• Amaliyot tizimlari (AT). AT to‘g’risida dastlabki ma`lumotlar
  • Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari




    Download 0.67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/14
    Sana10.05.2022
    Hajmi0.67 Mb.
    #20836
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    1-mavzu
    UZGTL-HDC-INS-41-72-0-0004 Instrument Connection Diagram, Sumobot roboti dasturi, O’zbekiston Dorivor o’simliklarining xom ashyo bazasi2, 2 5287366133085643049, 6-7modul, 33148, Optik teodolitda gorizontal burchak oʻlchash usullari, MTT LARDA MUSIQA MASHG, Iqtisodiy tahdidlar, stat 1 amaliy, Elektronika va sxemalar 2 fani, mazmuni va usullari hozir org, 5 Тестлар
    Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari – bu amaliy dasturchilar deb nomlanadigan 
    kategoriyadagi mutaxassislar uchun ish qurolidir. Uskunali dasturiy ta'minot – turli xildagi, inson 
    faoliyatining turli sohalarida ishlatiladigan dasturlar paketlarini ishlab chiqishga mo’ljallangan. 
    Amaliy dasturchilar, nafaqat ma'lumotlarga ishlov berish usullarini bilishlari, balki dasturlarni 
    ishlab chiqishni ham bilishlari kerak. Ular axborot texnologiyalarini aniq qo’llash sohalari – 
    muhandislik sohalari, matematika, fizika, nashriyot tizimi, buxgalterlik, tibbiyot va h.k.sohalarda 
    yaxshi o’zaro bog’lanishi yoki yaxshi birikishi lozim. Oddiy foydalanuvchilar bu guruh dasturlari 
    bilan, qoida bo’yicha to’qnashmaydilar.
    Uskunali dasturlar guruhiga quyidagi dasturlar kiradi: turli algoritmik tillar translyatorlari 
    (ular dastur matnini mashina tiliga o’tkazadi-tarjima qiladi) bog’lovchi muharrirlar – ular 
    dasturning alohida-alohida bo’laklarini bir-biriga birlashtirib, butun holatga keltiradi. Sozlovchilar – 
    ular yordamida dasturni yozishdagi yo’l qo’yilgan xatolar topiladi va bartaraf qilinadi. 
    Dasturlashtirishning kirish tili, translyator, mashina tili, standart dasturlar kutubxonasi
    translyatsiya qilingan dasturlarni sozlash va bir butunlikka jamlash vositalarini o‘z ichiga olgan 
    vositalar majmui dasturlashtirish tizimi deb ataladi. Dasturlashtirish tizimida translyator 
    dasturlashtirishning kirish tilida yozilgan dasturni aniq bir EHMning mashina buyrug‘i tiliga tarjima 
    qiladi. Kirish tilidan tarjima qilish usuliga bog‘liq holda translyatorlar kompilyator va 
    interpretatorlarga bo‘linadi. 
    Mutaxassis integrallashgan muhiti-hamma keltirilgan komponentalarni dastur ishlab chiqish 
    uchun yagona, qulay tizimga birlashtiradi. 
    Amaliyot tizimlari (AT). AT to‘g’risida dastlabki ma`lumotlar 
    Operatsion tizim - kompyuter bilan foydalanuvchi o‘rtasida muloqotni o‘rnatadi, kompyuter
    asosiy qurilma manbaalarini, qo‘shimcha qurilmalarining ishini boshqaradi. Operatsion tizim 
    dasturlari operativ xotiraga qo‘chiradi bu dasturlarning talablarini bajarib, ishini ta’minlaydi. Dastur 
    vazifasini bajarib bo‘lgandan so‘ng operativ xotirani undan tozalaydi, ya’ni foydalanuvchi ishlashi 
    uchun operativ xotirada keng maydon yaratadi. 
    OT komandalari asosida foydalanuvchi diskni nomlash, fayllar nusxasini ko‘chirish, ekranda 
    kataloglar ketma-ketligini olish ixtiyoriy dasturlar, printer, displey bilan bevosita ishlash kabi 
    imkoniyatlarga ega bo‘ladi. 
    Windows operatsion tizimi Microsoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo’lib, uning 
    birinchi versiyalari 80 yillarda vujudga keldi va foydalanuvchilar orasida dovrug’ qozondi. 
    Windows ning afzallik tomonlariga quyidagilar kiradi: ma'lumotlar bilan ishlashning yengilligi; bir 
    vaqtning o’zida bir necha dasturlar bilan ishlash; himoyalanganligi; ma'lumotlarning nusxalarini 
    dasturlar orasida osongina almashish; foydalanuvchiga qulay va tushunarli interfeysning bo’lishi; 
    barcha qurilmalarni boshqarish, ularni sozlash va qo’shish; Internet bilan ishlash va elektron pochta 
    bilan ishlashning yengilligi; filmlar ko’rish va musiqalar eshitish va h. Windows OT ning 3.1, 3.11, 
    95, 98, 2000, NT, Mellenium, XP (SP1, SP2 va SP3), Vista, 7, 8, 8.1, 10 kabi talqinlari mavjud 
    bo’lib, ularning ichida eng ko’p tarqalganlari, Windows Windows 7, Windows 8 va Windows XP 
    talqinlari keng foydalanilmoqda. Shuni alohida aytib o’tish joizki Windows ning oldingi 
    talqinlarida ishlagan foydalanuvchi yangi talqin bilan ishlashda hech qiynalmaydi. 

    Download 0.67 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 0.67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari

    Download 0.67 Mb.
    Pdf ko'rish