|
O„zbekiston respublikаsi oliy vа
|
bet | 93/96 | Sana | 30.07.2024 | Hajmi | 4,2 Mb. | | #268923 |
Bog'liq Axborot xavfsizligi 2022 (1)Tarmoqlararo ekran – apparat-dasturiy vositalar yordamida tarmoqdan foydalanishni markazlashtirish va uni nazoratlash yo‘li bilan tarmoqni boshqa tizimlardan va tarmoqlardan keladigan xavfsizlikka tahdidlardan himoyalash usuli; yana - bir necha komponentlardan (masalan, tarmoqlararo ekran dasturiy ta‘minoti ishlaydigan marshrutizator yoki shlyuzdan) tashkil topgan ximoya to‘sig‘i hisoblanadi.
Tizim ma‟muri – tizimni ekspluatatsiyasiga va uning ishga layoqatlik holatini ta‘minlashga javobgar shaxs.
Tizim xavfsizligi - tizim resurslaridan va funksional imkoniyatlaridan ruxsatsiz foydalanishdan hamda ishlashida turli bashorat qilinadigan yoki qilinmaydigan holatlar sabab bo‘luvchi, bo‘lishi mumkin bo‘lgan buzilishlardan tizimning himoyalanishi.
Virus – boshqa dasturlar bajarilayotganida o‘zini ularga kirituvchi unchalik katta bo‘lmagan dastur; yana - nusxalarini beixtiyor yaratish va keyinchalik yangi nusxasini nazoratlash va qayta yaratishga erishish maqsadida fayllardagi va tizimli sohalardagi boshqa dasturlarni modifikatsiyalash imkoniyatiga ega dastur.
Virusga qarshi himoya - hisoblash texnikasi va avtomatlashtirilgan tizim vositalarini dasturiy virus ta‘siridan himoyalashni ta‘minlashda ishlatiluvchi tashkiliy, xuquqiy, texnik va texnologik choralar kompleksi.
Xabar haqiqiyligi kodi - bir-biriga ishonuvchi ishtirokchilar tomonidan xabarlarni autentifikatsiyalash protokollarida xabarga qo‘shiladigan va uning yaxlitligini va ma‘lumotlar manbaining autentifikatsiyasini ta‘minlashga mo‘ljallangan simvollarning maxsus nabori.
Xatoliklar jurnali – tizim tomonidan adashishlar xususidagi axborot yoziladigan fayl.
Xavfsiz o‟chirish - qattiq diskni qayta yozish uchun dasturiy - aparat vositalari asosidagi jarayonlardan foydalanib qayta yozish texnologiyasi.
Xavfsiz operatsion tizim – ma‘lumotlar va resurslar mazmuniga mos himoyalash darajasini ta‘minlash maqsadida apparat va dasturiy vositalarni samarali boshqaruvchi operatsion tizim.
Xavfsizlik - ta‘siri natijasida nomaqbul holatlarga olib keluvchi atayin yoki tasodifiy, ichki va tashqi beqarorlovchi faktorlarga qarshi tizimning tura olish xususiyati. Yana - ma‘lumotlar fayllarining va dasturlarning avtorizatsiyalanmagan
300 shaxslar (jumladan tizim xodimi), kompyuterlar yoki dasturlar tomonidan ishlatilishi, ko‘rib chiqilishi va modifikatsiyalanishi mumkin bo‘lmagan holat.
|
| |