlarning fizik xususiyatlari laboratoriya, geofizik va gidrodinamik usullarda o`rganiladi. Neftga to`yingan kollektorlardan neftni siqib chiqarish jarayonini o`rganish uchun neft', gaz va suvning fizik xususiyatlarini bilish lozim. Ularga qovushqoqlik, zichlik, neftning gazga to`yinish bosimi, siqilish koeffitsienti, fazalararo tortishuv, gazning neftda erish koeffitsienti, neftning hajmiy koeffitsienti va boshqalar. Qatlam suvlarining tarkibi xam muhim ahamiyat egallaydi.
Neft', gaz va suvning fizik xususiyatlarini laboratoriya sharoitida chuqurlik namunalaridan o`rganiladi.
Shuni ta`kidlash lozimki, qatlam flyuidlari va ularni uyum maydoni, hamda qatlam qaliniligi bo`yicha o`zgarish xususiyatlarini aniq bilish ishlashni loyihalashtirish va tahlil qilishning zarur shartlaridandir. Shuning uchun neft', gaz va suvning fizik xususiyatlarshsh aniqlash usullarni o`rganishga alohida e`tiborni qaratish kerak.
Ishlashni texnologik tarxi va loyihalari mahsuldor kollektorlarni ta`riflovchi katta hajmdagi grafik ma`lumotlar bilan ta`minlanadi. Ularga tuzilmali xarita, qovaklik, o`tkazuvchanlik, qalinlik, gidro-o`tkazuvchanlik xaritasi, geologik kesim, konning o`rtacha normal qirqimi, shuningdek qatlamlarni litologik va fizik harxillik darajasini baholash uchun grafik qurilishlar (chizmalar) kiradi.



Download 6,15 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   96




Download 6,15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neft' va gaz konlarini ishlashni loyihalashtirishning asoslari

Download 6,15 Mb.