|
Hujum – bosqinchining operatsion muhitini boshqarishiga imkon beruvchi axborot tizimi xavfsizligining buzilishi.
Hujumni aniqlash va ogohlantirish
|
bet | 88/96 | Sana | 30.07.2024 | Hajmi | 4,2 Mb. | | #268923 |
Bog'liq Axborot xavfsizligi 2022 (1)Hujum – bosqinchining operatsion muhitini boshqarishiga imkon beruvchi axborot tizimi xavfsizligining buzilishi.
Hujumni aniqlash va ogohlantirish – qaror qabul qiluvchiga maqbul javobni amalga oshirish uchun bildirish orqali ataylab qilingan ruxsat etilmagan harakatlarning aniqlanishi, korrelyatsiyasi, identifikatsiyalanishi va tavsiflanishi.
Identifikator – subyekt yoki obyektning farqlanuvchi alomatidan iborat foydalanishning identifikatsiya vositasi. Foydalanuvchilar uchun asosiy identifikatsiya vositasi parol hisoblanadi.
Identifikatsiya ma‟lumotlari - tizimda muayyan qatnashchini bir ma‘noli identifikatsiyalashga imkon beruvchi, unga tegishli noyob identifikatsiya ma‘lumotlari majmui.
Ijtimoiy injeneriya – xizmatchi xodimlar va foydalanuvchilar bilan, turli nayrang, aldash va h. orqali chalg‘itish asosidagi muloqotdan olinadigan axborot yordamida axborot tizimining xavfsizlik tizimini chetlab o‘tish.
Ikki faktorli autentifikatsiya – foydalanuvchilarni ikkita turli faktorlar asosida autentifikatsiyalash, odatda, foydalanuvchi biladigan narsa va egalik qiladigan narsa (masalan, parol va fizik identifikatori) asosida.
Imzo verifikatsiyasi - ma‘lumotlardagi raqamli imzoni tekshirish uchun raqamli imzo algoritmi va ochiq kalitdan foydalanish.
Insayder – guruxga tegishli yashirin axborotdan foydalanish xuquqiga ega guruh a‘zosi. Odatda, axborot sirqib chiqishi bilan bog‘liq insidentda muhim shaxs hisoblanadi. Shu nuqtai nazaridan, insayderlarning quyidagi xillari farqlanadi: beparvolar, manipulyatsiyalanuvchilar, ranjiganlar, noxolislar, qo‘shimcha pul ishlovchilar va h.
Insident – ruxsatsiz foydalanish xuquqiga ega bo‘lishga yoki kompyuter tizimiga hujum o‘tkazishga urinishning qayd etilgan holi.
Internet–firibgarlik – kredit-moliya sohasidagi ―yuqori-texnologiyali‘‘ jinoyatchilik xili bo‘lib, uyushgan va, odatda, xalqaro xarakterga ega. Jinoiy strukturalar tomonidan noqonuniy daromadlar olish maqsadida foydalanishni blokirovka qilish hujumi yoki bot-tarmoqlarni yaratish kabi zamonaviy texnologiyalar ishlatiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Hujum – bosqinchining operatsion muhitini boshqarishiga imkon beruvchi axborot tizimi xavfsizligining buzilishi.
Hujumni aniqlash va ogohlantirish
|