O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta




Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana10.05.2022
Hajmi0.67 Mb.
#20836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
1-mavzu
UZGTL-HDC-INS-41-72-0-0004 Instrument Connection Diagram, Sumobot roboti dasturi, O’zbekiston Dorivor o’simliklarining xom ashyo bazasi2, 2 5287366133085643049, 6-7modul, 33148, Optik teodolitda gorizontal burchak oʻlchash usullari, MTT LARDA MUSIQA MASHG, Iqtisodiy tahdidlar, stat 1 amaliy, Elektronika va sxemalar 2 fani, mazmuni va usullari hozir org, 5 Тестлар
Axborot texnologiyasi — bu ahboriy ma’lumotni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi 
ko’rinishga keltirish, axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan 
foydalanish jarayonidir. 
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini qondiradigan yangi 
mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir 
ishni bajarishi uchun zarur bo’lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror Qabul qilishi kerak bo’lgan 
yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Turli texnologiyalarni qo’llab, bitta moddiy resurslardan 
turli mahsulotlar olish mumkin. Huddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan ham aytish 
mumkin. Misol: matematikadan nazorat ishini bajarganda har bir o’quvchi boshlang’ich axborotni 
qayta ishlash uchun o’zining bilimini qo’llaydi. Masalaning echimi bo’lgan yangi axborot 
mahsuloti, o’quvchi tanlay olgan masalani echish texnologiyasi, usuliga bog’lik. 
Moddiy ishlab chiqarishda turli mahsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va boshqalar ishlatiladi. 
Axborot texnologiyalari uchun ham uzining «uskunalari», vositalari mavjud. Bo’lar kseroks, 
telefaks, faks, skaner va boshqa vositalardir. Bu vositalar orqali axborotga ishlov berilib, 
o’zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari 
keng qo’llanilmokda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining 
qo’llanishiga urg’u berish maqsadida ko’pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya haqida 
gapirishadi. 
Axborot texnologiyasi o’zi uchun asosiy muhit bo’lgan axborot tizimlari bilan bevosita 
bog’likdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo’lgan ma’lumotlar ustida 
bajariladigan turli hil murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat 
bo’lgan tartiblashtirilgan jarayondir. 
Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika hodisasi bo’lmasdan, iqtisodiy rivojlanishning 
muhim omiliga aylanmoqda. Axborot bilan qamrab olinmagan biror muhim ho’jalik sektorini 
(ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya sohasi, savdo) misol keltirish qiyin. Ayni paytda 
kompyuterlar va aloqa vositalari asosida axborotni to’plash, saqlash va taqdim etishning zamonaviy 
usullari, yangi axborot texnologiyalari va hizmatlarni sotish (tarqatish) maqsadlarida ishlab 
chiqarish mustaqil tarmoq sifatida shakllandi va ajralib chikdi. Shunday qilib, halq ho’jaligini 
axborotlashtirish kelgusiga yorib o’tish demakdir.
Axborot texnologiyalari, shu jumladan, kompyuterlar keng qo’llanilib kelayotgan ayrim 
sohalarni ko’rib chiqamiz. 
O’quv muassasalarida axborot texnologiyalarining ahamiyati juda kattadir. Bizning tibbiyot 
kollejimizda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart tizimga nisbatan o’quv 
jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o’stiradi, bilim 
berishga differentsial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni 
engillashtiradi. Talabani o’quv jarayonining sub’ektiga aylantiradi.
Robototexnika sohasi 
Ma’lumki, «robot» suzi bizning tilimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan. Birinchi bor bu 
so’zni oltmish yil oldin taniqli cheh fantast yozuvchisi karel chepek ishlatgan. Ammo «mehanik 
odamlar» undan oldinrok ham ma’lum edi. Urta asrlarda inson iste’dodlariga ega bo’lgan 
musiqachi-kug’irchok yoki rassom-kug’irchoqlar paydo bo’lganligi ma’lum. 
Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni og’ir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar 
paydo bo’ldi.
Ular garchi odam qiyofasida bo’lmasa-da, ko’plab funktsiyalarni (ishlarni) bajara oladilar. 
Masalan, uzdaewoo avto uzbekiston — koreya kushma avtomobil’ korhonasida turli ishlarni 
bajaradigan robotlar keng qo’llanilmokda. 
Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, po’lat qo’yish tsehlarida, himiyaviy 
laboratoriyalarda, qurilishda keng qo’llanilmokda. Robotlarni yaratish bilan shug’o’llanadigan 
texnikaning mahsus shohobchasi — robototexnika paydo bo’ldi. 
Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir. Manipulyatorlar — o’ta sezgir va 
kuchli mehanik qo’ldir. 


O’QUV MATERIALLAR 
11 
Robotlarni kompyuter boshqarib turadi, ya’ni kompyuter robotning «miyasi»dir, ular 
telekameralar orqali «ko’rib», mikrofonlar yordamida «eshitadilar», ya’ni axborot Qabul qiladilar. 
Mahsus datchiklar «sezgi» organi vazifasini utaydi. 

Download 0.67 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish