|
O„zbekiston respublikаsi oliy vа
|
bet | 91/96 | Sana | 30.07.2024 | Hajmi | 4,2 Mb. | | #268923 |
Bog'liq Axborot xavfsizligi 2022 (1)Mantiqiy bomba – ―qurbon‖ kompyuterida rezident joylashgan va ma‘lum mantiqiy shart bo‘yicha, masalan, ma‘lum sanada yoki tizimning ma‘lum xolatlari naborida, faollashuvchi destruktiv dasturiy komplekslarni umumlashtiruvchi atama.
Mualliflik huquqi – fan, adabiyot va san‘at asarlarini yaratish va foydalanish bilan bog‘liq vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar majmui.
Nuqson - axborot tizimidagi topshiriq, adashish yoki etiborsizlik asosidagi xato bo‘lib, himoya mexanizmlarini aylanib o‘tishga imkon beradi.
Ochiq axborot – barcha manfaatdor shaxslarning foydalanishlari bo‘yicha cheklash bo‘lmagan axborot: umumfoydalanuvchi axborot.
Ochiq kalit - odatda imzoni tekshirish yoki ma‘lumotni shifrlashda foydalaniluvchi asimetrik kalit juftining ochiq qismi.
Parol yordamida himoyalash – foydalanish uchun parol kiritilishi zarur bo‘lgan ma‘lumotlarni himoyalash usuli.
Parollarni fosh qiluvchi - parollarni saralash yoki o‘g‘rilashni amalga oshiruvchi kompyuter dasturi.
Parolni buzib ochish - axborot tizimidan (tarmog‘idan) yashirincha foydalanish texnikasi (usuli) bo‘lib, unda hujum qiluvchi taraf parollarni fosh qiluvchi yordamida parollarni aniqlashga (tanlashga) yoki o‘g‘irlashga urinib ko‘radi.
Passiv hujum – kriptotizmga yoki kriptografik protokolga hujum bo‘lib, bunda dushman va/yoki buzg‘unchi uzatiluvchi shifrlangan axborotni kuzatadi va ishlatadi, ammo qonuniy foydalanuvchilar harakatiga ta‘sir etmaydi.
Raqamli axborot – kompyuter tizimlarida ishlashga, saqlashga va almashishga mo‘ljallangan ma‘lumotlar ko‘rinishida ifodalangan axborot.
Raqamli imzo algoritmi - ma‘lumotlarni raqamli imzolash uchun foydalaniluvchi asimetrik algoritm.
Raqamli imzoni shakllantirish algoritmi – raqamli imzo sxemasining tarkibiy qismi. Kirish yo‘liga imzolanuvchi xabar, maxfiy kalit, hamda raqamli imzo sxemasining ochiq parametrlari beriluvchi algoritm (umuman randomizatsiyalangan algoritm). Algoritm ishining natijasi raqamli imzo
hisoblanadi. Raqamli imzo sxemasining ba‘zi turlarida imzoni shakllantirishda protokol ishlatiladi.
|
| |