partiya rahbarligiga qaramligi kuchayadi. Negaki




Download 4.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana20.10.2023
Hajmi4.32 Mb.
#88960
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
hAl98igeN8yhycVCVxgd1wHbqC6lhtMCv5YcHmyz
3M8 kurs ishi (2), tarqatmali-materillar, 13, syllabus BT matematika, Falsafa fanidan yakuniy savollari, Кasbiy psixologiya 6-ma\'ruza, axborot texnologiya 21, Fizika fanidan Kinematika va dinamika bo\'limidan yozma ish, DI-11-20 Hazratqulov Begali BJB 1-A I, Qarzsizlik varaqasi (2), 1-Maruza mashguloti, 1-Laboratoriya, Fizika mustaqil ish 2, 332-guruh Hayitboyev J.Buxgalteriya mustaqil

partiya rahbarligiga qaramligi kuchayadi. Negaki,
MIQ va XKS tarkibini tashkil etuvchilarning ko‘p-
chiligi bolsheviklar partiyasi a’zolari bo‘lib, uning
ko‘rsatma va intizom talabi bo‘yicha ish yuritishga
majbur edi. Qabul qiladigan qonunlarni va qarorlarni
oldindan partiya Markaziy Qo‘mitasiga taqdim etish
va uning roziligini olishga majbur bo‘lib qoladilar. Bu
hol davlat qurilishining demokratik tamoyillariga mut-
laqo zid kelardi.
Turkiston avtonom sovet davlatchiligini huquqiy
jihatdan shakllantirish masalasida asosiy rol Moskva va
uning bolshevik yo‘lboshchilari qo‘lida bo‘ldi. Xusu-
30
www.ziyouz.com kutubxonasi


san, ularning ko‘rsatmalari asosida o‘lkaning davlatchi-
lik maqomi va konstitutsiyaviy negizlari belgilandi.
Jumladan, Turkiston ASSRning konstitutsiyaviy tuzi-
lishi va huquqiy maqomini shakllantirish uchun
RSFSRning 1918-yilda qabul qilingan birinchi Kons-
titutsiyasi to‘la asos qilib olindi. O‘lka xalqlari hayotiga
oid bu «muhim masalalar»ni hal etish uchun 1918-yil
oktabrida Turkiston o‘lka sovetlarining V syezdi
chaqirildi. Mazkur syezd Rossiya Federatsiyasining
muhim hujjatlariga, xususan, uning Konstitutsiyasiga
asoslanib, Turkiston avtonom respublikasining Kons-
titutsiyasini qabul qildi. U Turkistonni Rossiya Sovet
Federativ Sotsialistik Respublikasining ajralmas, tar-
kibiy qismi bo‘lib qolishini, o‘lka xalqlarining barcha
hayotiy masalalari uning mas’ulligida ekanligini
qonunlashtirdi. Binobarin, o‘lkaning moliyaviy, mudo-
faa, tashqi siyosat aloqalari, temiryo‘llar, savdo, moliya
va shu singari muhim hayotiy sohalari RSFSR huku-
mati tasarrufida bo‘lishi syezd hujjatlarida o‘z ifodasini
topdi. Syezd tasdiqlagan Turkiston avtonom respub-
likasi oliy hokimiyati — Turkiston MIQ tarkibiga
mahalliy millat nomzodlari ham (jami 75 kishidan 20
nafari) kiritildi.
Shunday qilib, «ulug‘» millat namoyandalarining
to‘liq tashabbusi va homiyligida o‘tgan va Turkiston
xalqlarining tub manfaatlariga, taqdiriga oid hujjat-
larni qabul qilgan o‘lka sovetlarining V syezdi amalda
sovet hokimiyatining bu hududdagi to‘la hukmronli-
gini qaror topdirishga xizmat qildi. Qabul qilingan
Turkiston Konstitutsiyasi ham aniq ifodalangan sinfiy
mazmunga ega bo‘lib, unda o‘lka xalqlarining ijti-
moiy-siyosiy va madaniy hayotining milliy o‘ziga
xosligi, huquqiy himoyasi o‘z aksini mutlaqo topma-
gan edi. Mazkur konstitutsiya talabi bo‘yicha,
«mehnatsiz daromad» hisobiga yashaydigan shaxslar,
din peshvolari, rohiblar, xususiy savdogarlar, tijo-
ratchilar, tadbirkorlar va hokazolar saylash va sayla-
nish huquqidan butunlay mahrum etildi. Shu tarzda,
qonun yo‘li bilan Turkiston jamiyatining ko‘pgina ijti-
moiy tabaqalari va guruhlari davlatni boshqarishda
qatnashish huquqidan chetlatilgan edi.
31
www.ziyouz.com kutubxonasi


Turkiston Kompartiyasi va
uning Markaziy Qo‘mitasi
tuzilganidan keyin uning
o‘lka hayoti jabhalarida yuz berayotgan voqealar,
o‘zgarishlarga ta’siri yanada kuchaydi. Buning ustiga bu
Download 4.32 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 4.32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



partiya rahbarligiga qaramligi kuchayadi. Negaki

Download 4.32 Mb.
Pdf ko'rish