|
O„zbekiston respublikаsi oliy vа
|
bet | 84/96 | Sana | 30.07.2024 | Hajmi | 4,2 Mb. | | #268923 |
Bog'liq Axborot xavfsizligi 2022 (1)Antispufing - qonuniy identifikatsiya va autentifikatsiya ma‘lumotlaridan ruxsat etilmagan foydalanishga qarshi qabul qilinuvchi choralar.
Antivirus – viruslarni aniqlovchi yoki aniqlovchi va yo‘q qiluvchi dastur. Agar virus yo‘q qilinmasa, zaharlangan dastur yo‘q qilinadi. Yana – viruslardan himoyalashga, zaxarlangan dasturiy modullar va tizimli makonlarni aniqlashga, hamda zaxarlangan obyektlarning dastlabki holatini tiklashga mo‘ljallangan dastur. AT xavfsizlik arxitekturasi - xavfsizlikni loyihalash tizimini boshqaruvchi prinsiplariga rioya qilish uchun xavfsizlik prinsiplarining va umumiy
yondashishning tavsifi.
Audit jurnali – tizim harakatlarining xronologik yozuvi. Berilgan muddatda bajariluvchi tizimli foydalanishlar va amallar yozuvlarini o‘z ichiga oladi.
Autentifikator – foydalanuvchining farqli alomatini ifodalovchi autentifikatsiya vositasi. Qo‘shimcha kod so‘zlari, biometrik ma‘lumotlar va foydalanuvchining boshqa farqli alomatlari autentifikatsiya vositalari bo‘lishi mumkin.
Autentifikatsiya – odatda tizim resurslaridan foydalanishga ruxsat etish
xususida qaror qabul uchun foydalanuvchining, qurilmaning yoki tizimning boshqa tashkil etuvchisining identifikasiyasini tekshirish; saqlanuvchi va uzatuvchi ma‘lumotlarning ruxsatsiz modifikatsiyalanganligini aniqlash uchun tekshirish.
Avariya vaziyati – masalalar yechilishining to‘xtalishiga sabab bo‘luvchi hisoblash tizimining buzilishi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi – ma‘lumotlarni va axborotni yaratish, uzatish, ishlash, tarqatish, saqlash va/yoki boshqarishga va hisoblashlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan dasturiy va apparat vositalar majmui.
Avtorizatsiya – tizimda foydalanuvchiga, uning ijobiy autentifikatsiyasiga asosan, ma‘lum foydalanish huquqlarini taqdim etish.
Axborot egasi - axborot resurslariga, axborot mulkdori bilan shartnoma asosida egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni idora qilish huquqiga ega axborot munosabatlarining subyekti.
|
| |