• Amaliy DT tarkibiga quyidagilar kiradi
  • Tizimli DT tarkibiga quyidagilar kiradi




    Download 0.67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/14
    Sana10.05.2022
    Hajmi0.67 Mb.
    #20836
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    1-mavzu
    UZGTL-HDC-INS-41-72-0-0004 Instrument Connection Diagram, Sumobot roboti dasturi, O’zbekiston Dorivor o’simliklarining xom ashyo bazasi2, 2 5287366133085643049, 6-7modul, 33148, Optik teodolitda gorizontal burchak oʻlchash usullari, MTT LARDA MUSIQA MASHG, Iqtisodiy tahdidlar, stat 1 amaliy, Elektronika va sxemalar 2 fani, mazmuni va usullari hozir org, 5 Тестлар
    Tizimli DT tarkibiga quyidagilar kiradi: Operatsion tizimlar (OT) xabarni qayta ishlash 
    jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani 
    ta’minlaydi. OTning asosiy vazifalaridan biri axborotning kirish - chiqish jarayonini 
    avtomatlashtirish, foydalanuvchi hal etadigan amaliy vazifalarning bajarilishini boshqaradi. OT 
    kerakli axborotni EHM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi; to‘g‘ri hisoblashga halal 
    beruvchi vaziyatlarni tahlil etadi, qiyinchiliklar paydo bo‘lganda nima qilish zarurligi haqida 
    ko‘rsatma beradi. Bajaradigan vazifalaridan kelib chiqib, OTni uch guruhga bo‘lish mumkin: 
     bir funksiyali(bir foydalanuvchili); 
     ko‘p funksiyali (ko‘p foydalanuvchili); 
     tarmoqli. 
    Bir vazifali OT bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq vazifani bajarish uchun 
    mo‘ljallangan. Bunday operatsion tizimlarning tipik vakili MS DOS dir (uni Microsoft firmasi 
    ishlab chiqqan).
    Ko‘p vazifali OT vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EHMdan jamoa bo‘lib 
    foydalanishni ta’minlaydi (EHM xotirasida bir necha dastur vazifalar bo‘ladi va protsessor 
    kompyuter resurslarini vazifalar o‘rtasida taqsimlaydi). Bunday sinfdagi OTning tipik vakillari -
    IBM korporatsiyasining UNIX, OS2, Microsoft Windows 95, Microsoft Windows NT va 
    boshqalardir. 
    Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq va 
    foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini ta’minlash uchun 
    mo‘jallangan. Tarmoqli OT larning tipik vakillari -Novell NetWare, Banyan Vines, IBM LAN, Sun
    firmasi mahsuloti Solaris dir. 
    Amaliy DT tarkibiga quyidagilar kiradi: Amaliy DT amaliy dasturchi uchun uning 
    faoliyatining natijaviy maqsadi bo’ladi va bir vaqtning o’zida foydalanuvchining ish qurolidir. Aniq 
    soha mutaxassisi, bir vaqtning o’zida ma'lumotlarni qayta ishlash sohasida, ham mutaxassis 
    bo’lishga majbur emas, u dastur tuzishni bilishi ham shart emas. Ammo u, kompyuter bilan ishlash 
    usul va yo’llarini, tizimli, ayniqsa amaliy dastur vazifasi va imkoniyatlarini o’zining muammoli 
    sohasi uchun bilishi shart. 
    Amaliy dasturiy ta'minot kompyuterning ishlov berish tizimlarini, turli sohalar masalalarini 
    yechishini ta'minlaydi. Amaliy dastur yoki ilova- bu ma'lumotlarga ishlov beruvchi axborot 
    texnologiyalarining aniq soha masalalarini yoki masalalar sinfini yechishga mo’ljallangan dasturdir. 
    AT ni qo’llash aniq sohasi-muammoli soha deyiladi. 
    Quyida amaliy dasturlarning turlari keltiriladi: 
     Matn muharrirlari – Word, Word Perfect, Text va ko’pgina boshqa turli bosma hujjatlarni-
    ma'lumotnoma, vedomostlar, maqola, hisobot va h.k.larni tayyorlash uchun ishlatiladi. Matn 
    muharrirlarining eng kuchlilarini – matn protsessorlari deb ataladi. Matn muharrirlarining maxsus 
    ko’rinishlari nashr tizimlari deyiladi, ular gazeta, jurnal, reklama bukletlari prospekt va 
    kitoblarni ko’paytirish uchun ishlatiladi. Bu Ventura Publisher, Adobe Acrobat, Adobe Page Maker 
    va Quart Xpress dir. 


    O’QUV MATERIALLAR 
    17 
     Grafik muharrirlar, ular yordamida turli rasm, chizma, grafik, diagramma, illustratsiya va 
    shu bilan birga uch o’lchamli tasvirlar ishlab chiqiladi: Ular Paint, Adobe PhotoShop, Corel Draw, 
    3Ds Studio va h.k.lar. 
     Elektron jadvallar odatdagi jadvallarning elektron ko’rinishi bo’lib, ularning yordamida 
    matn va sonli ma'lumot avtomatik tarzda qayta ishlanadi. Ular – Lotus, Super Cale, Excel, Quattro 
    Pro va qator shunga o’xshash tizimlardir. 
     MB – bir yoki bir nechta obyektlar ma'lumotlari, xossalari va o’zaro bog’lanishlari haqidagi 
    ma'lumotlarni saqlashga mo’ljallangan dasturiy tizimlar. MB ni ma'lumotlar bilan birlamchi 
    to’ldirish va ma'lumotlarni faol holatda qo’llash (ya'ni predmet sohasini real holatiga mos joriy 
    holatida qo’llash) uchun ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari (MBBT) deb ataladigan 
    dasturlarning uskunali paketlari xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda eng ommaviy MBBT bo’lib, Access 
    MBBT, Fox Pro, Paradox, Informix, Oracle va boshqa dasturlar hisoblanadi. 
     Integrallashgan tizimlar, yuqorida keltirilgan maxsus paketlarga o’xshash komponentalarni, 
    paketning hamma tashkil etuvchilari bilan birga yagona o’zaro bog’lanish uslubini ta'minlaydigan 
    tizim va shu bilan birga paketning turli komponentalari o’rtasida qulay, samarali usulni ham 
    ta'minlaydi. Bunday tizimga yaqqol misol bo’lib MS Office paketi hisoblanadi. Bundan tashqari 
    Corel Word Perfect ni misol qilsa bo’ladi, u o’z ichiga Word Perfect matn muharririni, elektron 
    jadvallarni qayta ishlovchi Quttro Pro ni oladi. Bundan tashqari yana Sun kompaniyasining Star 
    Office paketi mavjud, bu paket turli apparat va dasturiy platformalarda ishlay oladi. 

    Download 0.67 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 0.67 Mb.
    Pdf ko'rish