|
Buzilmaslik – tizimning unga yuklatilgan vazifalarni berilgan sharoitda,
istalgan vaqt onida bajarish qobiliyati.
Davlat sirlaridan foydalanish
|
bet | 87/96 | Sana | 30.07.2024 | Hajmi | 4,2 Mb. | | #268923 |
Bog'liq Axborot xavfsizligi 2022 (1)Buzilmaslik – tizimning unga yuklatilgan vazifalarni berilgan sharoitda,
istalgan vaqt onida bajarish qobiliyati.
Davlat sirlaridan foydalanish - fuqarolarning davlat siridan iborat ma‘lumotlardan foydalanish huquqini, korxonalar, idoralar va tashkilotlarni esa bunday ma‘lumotlardan foydalanib ish yuritish huquqini rasmiylashtirish muolajasi.
Deshifrlash algoritmi – deshifrlash funksiyasini amalga oshiruvchi va shifrlash algoritmiga teskari algoritm.
Dezinformatsiya – foydalanuvchi shaxslarga yolg‘on tasavvurni shakllantirish maqsadida ularga uzatiluvchi xabarni atayin buzib ko‘rsatish; yolg‘on axborotni uzatish.
Faol hujum - dushman va/yoki buzg‘unchi qonuniy foydalanuvchi harakatiga ta‘sir etishi, masalan, qonuniy foydalanuvchi xabarini almashtirishi yoki yo‘q qilishi va xabarni yaratib uning nomidan uzatishi va h. mumkin bo‘lgan kriptotizimga yoki kriptografik protokolga hujum.
Faol tahdid – tizim holatini atayin ruxsatsiz o‘zgartirish tahdidi. Firibgarlik hujumi - foydalanuvchilarning yoki dasturlarning ma‘lumotlarni soxtalashtirish va noqonuniy afzallikka ega bo‘lish yo‘li bilan boshqa subyektlar sifatida muvaffaqiyatli niqoblanish vaziyati.
Foydalanish nazorati – foydalanuvchilarning, dasturlarning yoki jarayonlarning hisoblash tizimlari qurilmalaridan, dasturlaridan va ma‘lumotlaridan foydalanishlarini aniqlash va cheklash.
Foydalanishni diskretsion boshqarish – mavzu alomati bo‘yicha obyektdan foydalanish konsepsiyasi (modeli). Unga binoan vakolatlarning ma‘lum darajasiga ega foydalanish subyekti o‘z xuquqini ixtiyoriy boshqa subyektga berishi mumkin.
Foydaluvchanlik - avtorizatsiyalangan mantiqiy obyekt so‘rovi bo‘yicha mantiqiy obyektning tayyorlik va foydalanuvchanlik holatida bo‘lishi xususiyati.
Himoya ma‟muri – avtomatlashtirilgan tizimni axborotdan ruxsatsiz foydalanishdan himoyalashga javobgar foydalanish subyekti.
Himoyaning faol texnik vositasi – texnik razvedka vositalariga yoki ushbu vositalarning me‘yorida ishlashini, buzuvchi, niqoblovchi yoki imitatsiyalovchi faol halallar yaratilishini ta‘minlovchi himoyaning texnik vositasi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Buzilmaslik – tizimning unga yuklatilgan vazifalarni berilgan sharoitda,
istalgan vaqt onida bajarish qobiliyati.
Davlat sirlaridan foydalanish
|