|
Iskanasimon yumshatkichning tuproqni maydalash ko‘rsatkichlari
|
bet | 26/29 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 23,79 Mb. | | #116921 |
Bog'liq Aminov Asliddin Dissertatsiya 2023 tayyoriIskanasimon yumshatkichning tuproqni maydalash ko‘rsatkichlari
3.4-jadval.
Ko‘rsatkichlarning
nomlanishi
|
Iskanasimon yumshatkichning eni, mm
|
35
|
40
|
45
|
Tuproqning quyidagi o‘lchamli (mm) fraksiya-lari miqdori, %:
> 50
50-25
>25
|
4,9/4,0
19,2/17,6
75,9/79,4
|
5,2/4,7
20,0/19,7
74,8/75,6
|
5,9/5,1
20,3/19,2
73,8/75,7
|
Izoh: suratda agregat harakat tezligi 1,7 m/s bo‘lganda; maxrajda agregat harakat tezligi 2,2 m/s bo‘lganda.
Tajribalarning natijalaridan ko‘rinib turibdiki, iskanasimon yumshatkich enining oshishi tuproqning uvalanish sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Tezlikning 1,7 m/s dan 2,2 m/s ga ortishi tuproqning uvalanish sifati ma’lum darajada yaxshilanishiga olib keladi.
Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar
Tadqiqotlarda qurilmalarning quyidagi sifat ko‘rsatkichlari aniqlandi:
Tuproqqa yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan kombinatsiyalashgan qurilmasida:
harakat tezligi;
urug‘larni ekish chuqurligi;
urug‘lar o‘rtasidagi masofa;
ekish normasi;
ishlov berish chuqurligi;
yoqilg‘i sarfi va mehnat unumdorligining oshishi kuzatildi.
2. Iskanasimon yumshatkich enining oshishi tuproqning uvalanish sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Tezlikning 1,7 m/s dan 2,2 m/s ga ortishi tuproqning uvalanish sifati ma’lum darajada yaxshilanishiga olib keladi.
Yumshatkich qamrash kengligi 35 dan 45 mm gacha oraliqda o‘zgarganda uning sifat ko‘rsatkichlarining esa deyarli bir xil bo‘lishi, ishlov berilgan maydon yuzasi 310 sm2 dan 343,5 sm2 gacha ortishi sababli esa uning solishtirma tortishga qarshiligi kamayishi aniqlandi. Yumshatkich qamrash kengligi 35 mm bo‘lganda uning solishtirma qarshiligi 5,56-5,74 N/sm2, 40 mm bo‘lganda 4,88-5,17 N/sm2 va 50 mm bo‘lganda 4,82-5,06 N/sm2 ni tashkil etdi. Qamrash kengligi 40 va 45 mm bo‘lganda yumshatkich kritik chuqurlikdan chiqqanligi sababli solishtirma tortishga qarshilik sezilarli darajada kamaygan. Shuning uchun yumshatkich qamrash kengligini 45 mm qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
3. Tuproqqa yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan qurilma yordamida
20 cm chuqurlikka ishlov berganida egat profili sezilarli darajada o‘zgarishi va pushta tepa qismining o‘rtasiga urug‘ qadash uchun qo‘shimcha tekislash yoki panjasimon soshnikdan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
|
| |