O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. MIRZIYOEV




Download 58,21 Kb.
bet2/5
Sana22.03.2021
Hajmi58,21 Kb.
#13364
1   2   3   4   5
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. MIRZIYOEV

Toshkent sh.,

2017 yil 11 avgust,

PQ-3200-son

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 avgustdagi PQ-3200-son qaroriga

1-ILOVA

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi to’g`risida



NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (keyingi o’rinlarda — JIEBB) ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarni (keyingi o’rinlarda — mahkumlar) jazosini ijro etish, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo’llanilgan gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni (keyingi o’rinlarda — qamoqqa olingan shaxslar) saqlash, ularni qo’riqlash va boshqa erga ko’chirish bo’yicha faoliyatni muvofiqlashtirish va tashkil etishni ta`minlovchi O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o’rinlarda — IIV) markaziy apparatining mustaqil tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi.

2. JIEBB o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga, «Ichki ishlar organlari to’g`risida»gi Qonuni va boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

3. JIEBB bo’linmalari va muassasalari tizimi quyidagilardan tashkil topadi:

tezkor harakat otryadi;

markaziy omborxona;

Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmalari jazoni ijro etish bo’limlari;

jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan davolash huquqi asosida;

tarbiya koloniyalari;

tergov hibsxonalari;

mahkumlarga mo’ljallangan ixtisoslashgan kasalxona.

4. JIEBB o’z faoliyatini bevosita yoki o’z bo’linmalari va muassasalari orqali amalga oshiradi.

Tezkor harakat otryadi favqulodda holatlarda JIEBB, uning bo’linmalari va muassasalarida xavfsizlikni ta`minlash va o’rnatilgan tartibni qo’llab-quvvatlash bo’yicha maxsus vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan.

Markaziy omborxona mol-mulk, asbob-uskuna va jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni hisobga olish va saqlash, shuningdek JIEBB, uning bo’linmalari va muassasalari ehtiyojlari uchun asosiy vositalar, tovar-moddiy qimmatliklarni markazlashtirilgan tarzda sotib olish va tarqatish uchun mo’ljallangan.

Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmalari jazoni ijro etish bo’limlari ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq jazoni ijro etishni tashkil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish, moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va takomillashtirishga ko’maklashish uchun mo’ljallangan.

Jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov hibsxonalari va mahkumlarga mo’ljallangan ixtisoslashgan kasalxonalar faoliyatining asosiy yo’nalishlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

5. JIEBB, uning bo’linmalari va muassasalari quyi turuvchi boshliqlarning yuqori turuvchi boshliqlarga va O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga bo’ysunuvi va hisobot berishi asosida faoliyat yuritadi.

6. JIEBB o’z faoliyati bilan bog`liq masalalar bo’yicha belgilangan tartibda ichki ishlar organlarining boshqa bo’linmalari, huquqni muhofaza qilish va boshqa davlat organlari, tashkilotlar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro hamkorlikni amalga oshiradi.

7. JIEBB mustaqil balansga, bank hisobvarag`iga, O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o’zining to’liq nomi yozilgan blank va muhrga, shtampga ega, shuningdek O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan ta`sis etiladigan JIEBB faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari aks ettirilgan ramzga ega bo’lishi mumkin.


Download 58,21 Kb.
1   2   3   4   5




Download 58,21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. MIRZIYOEV

Download 58,21 Kb.