• 5. Kompyuter tizimlari texnik vositalarini yaratishning asosiy yo/nalishlari va rivojlanishning zamonaviy tendentsiyalari.
  • O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta




    Download 0.67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/14
    Sana10.05.2022
    Hajmi0.67 Mb.
    #20836
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
    Bog'liq
    1-mavzu
    UZGTL-HDC-INS-41-72-0-0004 Instrument Connection Diagram, Sumobot roboti dasturi, O’zbekiston Dorivor o’simliklarining xom ashyo bazasi2, 2 5287366133085643049, 6-7modul, 33148, Optik teodolitda gorizontal burchak oʻlchash usullari, MTT LARDA MUSIQA MASHG, Iqtisodiy tahdidlar, stat 1 amaliy, Elektronika va sxemalar 2 fani, mazmuni va usullari hozir org, 5 Тестлар
    Ishlab chiqarish sohasi 
    Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar qo’llanilib kelmokda. Kompyuterlar 
    ko’pgina texnologik jarayonlarni boshqarmoqda. Ular yordamida yangi mahsulotning chizmasini 
    yaratishdan toki tayyor mahsulot bo’lib chiqqunga qadar bo’lgan barcha jarayonlarni 
    avtomatlashtirish mumkin. 
    Mahsulot shaklini konstruktor kompyuter ekranida chizib, tegishli uzgartirishlar yasab, kog’ozga 
    chop etishi mumkin.
    Mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-
    harajatlarni hisob-kitob qilishda va boshqa ishlarni bajarishda ham kompyuter beg’araz 
    yordamchidir. 
    Mahsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga 
    etkaziladi. U erda axborotni Qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida 
    mahsulotni yig’a boshlaydi. Tayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga 
    jo’natiladi. 
    5. Kompyuter tizimlari texnik vositalarini yaratishning asosiy yo/nalishlari va rivojlanishning 
    zamonaviy tendentsiyalari.
    Jamiyatni axborotlashtirishning eng asosiy mezoni bu axborot tuzilmalarini yaratish 
    hisoblanadi. Kompyuter tizimlari axborot tuzilmalarining asosidir.
    Tizim – «sistema» deganda , yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida ham yahlit, ham o’zaro 
    bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatuvchi elementlar (ob’ektlar), majmuasi tushuniladi. Demak, har 
    qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo’lida hizmat qiladi. 
    Texnologiya suzi grekchadan tarjima qilinganda san’at, ustalik, malaka ma’nosini anglatadi. 
    Texnologiya – bu sun’iy ob’ektlarni yaratishga yo’naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. 
    Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda nimani tushunishimizni 
    aniqlab olaylik. Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yulida bir vaqtning o’zida ham yahlit, 
    ham o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatuvchi elementlar (ob’ektlar) majmuasi tushuniladi. 
    Demak, har qanday tizim biror-bir anik maqsad yo’lida hizmat qiladi. Masalan, sizga ma’lum 
    bo’lgan shahar telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak qon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar 
    sun’iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo’la oladi. Ularning har biri tizimga quyiladigan barcha 
    shartlarga javob beradi, ya’ni, har biri o’ziga hos yagona maqsad yo’lida faoliyat ko’rsatadi va 
    tizimni tashkil etuvchi elementlardan iborat. 
    Quyidagi jadvalda elementlari va asosiy maqsadi ko’rsatilgan holda tizimlarga yana bir nechta 
    misollar keltirilgan. 


    O’QUV MATERIALLAR 
    12 
    1.1-rasm. Tizim turlari. 
    Informatikada «tizim» tushunchasi ko’prok texnik vositalar, asosan, kompyuterlar va murakkab 
    ob’ektlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi. «tizim» tushunchasiga «axborot» so’zining qo’shilishi 
    uning belgilangan funktsiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi. 
    Tizim aslida bu yagona bir butunlikni tashkil qiluvchi o’zaro bog’liq va o’zaro hamkorlikdagi 
    elementlar, qismlar majmuidir. Tuzilma – bu tizimning tarkibiy qismlariga bo’linishda namoyon 
    bo’ladigan, uning yaxlitligi, faoliyat yuritishi, harakatini ta’minlovchi, o’zaro belgilangan 
    joylashishi va ular orasidagi aloqasining qulishi, tashkil qilinishidir. 
    Kompyuter tizimi – ma’lumotlarni kiritish va chiqarish, ishlov berish hamda xotirada 
    saqlashga xizmat qiluvchi texnik vositalar majmuasidir. 
    Kompyuter asosiy va qo’shimcha qurilmalardan tashkil topgan bo’lib, asosiy qurilmalarga
    quyidagilar kiradi (1.1-rasm): 
    1.2-rasm (1.Tizimli blok; 2.Monitor; 3.Klaviatura; 4.Sichqoncha). 
    Kompyuterning samaradorligini belgilovchi asosiy qurilma sanalmish sistemali blok o’z 
    navbatida quyidagi ichki qurilmalardan tashkil topgan: 
     Protsessor (CPU) - ma'lumotlarni qayta ishlovchi va hamma hisob ishlarini amalga 
    oshiruvchi qurilma; 
     Operativ xotira (DIMM, DDR) - kompyuter yoqilgan vaqtda bajarilayotgan dasturlar va 
    ishlatilayotgan ma'lumotlarni vaqtincha saqlash qurilmasi; 
     Doimiy xotira qurilmasi yoki qattiq disk, vinchester (HDD) - ma'lumotlarni doimiy 
    saqlash qurilmasi. Agar operativ xotiradagi ma'lumotlar kompyuter tok manbaaidan 
    uzilishi bilan o’chib ketsa, doimiy xotiradagi ma'lumotlar esa aksincha saqlanib qoladi; 
     Video karta - bu qurilma monitorga tasvirlarni uzatish uchun xizmat qiladi, ya'ni 
    tasvirlarni hosil qiladi. 


    O’QUV MATERIALLAR 
    13 
    Ovoz kartasi- tovush, ovoz, musiqani hosil qiluvchi qurilma. 
     Disk yurituvchi qurilma, diskovod (FDD) - egiluvchan magnit disklardagi (disketadagi) 
    ma'lumotni o’qish va unga ma'lumot yozish qurilmasi; 
     CD-ROM disk yuritish qurilmasi - kompakt (lazer) disklardagi ma'lumotlarni o’qish 
    qurilmasi; 
     Ona plata (Mainboard)- yuqoridagi qurilmalarni 
    birlashtiruvchi asosiy plata. 
    Manbaa qism – kompyuterni zarur elektr manbaasi bilan 
    ta’minlab beradi. Quti ichida joylashtirilgan bo’ladi. Manbaa 
    tanlanganda quvvatliroq manbaa tanlash lozim, chunki 
    keyinchalik qo’shimcha qurilmalar o’rnatilganda manbaa 
    taqchilligi ro’y bermasligi uchun. Kompyuter qancha ko’p 
    qurilmalar o’rnatilsa, shuncha ko’p manbaa quvvati talab 
    etiladi.
    1.2-rasm. 
    Ona plata tizimli blokning asosiy qismi bo’lib 1.3-rasmda ko’rinishi ko’rsatilgan hamda bu tizimli 
    plata (motherboard) deb ataladi, unga protsessor tezkor hotiralar va boshqalar o’rnatiladi. Barcha 
    tizimli platalar, maqsadga ko’ra hamma to’plam vositalari orasida real ahborot almashuvini amalga 
    oshirish vazifasini o’taydi. 
    1.3-rasm. 
    Protsessor – tranzistorli mikroshema bo’lib, kompyuterlarning bosh hisoblash hamda 
    boshqaruv elementi hisoblanadi. Protsessorlarning inglizcha nomi – CPU (Central Processing Unit)
    1.4-rasm. 
    Sovutgich (Cooler) – 486 protsessordan boshlab, ta’minot manbaa quvvati bir necha barobar 
    oshishi tufayli va ajratib chiqayotgan issiqlik hajmi oshganligi sabab yangi qurilma, ya’ni Cooler 
    (sovutgich) ehtiyoj paydo bo’ladi. Protsessorlarga ventilyatorlar hamda radiatorlar issiqlikni 
    kamaytirish uchun o’rnatila boshlanadi. 
    1.5-rasm. 
    Tezkor hotira – dastur va ma’lumotlarni kompyuterda ma’lum vaqt saqlab turadi. 
    Kompyuterda uning borligi o’chib ketadi. 


    O’QUV MATERIALLAR 
    14 
    1.6-rasm. 
    Videoadapter deb – ekranga tekislik va grafikli axborotni chiqaruvchi qurilmalarga aytiladi. 
    Kompyuterda musiqa eshitishingiz uchun ovoz platasi, kallonkalar va mahsus dastur o’rnatilish 
    lozim.

    Download 0.67 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Download 0.67 Mb.
    Pdf ko'rish