4-bob. JIEBB faoliyatini tashkil etish
13. JIEBBga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o’rinbosari — JIEBB boshlig`i rahbarlik qiladi.
14. JIEBB boshlig`i O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan 5 nafar o’rinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi o’rinbosarga ega bo’ladi.
15. JIEBB boshlig`i:
JIEBB ishini tashkil etadi va faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, o’ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda shaxsan javobgar bo’ladi, o’z o’rinbosarlari va JIEBB tarkibiy bo’linmalari boshliqlarining vakolatlarini va funktsional vazifalarini belgilaydi;
JIEBBning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari, tarmoq boshqarmalari, bo’limlari, bo’linmalari va xizmatlari to’g`risidagi nizomlarni, JIEBB shaxsiy tarkibining funktsional vazifalarini tasdiqlaydi;
JIEBB, uning bo’linmalari va muassasalari xodimlari (ishchilari va xizmatchilari)ni saqlash uchun byudjet ajratmalari doirasida smeta xarajatlarini tasdiqlaydi;
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, kapital ta`mirlash, mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarni mehnatidan foydalanishning istiqbolli va yillik ish rejalarini, moliyaviy rejalarni, iqtisodiy normativlarni tasdiqlaydi;
JIEBB, uning bo’linmalari va muassasalarini tezkor-xizmat, ishlab chiqarish va moliya-xo’jalik faoliyati natijalarini, ular ishini tekshirish materiallarini, prokuratura organlari taqdimnomalari va boshqalarni ko’rib chiqadi;
o’z vakolati doirasida JIEBB, uning bo’linmalari va muassasalarining barcha shaxsiy tarkibi bajarishi majburiy bo’lgan buyruqlar, ko’rsatma va farmoyishlar, shuningdek sharh va metodik tavsiyalar chiqaradi;
JIEBB, uning bo’linmalari va muassasalari xodimlarini (ishchi va xizmatchilari) lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan shaxslar bundan mustasno;
o’z vakolati doirasida Toshkent shahrida joylashtirilgan JIEBB, uning bo’linmalari va muassasalari xodimlariga maxsus unvonlar beradi;
JIEBB, uning bo’linmalari va muassasalari xodimlarini (ishchi va xizmatchilari) rag`batlantirish, ularga intizomiy jazo choralarini qo’llash masalasini hal etadi;
o’z vakolati doirasida JIEBB xodimlariga mehnat ta`til beradi;
belgilangan tartibda JIEBB xodimlarini xizmat safariga yuboradi;
JIEBBning bo’linmalari va muassasalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;
mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslar yoki JIEBB, uning bo’linmalari va muassasalari xodimlari (ishchilari va xizmatchilari) tomonidan yo’l qo’yilgan jinoyatlar, hodisalar, qonun buzilishi, xizmat va mehnat intizomi, tovar-moddiy boyliklarni o’zlashtirish holatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o’tkazishni tayinlaydi;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabulini amalga oshiradi, shikoyat, ariza va takliflarni ko’rib chiqadi, ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
JIEBB, uning bo’linmalari va muassasalarini saqlash uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan ajratiladigan moliyaviy mablag`larni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq chora-tadbirlarni o’tkazish uchun moliyaviy mablag`larni sarflash normasi va tartibini belgilaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
JIEBB boshlig`i O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligiga quyidagilar to’g`risidagi takliflarni kiritadi:
JIEBB, uning bo’linmalari va muassasalari xodimlarining (ishchi va xizmatchilari) cheklangan soni va mehnatga haq to’lash fondi;
JIEBB, uning bo’linmalari va muassasalari tuzilmasiga va shtatlar soniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;
belgilangan tartibda JIEBBning bo’linmalari va muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;
jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari rejimi turini va ularni to’ldirish limitlarini o’zgartirish;
jazoni ijro etish muassasalarida turli rejim turlaridagi ajratilgan uchastkalarni tashkil etish;
JIEBB boshliq o’rinbosarlari, bo’linmalari va muassasalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;
JIEBB, uning bo’linmalari va muassasalarining maxsus unvonlar berish o’z vakolati doirasiga kirmaydigan xodimlariga maxsus unvonlar berish;
JIEBB, uning bo’linmalari va muassasalarining xodimlarini (ishchi va xizmatchilar) davlat mukofotlariga taqdim etish.
JIEBB boshlig`i bo’lmagan taqdirda uning vazifalarini birinchi o’rinbosar amalga oshiradi.
16. Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyati jazoni ijro etish bo’lim boshliqlari bir vaqtning o’zida Qoraqalpog`iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining o’rinbosarlari hisoblanadi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyati jazoni ijro etish bo’lim boshliqlari O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Toshkent shahridagi jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari boshliqlari JIEBB boshlig`ining taqdimnomasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlardagi jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari boshliqlari JIEBB boshlig`i bilan kelishilgan holda Qoraqalpog`iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari taqdimnomasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari boshliqlari o’rinbosarlari, shuningdek jazoni ijro etish bo’limlari xodimlari JIEBB boshlig`i tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Toshkent shahridagi JIEBB, uning bo’linmalari va muassasalari xodimlari JIEBB boshlig`i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlardagi JIEBB bo’linmalari va muassasalari xodimlari tegishlicha JIEBB boshlig`i bilan kelishilgan holda Qoraqalpog`iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
17. Jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov hibsxonalari va mahkumlarga mo’ljallangan ixtisoslashgan kasalxonalar xodimlarining xizmat muddati mehnat staji hisoblanayotgan vaqtda xizmatning bir kuni xizmatning ikki kuni deb hisoblanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Ish yuritish va maxfiylik rejimini tashkil etish va ta`minlash bo’yicha chora-tadbirlar JIEBB tomonidan belgilangan tartibda mustaqil amalga oshiriladi.
19. JIEBB, uning bo’linmalari va muassasalarini moddiy-texnik vositalar va boshqa mol-mulk bilan ta`minlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
20. Jazoni ijro etish muassasalari, tergov izolyatorlari hamda mahkumlar va qamoqda saqlanayotgan shaxslar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarni tashkil etish va tugatish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 33-son, 838-modda)
|