• Nogironligi bo‘lgan yoshlarga
  • Nogironligi bo‘lgan yoshlarga




    Download 0.62 Mb.
    bet3/3
    Sana21.02.2022
    Hajmi0.62 Mb.
    #17927
    1   2   3
    Bog'liq
    PQ-92 19.01.2022
    Elektr jixozlaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi, ilashish muftasi va uning nosozliklarini aniqlash
    Nogironligi bo‘lgan yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘rgatish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, shuningdek, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish.

    Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya

    Yoshlar ishlari agentligiga

    13.

    Nogironligi bo‘lgan yoshlarga kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan hamda maxsus sertifikatni olgan, shuningdek, tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish.

    Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya

    Yoshlar ishlari agentligiga

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qaroriga
    2-ILOVA
    Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi
    TARKIBI

    1.

    K.K. Kuranbayev



    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, Komissiya raisi

    2.

    Lavozimiga ko‘ra



    Bosh vazir o‘rinbosari, Komissiya raisi o‘rinbosari

    3.

    A.A. Djurabayev



    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari, Komissiya raisi o‘rinbosari

    4.

    J.T. Jo‘rayev



    Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari, Komissiya raisi o‘rinbosari

    5.

    O.F. Tojiyev



    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari

    6.

    B.S. Sayfullayev



    Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi

    7.

    M.A. Xayriddinov



    Bosh vazirning maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshlig‘i

    8.

    Lavozimi bo‘yicha



    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

    9.

    B.O. Saidov



    xalq ta’limi vaziri

    10.

    A.X. Toshkulov



    oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

    11.

    O.A. Nazarbekov



    madaniyat vaziri

    12.

    R.T. Mamatov



    mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri

    13.

    S.B. Artikova



    Bosh prokuror o‘rinbosari

    14.

    S.D. Mamayusupov



    Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari

    15.

    H.A. Qarshiyev



    mudofaa vaziri o‘rinbosari

    16.

    A.I. Ikramov



    ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

    17.

    D.T. Rustamov



    axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari

    18.

    A.Sh. Bekmurodov



    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori

    19.

    O.A. Xasanov



    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari

    20.

    A.J. Xadjayev



    O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi

    21.

    S.S. Sayidov



    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

    22.

    M.M. Xojimatov



    Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

    23.

    S. Turdiyev



    O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasiboshqaruvi raisi

    24.

    A.A. Xaitov



    O‘zbekiston fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

    25.

    S.G‘. Ashurov



    Vazirlar Mahkamasining Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati mudiri

    26.

    A.Z. Sa’dullayev



    Yoshlar ishlari agentligi direktori, Komissiya mas’ul kotibi

    Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qaroriga
    3-ILOVA
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3394-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matni 7-bandida:
    “Naimenovaniye meropriyatiya” ustunidagi “pervichnimi organizatsiyami Soyuza molodeji Uzbekistana” so‘zlari “territorialnimi podrazdeleniyami Agentstva po delam molodeji” so‘zlari bilan almashtirilsin;
    “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Soyuz molodeji Uzbekistana (K. Kuranbayev)” so‘zlari “Agentstvo po delam molodeji (A. Sa’dullayev)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3402-son qarorida:
    5-banddagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
    1-ilova 3-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi” va “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashlari raislari” so‘zlari tegishincha “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi” va “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari boshliqlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
    3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4231-son qarori 8-bandining birinchi xatboshisidagi “, 2018-yil 27-iyundagi ““Yoshlar — Kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmonlari” so‘zlari “Farmoni” so‘zi bilan almashtirilsin.
    4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-son qarori 7-bandining “b” kichik bandidagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
    5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-son qarori 7-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
    “yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor (filial direktorining birinchi o‘rinbosari) lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi;”.
    6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4498-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshisidan “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
    7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4602-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshisidan “, “Yoshlar — kelajagimiz” dasturi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
    8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4768-son qarorida:
    a) 1-bandda:
    to‘rtinchi xatboshidagi “75” raqami “71” raqami bilan almashtirilsin;
    beshinchi xatboshidagi “766” raqami “10 652” raqami bilan almashtirilsin;
    b) 4-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
    “davlat va davlat ulushi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasasining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori (filial direktorining birinchi o‘rinbosari) lavozimiga nomzod Agentlik bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;”;
    v) 2 — 4-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
    “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qaroriga
    2-ILOVA
    O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatining
    TUZILMASI

    Direktor

    Yordamchi

    Axborot va media xizmati
    2

    Direktorning birinchi o‘rinbosari

    Direktor o‘rinbosari

    Direktor o‘rinbosari

    Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi
    1

    Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida yoshlar siyosatini muvofiqlashtirish boshqarmasi
    4

    Mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash boshqarmasi
    6

    Ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash va volontyorlik faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi
    7

    Axborot-tahlil va ijro nazorati boshqarmasi
    6


    Besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi
    5

    Yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish boshqarmasi
    5

    Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash bo‘limi
    3

    Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi
    4

    Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘limi
    3

    Xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘limi
    3

    Innovatsiya va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi
    4

    Yuridik byuro
    2

    Moliya-iqtisod boshqarmasi
    4

    Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi
    2

    Ishlar boshqarmasi
    2


    Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorat va ichki audit xizmati
    2


    Birinchi bo‘lim
    1

    Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti

    Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 71 shtat birligi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qaroriga
    3-ILOVA
    O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining
    TUZILMASI

    Boshliq


    Boshliq o‘rinbosari
    1

    Axborot va media bo‘yicha mutaxassis
    1

    Mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash bo‘limi
    1

    Besh tashabbusni muvofiqlashtirish bo‘yicha mutaxassis
    1

    Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha mutaxassis
    1

    Kadrlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis
    1

    Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis
    1

    Yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini �ivojlantirish bo‘yicha mutaxassis
    1

    Axborot-tahlil va ijro nazorati bo‘yicha mutaxassis
    1

    Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis
    1

    Yuriskonsult
    1

    Buxgalteriya bo‘limi
    2

    Ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash va volontyorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis
    1

    Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 15 shtat birligi, jami — 210 shtat birligi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qaroriga
    4-ILOVA
    O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) bo‘limlarining
    TUZILMASI

    Boshliq


    Mahallalarda yoshlar bilan ishlash, “Yoshlar daftari” va “Yoshlar balansi”ni muvofiqlashtirish sho‘basi*
    1 — 5

    Besh tashabbusni muvofiqlashtirish bo‘yicha mutaxassis
    1

    Mahalladagi yoshlar yetakchisi**

    Ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va volontyorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis
    1

    Bosh buxgalter
    0,5 — 1


    Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 4,5 — 7 shtat birligi, jami — 10 442 shtat birligi.
    * Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni hududdagi mahallalar sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
    ** Hududdagi mahallalar sonidan kelib chiqqan holda mos ravishda belgilanadi.
    Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari yuridik shaxs hisoblanadi.”.


    (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 07/22/92/0046-son)

    Download 0.62 Mb.
    1   2   3




    Download 0.62 Mb.