|
Jamiyat axborot xavfsizligi
|
bet | 89/96 | Sana | 30.07.2024 | Hajmi | 4,2 Mb. | | #268923 |
Bog'liq Axborot xavfsizligi 2022 (1)Jamiyat axborot xavfsizligi – ―shaxs axborot xavfsizligi‖ kabi, uyushgan odamlar kollektiviga va umuman, jamiyatga qo‘llaniladi.
Kalit – fayldagi yozuvlarni identifikatsiyalash va undan tezda foydalanish uchun ishlatiladigan belgilar majmui; yana - qandaydir axborotdan foydalanish vakolatini tasdiqlash uchun ishlatiladigan kod; yana - asosida shifrlash amalga oshiriluvchi qiymat; yana - ma‘lumotlar elementlari naboridagi identifikator.
Kalit uzunligi (o‟lchovi) - kalitni ifodalovchi ma‘lum alfavitdagi so‘z uzunligi. Ikkili kalit uzunligi bitlarda o‘lchanadi.
Keylogger - klaviaturali kiritishni ushlab qolishga mo‘ljallangan dastur yoki apparat vosita. Bosilgan klavishlar skan-kodlarini aniqlashni va ularni yashirincha saqlashni va/yoki yashirincha qandaydir kanal orqali uzatishni amalga oshiradi.
Kiber infrastruktura – elektron axborot, kommunikatsiya tizimlari, xizmatlar va bu tizimlar va xizmatlarda mavjud axborotni o‘z ichiga oladi.
Kiber insident – axborot tizimi va/yoki undagi axborotga aniq yoki potensial zarar yetkazilishiga sabab bo‘luvchi, kompyuter tarmoqlaridan foydalanuvchi harakatlar.
Kiberfazo – Internet, telekommunikatsiya tarmoqlari, kompyuter tizimlari va o‘rnatilgan prosessorlar va kontrollerlarni o‘z ichiga olgan, o‘zaro bog‘langan axborot tizimlari infrastrukturalar tarmog‘idan tashkil topgan axborot muhitidagi global domen.
Kiber-hujum – hisoblash muhiti/ infrastrukturasini, o‘chirish, buzish yoki g‘arazli nazoratlash yoki ma‘lumot yaxlitligini buzish yoki nazoratlanuvchi axborotni o‘g‘irlash maqsadida kiberfazodan foydalanuvchi tashkilotga atalgan kiberfazo orqali amalga oshiriluvchi hujum.
Kiberjinoyatchilik - g‘arazli yoki xuliganlik maqsadlarida himoyalashning kompyuter tizimlarini buzib ochishga, axborotni o‘g‘irlashga yoki buzishga yo‘naltirilgan alohida shaxslarning yoki guruhlarning harakatlari.
Kiberterrorizm - insonlar halokati, aytarlicha moddiy zarar xavfini yoki boshqa jamiyatga xavfli oqibatlarni tug‘diruvchi kompyuter tizimlarini izdan chiqarish bo‘yicha harakatlar.
|
| |