Chizmachilik fanining maqsad va vazifalari




Download 95.92 Kb.
bet2/5
Sana06.09.2023
Hajmi95.92 Kb.
#80475
1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja I. Kirish. II. Asosiy qism
Vavilonlik eng boy odam, Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 2 октябрдаги 784 сон , Tarawg\'a kirisiw kurs jumisi, Sticking to a vegetarian diet may be partly genetic, BAYROQ 17 DMTTма-МАЛУМОТ, SOLIQ IMTIYOZI, 1.2-amaliy ish. , 3.2 - amaliy ish. Tarmoqlararo ekran vositasi yordamida tarmoq himoyasini qurish, 208-207, Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi-fayllar.org, AMALIY 1, jer.m.h.-2, mustaqil ish varag\'i
2. Chizmachilik fanining maqsad va vazifalari
Grafika tarixi sinfiy jamiyat tarixi, fan va madaniyat, me’morchilik tarixi bilan bog’liqdir. Shu sabali biz ularni birgalikda o’rganamiz.
Uch o’lchamli geometrik jismlarni grafik usulda shartli belgilar yordamida tekislikda tasvirlash va undan foydalanish g’oyalari insoniyat jamiyatining rivojlanishida ko’p asrlik tarixga ega.
Dastlabki chizmalarda faqat bitta tasvir bo’lib, uni reja deb atashadi. Odatda, bu rejalarni to’g’ridan-to’g’ri qurilajak inshootlarning o’rniga, ya’ni er sirtiga, haqiqiy kattaligi bilan bajariladi.
Bunday chizmalarni yasash uchun birinchi chizmachilik asboblari-yog’ochdan yasalgan sirkul-o’lchagich, arqon yasalgan to’g’ri burchakli uchburchaklar yaratiladi (1,2-shakl).
Keyinchalik bunday reja chizmalarni pergament qog’ozda, daraxtlarda va xolostga kichraytirib bajarila boshlandi.
Asosiy qism. Chizma bilan rasmning umumiy tomonlari.
Dastlabki chizmalar bilan rasm o’rtasida deyarli farq bo’lmagan. Tasvirlar ko’z bilan chamalab qo’lda chizilgan, 1,3-shaklda Sank-Peterburgdagi Ermitajda saklanayotgan Sug’d laganchasiga o’yib tushurilgan ko’shk fasadi chizmasi (V-VII asr) ga e’tibor bersak, bu chizmada o’lchamlar qo’yilmagan. Bunday chizmalar tasvirlangan narsalar haqida taxminiy tasavvur bera olgan xolos.
Sharq miniatyuralarida uzoqdagi narsalar rasmi teparoqda, yaqindagi narsalar esa pastroqda bir xil kattalikda tasvirlangan . Ko’p tasvirlar, hozirgi zamon qiyshiq burchakli frontal izometriya, trimetriya yoki qiyshiq burchakli frontal dimetriya ko’rinishiga mos keladi. 1,5 va 1,6-shakllarda XV asrda qurilgan Go’ramir maqbarasi va madrasalar tasviri berilgan. Keyinchalik chizmalarda buyumning shaklini, shuningdek, o’lchamini ko’rsatishga harakat qilinadi, chizmalar asta-sekin takomillashib borgan. 1,7-shaklda ko’prikning (yuqoridan ko’rinishidagi) chizmasi (XVII asr) berilgan. Unda tasvirlangan inshootlar taxminan ancha aniq aks ettirilgan va chizmachilik asboblaridan foydalanilganligi ko’rinib turibdi.
Rossiyada kemasozlikning rivojlanishi natijasida yanada aniqroq chizma masshtabiga qattiq rioya qilingan chizmalar paydo bo’ldi. Bunda uzunligi, kengligi va balandligi tasvirlangan uchta proeksiyadan foydalana boshlandi. 1.8-shaklda 1719 yilda Pyotr I tomonidan proeksiya nurlaridan foydalanib, chizilgan eshikli qayiq chizmasi ko’rsatilgan.
XVIII asrda chizmalar g’oyatda puxta va rangli tusda bajarildi. Bu chizmalarda shartli qirqimlar bajarildi va buyumning kesilgan qismi materialiga qarab bo’yab ko’rsatildi.
Fazoviy jismlarning tekislikda tasvirlash usullarini bajarish, ularning amalda tadbiq qilish nazariyasini rivojlantirish sohasida bir qancha qadimiy olimlar va allomalar, muhandis va me’morlar hamda xalq ustalari etakchi o’rinni egallaganlar. M.Kant va uning o’tmishdoshlari Evklid geometriyasini yagona, hatto ilohiy geometriyadir deb hisobladilar.
Eramizdan oldingi II asrda yashagan mashhur Yunon astronomii Ptolomey ham perspektiva bilan shug’ullanib, narsalarni ko’rishda uning hajmi, shakli, rangi va soyasi bilan bog’liq narsalarni ishlab chiqqan. U bu narsalarni kuzatish perspektivasi sohasida yaratgan besh kitobdan iborat bo’lgan asarlarida yoritilgan.
Qadimgi Yunon matematigi Apolloniy Pergskiy (mil. avv. 283-170 y) mashhur «Konus kesmalari» asarini yozdi. Uning bu asari satronomiya, mexanika, optika (perspektiva), analitik geometriya, grafika va boshqa fanlarning rivojlanishida katta rol o’ynaydi. Bu asarda «Konus kesmalari: ellips, parobola va giperbola haqida tushuncha beriladi. YAsashga oid eng qiyin masalalardan biri berilgan uch aylanaga urunuvchi aylana yasash» uning nomi bilan «Apolloniy masalasi» deb ataladi. O’rta asr davrida, ya’ni keyingi ming yillardan ko’proq vaqt davomida Evropada grafik tasvirning yasalishi haqidagi fan rivojlanmay qoldi. Buyuk allomalar o’ldirildi, ilg’or o’q qilindi. (Keyinchalik grafik tasvirlash usulining rivojlanishi Uyg’onish davriga to’g’ri keldi).
Italiyalik olim san’at nazariyotchisi, musavvir va haykaltarosh Leon Batista Alberti (1401-1472) o’zining «Tasviriy san’at haqida» asarida katta ahamiyatga ega bo’lgan perspektivani to’r yordamida yasash masalasini birinchi marotaba ko’rsatib o’tadi.
Leonardo da Vinchining zamondoshi Venesiyalik monax Luka Pochiali (1445-) ning ham grafikaning rivojlanishiga qo’shgan hissasi beqiyosdir. Uning «Ilohiy mutanosiblik haqida» (1509) kitobida 59 ta rasmni illyustrasiya sifatida chizishda Leonarda da Vinchining modellaridan foydalangan. Bu kitobda Platon kartinalarining perspektivali tasvirlari berilgan bu modellarni Pochiali o’z qo’li bilan yasagan. U «Ilohiy mutanosiblik» ning 13 ta shakllarini keltiradi. Unda muntazam ko’pburchaklar va muntazam ko’pyoqlilardan foydalaniladi.
Italiyalik olim P’ero Dela Francheska (1416-1492) «Tasviriy san’atda qo’llaniladigan perspektiva haqida» risolasida birinchi marotaba perspektivaning asosini bayon etadi.
Perspektiv tasvirlarni yasash asoslari nazariyasining rivojlanishida va chizma geometriyaga tegishli bo’lgan boshqa masalalarni hal etishda mashhur musavvir va olim, muhandis Leonardo da Vinchi (1452-1519)ning hissasi katta bo’ldi. U atoqli rassom va olim bo’lib, texnika taraqqiyotining rolini oshirishga ham katta hissa qo’shadi. Leonardo da Vinchi chizgan rasmlar orasida murakkab mashinalar, uzatuvchi mexanizmlar, har xil asboblar, texnika detallari va boshqa chizmalarni uchratish mumkin. U ishlab chiqarishni mexanizasiyalashtirish ishlarida ish olib boradi va me’morchilik bilan ham shug’ullana boshlaydi. Leonardo da Vinchi deyarli hamma fanlar bilan shug’ullandi va bir qancha muhandislik va me’morchilik, gidravlik inshootlari va boshqalarning loyihalarini yaratdi. Leonardo da Vinchi asarlarida perspektiv tasvirlarni, xususan «Kuzatish» perspektivasining tatbiq etilishiga ko’p misollar keltiradi. U o’zining risolasida «Pespektiva tasviriy san’atining rolidir»- deb yozgan edi.
Albert Dyurer (1471-1527). Buyuk nemis rassomi va o’ymakori va geometrigi. U nafaqat zo’r geometrik, balki dunyoqarashlari keng bo’lgan o’zgacha bir insondir. Dyurer 2 ta asar yozgan: biri diskriditiv geometriyasidan «O’lchashni boshqarish» (sirkul va chizg’ich yordamida yasashlar) haqida, ikkinchisi esa «Mutanosiblik haqida to’rt kitob» nomi bilan ataladi (Inson tanasining mutanosibligi ko’zda tutiladi). Uning «Qo’llanma» degan asarida rasm solish asoslarining mukammal ishlanmalari, ko’pincha tekis va ba’zi fazoviy egri chiziqlarni yasashning grafik usullari bayon qilinishi bilan birga, narsalarning perspektivasini va soyasini, uning berilgan gorizontal va frontal proeksiyalari bo’yicha yasashning original usuli keltirilgan. U birinchi bo’lib, perspektiv apparatda tasvirni yasashda ko’rish nuqtasining qo’zg’almas ekanligini isbotladi. Shu bilan birga aksonometrik metodni boshlanishiga sabab bo’ladi. «Perspektiva kursi» da konus kesmasidagi (Ellips, parabola va giperbola)ni birinchi marotaba doira perspektivasi deb qaradi. Perspektiva yasashning perspektiva nazariyasini bilishni talab qilmaydigan eng oddiy usulini Albert Dyurer taklif qilgan, chiziqli, panoramali va qubbali perpektivalaridir. Mikelandjelo Buanarroti (1475-1561), Rafael Santi (1483-1520) va Bramante (1444-1514) ning xizmatlari kattadir. Ayniqsa, Mikelandjelo relefli perspektivaning, Rafael esa qubbali perspektivani rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar.
Vinolning (1507-1573) «Perspektiva yasashning ikki qoidasi» asari alohida qiziqish uyg’otadi. Unda narsaning ko’rinish sababi haqida gapirar ekan, u bunga sabab kuzatuvchining ko’zidan buyumga yo’nalgan nur bo’lmasdan, aksincha buyumdan ko’zga kelayotgan nurdir, degan fikrni bildiradi.
XVIII asrning o’rtalariga kelib grafik tasvirlarni yasash usullari haqida juda ko’p ma’lumotlar to’plandi. Biroq ma’lumotlar asosan etarli darajada nazariy asoslari bo’lmagan yasash qoidalaridan iborat bo’ldi. Nazariy perspektivaning asoschisi italiyalik olim Gvido Ubaldi (1545-1607) bo’ldi. U o’zining «Perspektivadan oltita kitob» (1600) asarida, u perspektivaning deyarli hamma asosiy masalalarini nazariy jihatdan etarli yozib berdi. Masalan, narsalar tekisligida yotuvchi buyumning perspektivasini yasash yoki teskarisi buyumning perspektiv tasviriga ko’ra uning haqiqiy shakli va o’lchamini aniqlash yo’llarini o’rgatdi.
Derandning «Gumbaz me’morchiligi yoki gumbaz kesimi va tashqi ko’rinish san’ati» (1643) asarida sirtlarning o’zaro kesishishi shaklning haqiqiy ko’rinishini aniqlash yoyilmasini yasash kabi masalalar yoritilgan.
Geometriya va u bilan bog’liq bo’lgan grafika tarixining ajoyib bosqichlaridan biri fransuz matematigi va arxitektori J.Dezarg (1593-1662) nomi bilan bog’liq. U rassomlarning perspektiva haqidagi tasvvuriga aniq matematik ma’no berishga qaror qiladi. U tekislikdagi oddiy chekli nuqtalarga qo’shimcha qilib cheksiz uzoqlashgan nuqtalarni qo’shishni va parallel to’g’ri chiziqlar ana shunday nuqtalarda kesishadi, deb faraz qilishni taklif qildi. Haqiqiy nuqtalardan farqlash uchun tekislikning yangi nuqtalarini cheksiz uzoqlashgan yoki xosmas nuqtalar deb ataladi. Bu nuqtalar orqali o’tgan to’g’ri chiziq gorizontal chizig’i vazifasini bajaradi. Rassomlar esa bu chiziqdan unumli foydalanadilar.
Fransuz muhandisi Freze (1882-1773) «Kesilgan toshlar va yog’och konstruksiyalar nazariyasi va amaliyoti yoki streometriya haqida risola» asari katta e’tiborga loyiqdir. Bunda muallif gorizontal va vertikal tekisliklarida parallel va to’g’ri burchakli proeksiyalardan foydalanadi.
Fransuz muhandisi matematik olim, davlat arbobi Gospar Monj (1748-1818) reja va fasadni birgalikda ishlatilganda insondagi geometrik kashfiyotchilikka doir tafakkur keskin rivojlantirib yuyuborish mumkinligiga alohida e’tibor berdi.
To’g’ri burchakli (ortogonal) proeksiyalar usuli G.Monjga qadar ham grafik ishlarda qo’llanilgan. Monj esa dunyodagi bir qator mamlakatlarda bu sohada orttirilgan ayrim qoida va chet el olimlarining fazoviy metrik masalalarni grafik usul bilan echish yutuqlarini umumlashtirib, har taraflama ishlab chiqdi va ilmiy jihatdan tizimga soldi. Chizma geometriya faniga bo’lgan talabni sezgan G.Monj birinchi marta klassik asarni 1799 yili «CHizma geometriya» (Geometrie descriptivi) nomi bilan yaratdi. O’sha davrdagi chizma geometriyani o’z tadqiqotlari bilan boyitgan olimlardan Vaynbrenner, Dyuken, Gashet, Bordon, Perez, Brisson, Myulenger, Gauss, Veybaklarni ko’rsatib o’tish lozim.
1822 yil fransuz geometrigi Jan Viktor Ponsele (1788-1887) «SHakllarning proektiv xususiyatlariga oid traktat» asarini chop ettirdi. Bu asar chizma geometriyani er sirtida geometrik o’lchashlarga bog’liq bo’lgan ilovasi bilan shug’ullanuvchi kishilarga foydali bo’lgan har qanday markaziy proeksiyalashda o’zgarmaydigan nisbatlar haqida batafsil ma’lumot bergan G.Monj va J. Ponselening ishlaridan so’ng proektiv geometriyada ham yangi davr boshlandi.
Yuqoridagi olimlardan tashqari grafika fanlarining rivojlanishiga bevosita hissa qo’shgan olimlardan fransuz muhandisi Kuraze (XIX asr), Berlin akademiyasi professori Karl Polke (1810-1878), gollandiyalik grafik-rassom Leauris Korpelis Esxer (1898-1871), skautez va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Markaziy Osiyo mintaqasida shahar va qishloqlarning paydo bo’lishi asrimizga qadar bir minginchi yillarning o’rtalariga to’g’ri kelsa, mahalliy uslubda me’morchilik va dekorativ ishlarning ayrim sohalari asrimizga qadar III asrga to’g’ri keladi. O’zbekiston hududida Surxondaryo va boshqa viloyatlarda o’tkazilgan arxeologik qazilmalar shuni ko’rsatadiki, asrimizdan avvalgi VII-V asrlarda Markaziy Osiyo bilan Eron Sosoniylari, Vizantiya, Hindiston va Xitoy o’rtasida vujudga kelgan iqtisodiy va madaniy aloqalar natijasida amaliy san’atning rivojlana borishi o’z o’rnida grafika taraqqiyotiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Simmetriya, geometrik shakllar bu davrda o’z ifodasini topa boshladi. Tasviriy va naqsh san’ati paydo bo’la boshladi. Ayniqsa, naqsh san’ati Xorazm, Sug’d, Baqtriya viloyatlarida IV-II asrlardan boshlab rivojlangan. Curxondaryo viloyatidagi Fayoztepa (I-II asrlarda), Dalvarzintepadagi topilgan naqsh qoldiqlari, Xorazmdagi Tuproqqal’a zallari monumental naqshlar bilan bezatilganligi bizlarga arxeologik qazilmalardan ma’lum. Xorazm vohasida me’morlik san’ati eramizdan avv. III asrda va eramizning III asrida ulkan yuksaklikka erishdi. SHu davrda Termiz madaniyati shuhrati dunyoga tarqaldi. Afrosiyob va Axsikent yangi eramizning III-VII asrlaridek tom ma’noda gullab yashnadi, tabiiyki, bu davrda o’yma naqshlarni tasvirlash usuli rivojlandi.
VII-IX asr o’rtalarida arablar istelosi va islom dinini qabul qiinishi natijasida jonli mavjudotlarni tasvirlash ma’n etildi. Ularning o’rniga naqqoshlik rivojlanib, naqshlar bilan unvonli yozuv (epigrafika) uslubi paydo bo’ldi.
XI asr oxirida Buxoro hukmdori Ismoil Somoniy davrida mustaqil feodal davlati tuzilib, fan, madaniyat, san’at va me’morchilik rivojlandi. Bular o’z o’rnida grafikaning rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi.
Grafikaviy geometrik shakllar, naqshlarning turli xillari tarkib topa boshladi. IX-X asrdan boshlab geometrik naqqoshlik rivojlandi, XI- XII asrlardan boshlab geometrik naqsh, ya’ni girix ko’plab qo’llana boshlandi. Buning guvohi Buxorodagi Ulug’bek, Ismoil Somoniy maqbaralari, Kalon minorasi, Samarqanddagi Shohizinda, Go’ri Amir maqbaralari, Ulug’bek, SHerdor, Tillakori madrasalari, Shahrisabzdagi Oq Saroy bezaklari va boshqalardir. O’sha zamon uchun girixni chizmachilik asboblari, matematika formulalari asosida ishlanishi katta ilmiy kashfiyot edi. Unday olimlar ichida alohida mavqega ega bo’lgan naqqoshlar va chizmakashlar ham bo’lib, ular grafikaning rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar. Me’morlar har bir inshootni qurishda o’ziga xos chizmalardan foydalanishgan. Ravoq boylash usuli, gumbaz qurish usuli, linga o’rnatish va boshqa usullarning avvalo chizmalari tayyorlangan. Xiyobon va chamanzorlarning tarixini ham tuzishgan.
Xalq ustalarni binolarni va rasmlar kolleksiyasini yig’ganlar. Bu usul bilan keyingi me’morlarga loyiha va naqsh yasash kaliti berilib, ularning keyingi rivojiga yo’l ochib berilgan.
Keyinchalik tasavvur qilish orqali simmetriya, muvozanat, mutanosiblik, uyg’unlik va chiziqning go’zalligi haqida tushunchalar paydo bo’la boshlagan. Me’morlar loyihalarni chizishda turli sharoitlarni hisobga olishgan. Masalan, Ibn Xoldun yaratgan me’morchilik chizmalariga asosan, uy-joylar qurila boshlangan. Temurning zamondoshi yirik olim Ibn Xoldunning fikricha, shaharlarni qurishda albatta uning sifatli puxta o’rganib chiqilgan chizmasi bo’lishi lozim.
Ma’lum hunar uchun zarur bo’lgan ilmlarning tarkibiy qismi sifatida chizmakashlik hunari avloddan avlodga o’tgan va takomillashib borgan.
Olimlar, chizmakashlar va me’morlar bevosita geometrik yasashlar va grafik tasvirlar bilan shug’ullanib, o’z fikr va g’oyalarini bayon qilishda ulardan foydalanganlar. Natijada yangi-yangi grafik tasvirlar vujudga kelib, takomillashib va rivojlanib borgan.
Saqlanib qolgan chizmalar ayrim yo’q bo’lib ketgan yodgorliklarni tasavvur qilishda, emirilgan binolarni tiklashda muhim rol o’ynaydi.
1957 yil Buxorodagi vayrona uylardan birining chordog’ida XV-XIX asrlarga oid bo’lgan qadimiy qo’lyozma hujjatlarining katta bir tuguni topilgan. O’zbekiston Fanlar akademiyasi sharqshunoslik oliygohida saklanayotgan bu kolleksiyada karta va chizmalar sonining o’zi o’ttizdan ortiq. Bu karta va chizmalar orasida qator madrasa va masjidlarning o’rog’liq qal’aga chizilgan reja, fasad va profillari, ularning shaharlarda egallagan o’rinlari, naqshlarni yasashga oid ustalarning xonaki chizma va rasmlari bor. Bundan tashqari Markaziy Osiyoning boy madaniy tarixi, turli davrlarda ishlangan tasvirlari, qisman irrigasiya, meliorasiya, transport ishlari sohasidagi yutuqlari ham grafikaning rivojlanish tarixini tasdiqlovchi materiallar bo’lib xizmat qiladi.
Markaziy Osiyo olimlari barcha fanlarning shu jumladan grafikaning rivojlanishiga ham yunon olimlaridan kam bo’lmagan darajada hissa qo’shganlar. Ana shu olimlardan biri Bog’doddagi Al-Ma’mun qurdirgan «Bayt ul-Hikma» (Donishmandlar uyi) deb atalmish fanlar akademiyasining prezidenti. Amerikalik, sharqshunos D.Sarton ta’riflaganidek, «Barcha zamonlarning buyuk matematiklaridan biri, algebra fanining asoschisi, astronomi o’zbek xalqining farzandi Muhammad al-Xorazmiydir (783-850)». U arifmetika, astronomiya, tarix, geografiya, tibbiyot va boshqa sohalarga doir asarlar yozdi. O’rta asr sharqida birinchi bor Sayyoralarning harakatini aniq hisoblab, zij matematik va astranomik jadvallarni tuzdi. SHu bilan birga Xorazmiy grafikaning rivojlanishiga beqiyos hissa qo’shdi. U o’zining matematikaga doir risolalarini formulalar yordamida emas, balki chizmalar yordamida talqin etdi.
U «Er surati» asaridagi xaritalarni o’zi chizdi va unga sharhlar yozdi. Xorazmiy yaratgan «Al-Jabr Al-Muqobala»dan er o’lchash, kanallar qazish va boshqa ishlarda foydalaniladi. U «Muqobil va algebrani hisoblash» nomli kitobida kub, parallelepiped, konus, piramida sirtlarini kvadrat va uchburchak asosida aniqlashni maslahat berdi.
Buyuk o’zbek astronomi, matematigi va geografi o’rta asr Evropa ilmiy adabiyotida Al’fraganus deb atalgan Abul Abbos Ahmad Farg’oniy (IX-asr), Bog’doddagi «Bayt-ul-hikmat» qoshidagi rasadxona olib borilgan kuzatuv ishlarida qatnashgan. Uning asarlarida juda ko’p chizmalar bo’lib, ulardan beri asturlab va markaziy proeksiyalash uskunasi (1.14. 1.15 - shakllar)
Qozog’istonlik buyuk qomuschi olim xalq orasida ikkinchi Aristotel deb atalgan Abu Nasr al-Farobiy (873-950) fanning deyarli hamma sohasi bo’yicha 180 dan ortiq risola yozgan va tadqiqotlar qilgan. Ularni ichida grafikaga bevosita aloqador bo’lgan geometriya, stereometriya, astronomiya, optika, mexanika, arxitektura va boshqa sohalar bo’yicha asarlari bor. Uning fikricha geometriya (ilm-al-Xandasa) hamma fanlar bilan uzviy bog’liq. Bu fikrlar ayniqsa, grafikaga ham taalluqli. (Farobiyning «Fanlarning kelib chiqishi va tasnifi» nomli asarining ikkinchi qismi grafikaga bevosita bog’liq bo’lgan qismida geometriya haqida, uchinchi qismida esa kuzatish haqidagi fan G’optikaG’ haqida ma’lumot berilgan. Hozirda uni chiziqli perspektiva deb o’rganishadi.
Farobiy arxitektura loyihasining asosini muhim geometrik yasash usullari tashkil etishni aniqlab, o’zining «Ma’naviy mohir usullari va geometrik shakllarning tabiiy nozik sirlari» kitobini yozadi. Unda turli geometrik shakllar-doira, uchburchak, to’rtburchak, kvadrat, kub, konus, silindr, prizma, sferalarni hamda parabola va boshqalarni yasash usullari ustida to’xtaladi. U o’zining «Kitob al-Xiyal ar-ruxoniyma va asror attabiiyya fida koik al-ashkal al-Xansiyya» nomli 10 kitobdan iborat asarida geometrik yasashning 130 ta masalalari turli variantlarda keltirilgan va ularni echishning eng oson yo’lari ko’rsatilgan.
Farobiy moddiylikning xarakterli xususiyati va belgisi deb uchta o’lchovni – bo’yi, eni va chuqurligini hisoblaydi
Farobiyning o’zi ham me’morchilikdan yaxshi xabardor bo’lganligi sababli uning «Ilm-al-Xiyal» asari amaliy san’atini shu jumladan, arxitekturaning ham o’z ichiga oluvchi juda keng ma’noga ega. SHunga ko’ra al-Farobiy yozadiki: «Ko’p sonli geometrik mohir usullar borki, ular orasida rayisa - al-bina, ya’ni bino va inshootlarning loyihasini tuzish orqali qurilishga rahbarlik qilish san’ati yotadi». Farobiyning «Fazilatli madaniyat (shahar) ahli» nomli kitobida shaharning tarkib topishi haqida fikr yuritiladi.
Fozil shaharni sog’lom tanga o’xshatadi, insonlarni yashash uchun ideal sharoit yaratishini orzu etadi. Uning arxitektura haqidagi tadqiqot va fikrlari SHarq arxitekturasi shu jumladan, Markaziy Osiyo arxitekturasi tadqiqotida muhim rol o’ynaydi. Bundan tashqari u, Evklidnipg «Negizlar»iga, Ptolomeyning «Almagest» asariga sharhlar yozgan. Uning asarlari, tadqiqotlari grafikani rivojlanishiga bevosita muhim ta’sir ko’rsatadi. Grafikaning rivojlanishiga bevosita o’z hissasipi qo’shgan buyuk olimlardan yana biri Xurosonlik matematik Abul Vafo Muhammad ibn YAhyo ibn Abbos al Buzjoniy (940-998) dir. U avvalo qadimgi yunon olimlarining asarlarini tarjima qilish bilan shug’ullanadi. Uning kashf etgan ilmiy asarlari matematika va grafika fanini yanada rivojlantirshda muhim rol o’ynaydi. Uning asarlarida chizmachilikning nazariy asarlari asoslari berilgan. Uning «Hunarmandlar uchun geometrik handasaviy yasashlari haqidagi» 13 bobdan iborat risolasi «CHizg’ich», «Sirkul va uchburchaklik haqida» nomli boblar boshlangan. Unda shu asboblar va ularni yasash to’g’risida keng ma’lumotlar berilgan. Ushbu asarning mazmuni asosan geometrik yasashlarga bag’ishladi.
Abyl Vafo Buzjoniy ham Al-Farobiy kabi yonuvchi oynaklarga tegishli bo’lgan

Ilmiy texnik taraqqiyoti insoniyat faoliyatining hamma soxalarining usib kelayotgan yosh avlod idrok qilish, infarmatsiyani qabul qilib uni qayta ishlab, grafikaviy vositalar bilan o’zatish kobiliyatiga ega bo’lishiga katta talablar qo’yilmoqda. Shuning uchun ham o’quvchilardagi asosiy grafik bilimlar va malakalarning shakllanish samaradorligini o’rganish g’oyat muxim masalalardan biridir.


O’quvchilarda grafikaviy bilim, malaka va o’quvlarni tarkib toptirish va maktabda o’quvchilarning grafikaviy tayyorgarlik istiqbollari bilan bog’liq, masalani ilmiy asoslash ob’ektiv haqiqatning muhim xususiyatlarini hisobga olishini talab qiladi.
Odatda har qanday predmet faoliyatining xususiyatiga inson faoliyatining mazmuniga muxim o’zgartirishlar kiritmoqda.
Ishlab chiqarish funksiyalarining ko’pchilik qismining mashinalarga yuklanishi natijasida mehnat jarayoninining ijrochilik qismlarini tashkil etuvchi harakatlantiruvchi operatsiyalar birmuncha soddalashib bormoqda. Shu munosabat bilan turli infarmatsiyalarni yfigd qilish ularni fikran o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan aqliy operatsiyaning salmog’i ortib bormoqda.
Hozirgi zamon ishlab chikarish sharoyitida inson mehnatining harakterli xususiyatlaridan biri, uning texnik ob’ektib va texnalogik jarayonlarni boshqarishdagi vositachiligi bilan ifodalanmokda. Ishlab chikarishning kator tarmoklarida insonning muloqoti real ob’ektlar bilan bulmay, real utib boradi hotira va jarayonlarning urnini bosuvchi sxemalashtirilgan boshqaruv pultlari bilan olib boriladi.
Inson mashinalar, mexanizmlar va texnalogik jarayonlarning modellari bilan ish ko’rganda boshqaruvchi va ko’zatuvchi ob’ektlar haqida ko’proq infarmatsiyalar olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Agar jamiyat ishlab chiqarish kurslari rivojlanishining muayyan bosqichlarida insonning grafikaviy savodi ob’ektlarning obrazli grafikaviy modellari bilan ish ko’rish o’quvlari bilan bahlolangan bulsa, hozirgi vaqtga kelib, fazoviy va boshqa masalalarning yechish usulini prinsipial ravishda o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan ob’ektlarning abstrakt simvolik shakldagi modellari bilan ish ko’rish o’quviga ustunlik berilmoqda.
Hozirgi zamon moddiy ishlab chiqarish sharoitida, infarmatsiya vositalarining sastavi va belgili tarkibini sifat jihatdan o’zgartirish ehtiyoji sezilmokda. Bu masalani yechish bilan bog’lik soddalashtirish sistemaning ikki yuli aniqlanmoqda.
Birinchisi - shunday sistema yaratish kerakki, tanlangan belgilari shakli tasvirlanadigan ob’ektning xususiyat va munosabatlarining maksimal ravishda aks etrirish kerak. Ammo kupchilik hollarda bunga kiyinchilik bilan erishish mumkin.
Ikkinchisi – yo’l esa boshqaruvchi ob’ektlarning xarflar, raqamlar va boshqa shartli belgilar vositasida ularning real xususiyat va munosabatlarni hech bir eslatmaydigan tarzda tasvirlayotgan g'oya bilan bog'liqdir. Bu tendensiyi texnalogik hujjatlarni rasmiylash bilan bog’liq bulgan chizmachilik fanida qayta ko’rinmoqda va xalqaro mashtabda sistemali ravishda takommilllashtirilgan. Ko’pchilik kattalashtirish, soddalashtirish va shartli belgilar konstruktorlik hujjatlarda o’z aksini topmoqda, ayrimlar yaqin vaqtlarda joriy qilish rejalashtirilmoqda.
Ayrim ixtisoslashtirilgan sanoat tarmoklarida ( elektron radio texnik, asbobsozlik va boshqalar ) Tipavoy dettalar, asboblar, o’zenlar va shunga o’xshashlar chizmalarni narmallashtirish soddalashtirish soxasida bir nechta kadamlar ko’yilmoqda.
Texnalogik hujjatlar soxasida tipavoy texnalogik operatsiyalarning tasvirlarini shartli reflekslar bilan almashtirish g’oyalari oldinga surilmokda shunday qilib, tasvirlarda uning xususiyatlari bilan fark kiladigan kup sonli real ob’ektlarning tula aks ettirishga yordam beradigan va ularga universal moxiyat kasb etadigan sxemalashtirish va furmalashtirish tendensiyali kuchaymoqda.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan fan va texnalogiyaning jadal o’sishi bilan bog’liq chizmachilik fanining rivojlanishini ob’ektiv tendensiyani o’quvchilarni grafikaviy tayyorgarlik jarayonida o’z aksini topmog’i lozim.
Shunday ekan yukorida aytib utilgan ob’ektiv hakikatni kuyidagi xulosalarni chikarish mumkun.
Birinchidan, O’zbekistonda ta’lim rivojlanishni yangi boskichida utmokda. Shu munosabat bilan maktabda grafikaviy tayyorgarlik kuchaytirilgan talabni qo’yish talab etiladi. Bu xozirgi kunimiz uchun eng zarurdir.
Ikkinchidan, kishilarning obrazi tafakkuri va fazoviy tasavvurini rivojlantirishga karatilgan talablar o’zluksiz ravishda usib bormokda.
Umumiy va kasb-hunar ta’limining rivojlantirish orasida o’quv-tarbiya jarayonining sifatini oshirish muommolari muxim bulgan vazifadan biridir.
Bu yo’nalishdagi izlanishlarni zarurligi, birinchidan, hozirgi zamon darsiga, ukutuvchilarning ilmiy-metodik tayyorgarligiga bulgan talabni ortib borayotganidan bo’lsa, ikkinchida, so’ngi yillarda pedagogika fani erishgan yangiliklarni didaktik, nuktai nazardan o’qutuvchilarning baholay olishga bo’lgan talabning ortib borishidir.
Ma’lumki, umumiy ta’lim maktablarida mehnat va politexnika ta’limini to’la-to’kis amalgam oshirishi o’quvchilarni grafik savodxonligini oshirish shuning uchun zarurli, ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida insonning predmat va ob’ektlarning real hususiyatlariga ko’ra abstraksiyalashning xar hil darajadagi grafikadagi modellar bilan ish ko’rish qobiliyatga bulgan talablar kun sayin o’sib bormoqda.
Shuning uchun ham keyingi yillarda “inson va texnika” sistemasida psixologlaring tafakkur jarayoniga pedagog va metodislarning ta’lim jarayonida infarmatsiyaning grafikaviy vositalardan foydalaniishning usul-uslublarini shakllantirish manosiga kizikishi ortmokda.
O’quvchilaring mexnat politexnika tayyorgarligida chizmachilikning ruli shundan iboratki, grafikaviy faoliyat o’zining sinfikaviy hususiyatga ko’ra chizmalarni o’qish va bajarish soxasidagi bilimlar va o’quvlar sistemasi bilan texnikaga taluqli sistemalashgan bilimlarni uyg’unlashtirilishi bilan xarakterlanadi.
Chizmachilik kursidagi o’quv materialining mazmuni o’quvchilarada texnikasini o’zlashtirishga, ishlab chikarishda texnikaviy ob’ektlar ilan mulokotda bulishga karatilgan.
Chizmalar infarmatsiyalarning shunday sifetsifikit vositalardan birikib, ularsiz fanda, ishlab chikarishda va turmushda insonni kamrab olingan mashinalar, asoblar, inshoatlar, kup sonli texnikaviy yp’nalishlarni bilib olish va ulrning to’zilishini modellashtirib bo’lmaydi.
Keyingi yillarda chizmachilik metodikasi takommillashtirib bormoqda. Shunga ura o’qitish jarayonida nazariy asoslangan va ta’limning kup yillik amaliyotida sinalgan metodik yo’l-yo’riqlariga amal qilish lozim.
Bularning eng asosiysi tug’ri burchakli proeksiyalash bilan aksonometrik proeksiyalashning paralel o’rganish, giometrik proeksion va texikaviy chizmachilikning bir butunligini tug’ri anglashdan iborat.
O’qitish jarayonida o’quvchilarning tafakkurini rivojlantirish soxasida xozirgi vaqtgacha qilinayotgan ishlarni yanada takommillashtirish lozim. Bu-bolalarni faqat bilimlar sistemasi bilan qurollantiribgina kolmay, balki ularda fikrlash faoliyatining turli grafikaviy masalalarni yechish bilan bog’liq bo’lgan usullarni shakllantirish ham kerak degan so’zdir.
Chizmachilikda va pedagogik psixalogiyada o’quv ishlarining eng yaxshi usullarini tanlashga katta axamiyat berilmoqda. Ayniqsa ta’lim jarayoniga o’quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirilyotgan kiritish metodikaning diqqat markazida vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda.
Shu nuqtai nazardan turib, o’tirb ko’rilsa o’quv adakbiyotlari, didaktik materiallar bo’yicha o’tkazilgan tazlil natijasida grafikaviy mashklar o’quvchilarni bilish faoliyatining aktivligiga turlicha ta’sir qilishni kursatdi. Hamma o’quv mashqlarini shartli ravishda uchta gruppaga bo’lish mumkin. Ular reproduktiv yoki turli darajadagi aktiv fikrlash faoliyati bilan bog’liq bo’lishi mumkun.
Birinchi gruppaga chizmani mashtab bo’yicha o’zgartirib yoki o’zgartirmay tasvirlash mashqlarini kiritish mumkun. Bu mashklar tafakkurni rivojlantirishga ham foyda keltiradi.
Ikkinchi gruppaga o’quvchilarning tafakkuri rivojlantirishga yordam beradigan chizmalari o’qish tavsif bo’yicha tasirlash yasash, chizmalarni solishtirish kabi yachimi grafikaviy va amaliy faoliyat talab kiladigan mashqlarni kiritish mumkun.
Uchunchi gruppaga fazoviy tasavvurning dinamik ravishda rivojlantirishga yordam beradigan yechimi ikki va undan ortiq almashtirishlar bilan bog’liq mashqlarni kiritishi mumkin.
Tadqiqotlar grafikaviy va amaliy ishlar fikrlash aktivligiga turlicha ta'sir qilishini isbotladi va ko’p planli grafikaviy masalalarni bajarish jarayonida o’quvchilarning potensial qobiliyatlari aniqlanadi. Shunga ko’ra ta’lim jarayoniga kiritiladigan grafikaviy va amaliy mashklashning mazmunini takkoslash unumli bilan chizmalarni o’qish, tasvir bo’yicha tasvir chizish, chizmani yetishmovchi chiziq yoki ko’rinishlarni to’ldirish kabi mashqlar bilan boyitish kerak.
Tarbiyaviy bu mashklar o’quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantiradi va ular chizmachilik kursining dastur materiallarini o’zlashtirish mustahkamlashtirshda muhim ahamiyatga egadir.
Ammo keyingi vaqtlardagi muhim yo’nalishlar o’quvchilarning dinamikaviy fazoviy tasavvurini rivojlantirishga karatilmokda. Shunga kura o’quvchilarning grafik faoliyati o’quvchilar fazoviy tasavvurini ko’zg’luvchanligi, mantikiy va ubrazli tafakkurini rivojlantirish kabi hozirgi zamon ishlab chikarish uchun zarur bolgan yaratuvchanlik faoliyatini tarkib toptirishga xos bulgan vazifalarga tayangan bulishi kerak.
O’quvchilarning grafik tayyorgarlik jarayoniga almashtirishlarning turli xillarini, jumladan, predmetlarning shakli, fazoviy xolati, ularning proeksiyalash metodlari o’zgartirish va tasvirlash usullarini keng ko’lamda joriy qilish o’zining
faoliyat harakteri bo’yicha o’quvchilardan aktiv fikrlash talab qiladigan vaziyatlarni yechish bilan bog’lik o’quv faoliyati o’xshashdir.
Muntazam olti yokli prizma proeksiyalarni yasash, uning bir garizontal proeksiyasi bo’lgan muntazam olti burchakli yasashdan boshlanadi. Shu olti burchak yoklardan vertical bog’lash chiziqlar utkaziladiva prizma pastki asosining frontal proeksiyasi yasaladi bu proeksiya gorizantal tog’ri chiziq kesmani ko’rinishda tasvirlanadi bu to’g’ri chiziqda yuqoriga prizmaning balandligi o’lchab ko’yiladi va ostki asosining frontal proeksiyasi chiziladi. Sungra kirralarining frontal proeksiyalari yani proeksiya balandligiga teng tug’ri chiziq kesmalari chiziladi. Pirizma oldidagi va orqasidagi qirralarining frontal proeksiyalari ustma-ust tushib qoladi.
Yonyoklarning gorizantal tug’ri chiziq kesmalari kurinishda tasvirlandi. Urtadagi yon yog’i v tegishlilika haqiqiy kattalikdagi W tegishlilikka esa tug’ri chiziq ko’rinishda proeksiyalanadi.
Qolgan yoqlarni frontal va frofil proeksiyalari o’zgarib proeksiyalanadi. Proeksiyalar tekisliklariga og’ma joylashgan prizmaning ikki proeksiyasini yasash bir muncha murakkabdir. Olti yoqli og’ma pirizmaning H tekislikka nisbatan ikkita hilma-hil vaziyatdagi to’g’ri burchaklik proeksiyalarni yasash tarkibini ko’rib chiqamiz.

  1. Asosan H tekislikda yotgan prizma shu tekislikka 2 burchak ostiga og’ma joylashgan.

  2. Muntazaam olti yokli pirizma H tekislikdan L burchak ostida joylashgan.

  3. Pirizma asosan H tekislikda I burchak ostida og’madir.

    1. CHizmalarning axamiyati tarixi, ishlab chiqarishdagi va ularning vazifalari;

    2. CHizmalarni taxt qilish qoidalari, chizma qog’ozlar, o’lcham va farmatlar, asosiy yozuv va xoshiyalar;

    3. Kichaytirish va kattalashtirish masshtablari;

    4. CHizma bajarishda asosiy yug’on tutash chizik, ingichka tutash chiziq, to’lqinsimon tutash chiziq, shitrix chiziq xamda ingichka shitrix – punktir chiziqlarning ko’llanilishi va ularning vazifalari;

    5. Markaziy va parallel proektsiyalash;

    6. Oktant va epiyur xaqidagi umumiy tushunchalar;

    7. Asosiy ko’rinishlar va ularni joylashtirish tartibi;

    8. Bosh va zaruriy ko’rinishlar sonini aniqlash;

    9. Aksonumetrik proeksiyalarni xosil qilish va ularning turlari;

    10. CHizmalarni qirqish tarib koidalari ;

    11. CHizma asboblardan unumli foydalanish;

    12. Standart chizma shriftlarini yoza olish;

    13. Tutashmalarni bajara olish;

    14. Sirkul va lekalu yordamida egri chiziqlarni bajara olish;

    15. CHizmalarni o’qiy olish;

    16. Murakkab bo’lmagan modelning ikki ko’rinishiga asosan uning fozoviy shaklini tasavvur qila olish va uchinchi ko’rinishni yasay olish;

    17. Standart tug’ri burchakli izometrik va qiyshik burchakli dimetrik proektsiyalarni bajara olish;

    18. Ma’lumotnoma adabiyotlardan foydalana bilish ko’nikma va malakalariga ega bo’lish.

Kasb- hunar kollejlarida chizmachilik ta’limi rivojlanib borayotgan mustakil davlatimiz valk xujaligining barcha tarmoklarida yangi texnalogiyaning yaratilishi va joriy kilinishida zamonaviy ishlab chikarish, fantexnika tarakkiyotining jadallashtirishida xamda insin amaliy faoliyatida tutgan urni bilan belgilanadi.


Kasb- hunar kollejlarida chizmachilik kursi ta’limning umumiy maksadlarini amalgam oshirishga xizmat kilib, o’quvchilarning tabiat va texnikani kurgazmali idrok etishiga predmetlarning to’zilishini va fazoviy munosabatlarini chukarrok bilishiga, ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan jarayonlar va xodisalar sinchiklab o’rganishga yordam beradi.
Shuningdek chizmalarni o’qish va bajarish orqali bolalarning fazoviy tasavvuri va mantikiy tafakkkurini texnikaviy ijod bunyodkorlik loyixalash kabi sifatlarini rivojlantiradi.
Kasb –hunar kollejlarida chizmachilik ta’limining maqsadi o’quvchilarni murakkab bo’lmagan texni chizmalarni bajarishga, o’qishga va o’z fikrini grafik tasvirlar vositasida ifoda etishga urganishdan iborat.
O’quvchilarda chizmalarni taxt qilish qoidalarini va chizma asboblaridan o’z o’rnida foydalanish malaka va ko’nikmasini xosil qilish.
Bolalar ish urnini to’g’ri tashkil etish intizom va ijtimoiy mulkni asrab avaylash abi vaziyatlarni tarbiyalash.
Geometrik yasashlar sirkul va lekalo yordamida bajariladigan egri chiziqlar bo’yicha xosil qilish.
Chizmalar tarkibini taxlil qilish va o’qish malakalarini xosil qilish.
Bolalarning fazoviy tasavvuri xamda grafik tafakkurini rivojlantirish.
Chizmalarda kesish qirqim shartliklar va soddalashtirishlardan foydalana olishga ugatish.
Grafik redaktor yordamida oddiy chizmalar yasash ko’nikmalarni shakllantirish.
Ajraladilgan va ajralmaydigan birikmalar yig’ish chizmalari bo’yicha umumiy tushuncha berish.
Qurilish va sxema chizmalarning asoslari bilan tanishtirish Ma’lumotnoma adabiyotlardan foydalana bilishga urgatish.
Mazkur standart o’quvchilarga beriladigan bilim kunikma va makalarning meyorini beigilaydi. Mazkur ta’lim standarti chizmazhilik oldiga qo’yilgan vazifakarni bajarishni ta’minlash va nazorat qilishni amalgam oshiradi. O’quvchilarning grafik tayyorgarlik darajasiga kuyilgan talablar majmuasini belgilab beradi.
Chizmachilik qursining mazmuni ilmiy fanlar “ Chizma geometriya ” va “Muxandislik grafikasi ” bilan aniqlanadi.
Kasb- hunar kollejlarida chizmachilik kursining mazmuni didaktika prinsiplaridan kelib chikib, chizmalarni o’qish va bajarish bo’yicha standartlashtirilgan.
Grafik va amaliy ishlar mazmunini chizmalarni o’qishga xamda ta’lim jarayonida loyixalash masalalaridan foydalanilgan xolda xalkaro standartlarda qabul kilingan shartlilik va simvolik belgilab muvofiklashtirishga yunaltirish.
Kollej chizmachilik ta’limi mazmuniga ajratilgan tasvirlash metodiga tegishli chizmalarni tanlashda materiallarni texnik va amaliy moxiyati, xayotda qo’llanish ko’lami kengligi xal qiluvchi ro’l o’ynashini e’tiborga olish.
Bunday tasvirlash metodi chizmachilikda asosiy xisoblangan to’g’ri burchakli proeksiyalash va aksonometrik proeksiyalar metodidir. Bulardan tashqari, bolalartasvirlarni almashtirish texnalogik, arxitektura qurilish va sxaema chizmalarning asoslari bilan tasvirlashadi.
Chizmachilik ta’limi mazmunini to’zishda politexnik ta’lim vazifalari, durdash predmetlari va mexnat tayyorgarligi talablarini xisobga olish.
“Politexnik ta’lim” tushunchasini kuyidagicha izoxlash mumkun.
O’quvchilarga faqat politexnik bilim va makalar beradigan aloxida o’quv predmeti yo’q. Oquvchi umumta’lim maktabdagi barcha ta’lim-tarbiya vositalari, ayniqsa grafik ta’lim orqali politexnik ma’lumotga ega bo’ladi. Ta’limdagi politexnik prinsip o’quvchilarni o’quv va mexnat faoliyati ob’ektlarning politexnik mazmuni xamda uning o’qituvchi tomonidan ochib berilishi va o’quvchilarning qabul qilish tizimlarini ifodalaydi.
Grafik ta’lim mazminida bolalarni xar tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash uchun.
O’zbekistonning mustaqillik davri prinsiplaridan biri bo'lgan ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy-nazariy meroslardan faxrlanish tuyg’ularini tarkib toptirishdan iborat.
Binobarin, fan va madaniyatning mumtoz namoyondalari koldirgan ilmiy-nazariy meros bugungi va kelgusi avlod tafakkur doirasini kengaytirish bevosita yordam beradi. Yuqorida ku]o’rsatib o’tilgan asosiy prinsiplardan tashqari quyidagi shart-sharoitlarga:
- xozirgi zamon fan texnikasi, ishlab chiqarish taraqqiyoti vazifalari bilan o’zviy bog'langan asosiy o’ynalishlarni o’zida aks ettira oladigan bilimlar kunikmalar va malakalar tizimi:
- o’quv materiyalari rivojlangan xorijiy mamlakatlar grafik ta’lim mazmuni tajribalariga munosibligi:
-o’quv predmetini anglash uchun tanlangan mazmuni belgilangan vakt doirasiga sig’ishi:
Grafik ta’lim mazmuning xozirgi va istikboldagi maktablar moddiy-texnika xamda didaktik vosita imkoniyatlariga mos kelishiga amal kilinishi lozim.
Grafik ta’lim xajmining majburiy minimal urta ta’lim maktablarida o’quvchilarga beri8lishi zarur bulgan ta’lim mazmuni mininumini ifodalaydi.
Kasb- hunar kollejlarida grafik ta’limini belgilashda bitiruvchilar texnikaviy grafikning asoslaridan standart doirasida amaliy va nazariy ko’nikmalarga ega bo’lishlari nazarda tutiladi:
- chizmalarni taxt qilish koidalari:
- chizmalik shriftlari:
- geometrik yasashlar:
- proyeksiyalash usullari:
- kesim va qirqimlar chizmalarda shartlilik, soddalashtirishlar:
- texnik rasmlar va eskizlar:
- loyixalash elementlari bo;lgan ijodiy grafik masalalar:
- grafik redaktor yordamida oddiy chizmalar yasash:
- mashinasozlik chizmalarsxrmalar:
- qurilish chizmalari:
Chizma buyumlar, asboblar va o’quv qurollari.
Ish o’rnini tashkil etish. Chizmalarni taxt qilishga qo’yilgan talablar. Chizma kog’ozlarning o’lchamlari, bichinlar uning xoshiyasi va asosiy yozuvi. Mashtablar. Chiziq turlari. O’lcham qo’yish qoidalari.

Download 95.92 Kb.
1   2   3   4   5




Download 95.92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chizmachilik fanining maqsad va vazifalari

Download 95.92 Kb.