• 3.4-rasm. Yumshatkichlar
  • -§. Tuproqqa yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan iskana panjali yumshatkichlarning laboratoriya sharoitidagi sinov natijalari




    Download 23,79 Mb.
    bet24/29
    Sana12.12.2023
    Hajmi23,79 Mb.
    #116921
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
    Bog'liq
    Aminov Asliddin Dissertatsiya 2023 tayyori

    3.2-§. Tuproqqa yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan iskana panjali yumshatkichlarning laboratoriya sharoitidagi sinov natijalari
    Takroriy ekinlar urug‘ini ekishda energiya va resurstejamkor texnologiyani amalga oshirish uchun pushta shaklini buzmagan holda tuproqqa yo‘l-yo‘l (polosali) minimal ishlov berish talab etiladi [34-40].
    Tahlillar asosida tuproqqa yarusli ishlov berish uchun aylanma panjali (iskanasimon) ishchi organlar laboratoriya sinovlarini o‘tkazildi.
    Yumshatkichlar sudrashga eng kam qarshilikka ega bo‘lishi bilan birgalikda tuproqni sifatli yumshatishi va tekis ishlov berishi zarur. Tadqiqotlar yumshatkich parametrlarining sudrashga bo‘lgan qarshiligiga ta’sirini, pushtaning shakli va o‘lchamlarining o‘zgarishini o‘rganishga qaratildi.
    Yumshatkichga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
    - pushta tuprog‘ini belgilangan kenglik va chuqurlikda polosali yumshatish;
    - yumshatish jarayonida pushta shaklini buzmaslik va ishlov beriladigan polosa tuprog‘ini egatga tushirmaslik;
    - yumshatkich ustuni va unga yaqin bo‘lgan ishchi organlar orasiga o‘simlik qoldiqlarining tiqilib qolmasligini ta’minlashi zarur.
    Yuqoridagi keltirilgan vazifalarni bajarish uchun turli o‘lchamdagi aylanma panjalar tanlab olindi (3.4-rasm).



    3.4-rasm. Yumshatkichlar



    3.5-rasm. Yumshatkichning seksiyaga o‘rnatilishi

    Tanlab olingan panjali yumshatkichlarning qamrash kengligi 35 mm, 40 mm va 45 mm ni tashkil qiladi va uning qolgan o‘lchamlari: balandligi mos ravishda 250 mm, 225 va 265 mm ni tashkil qilib, ishlov berish chuqurligi 10 cm, 15 cm va 20 cm chuqurliklarga o‘rnatildi. Laboratoriya tadqiqotlari tuproq kanalida 1,1 va 1,4 m/s tezligida o‘tkazildi.
    Maydalagichli tayanch g‘ildiragi va yumshatkich variantidaga ishchi organlar bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, egatni to‘liq buzilishi, jo‘yakning ko‘milishiga va katta kesaklar hosil bo‘lishiga olib keladi.
    3.3-§. Tuproqqa yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan kombinatsiyalashgan qurilmaning ishlov berish chuqurligi va tuproq donadorligini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlarning natijalari
    Tuproqning uvalanish sifati va ishlov berish chuqurligi
    TSt 63.04:2001 “Испытания селскохозяйственной техники. Машины и орудия для поверхностной обработки почвы. Программа и методы испытаний” [31] bo‘yicha aniqlandi. Bunda pushtalar egatlariga ishlov berish chuqurligi ko‘ndalang kesimining yuzi 1 sm2 (1x1 cm) bo‘lgan chizg‘ichni ishlov berilgan qatlami tubigacha botirish yo‘li bilan aniqlandi. O‘lchovlar ±1 cm aniqlikda olib borildi. Har ikkala tezlikda to‘rt takrorlikda (ikki marta u tomonga, ikki marta bu tomonga) 50 tadan o‘lchov o‘tkazildi.
    Pushtalarning yumshatilgan qatlam tuprog‘ining uvalanish sifatini aniqlash uchun besh takrorlikda 0,25 m2 maydonchadan ishlov berish chuqurligi bo‘yicha namunalar olindi. Olingan namunalar teshiklarining diametri 50 va 25 mm bo‘lgan elaklardan o‘tkazildi. Har bir elakda qolgan va oxirgi elakdan o‘tgan tuproq va kesaklar massasi LIBOR “EL-600” tarozisida tortilib, 50 mm dan katta, 50-25 va 25 mm dan kichik fraksiyalar miqdori (foizda) aniqlandi. Tuproqni elashda katta teshiklari bo‘lgan elakdan kichik o‘lchamli teshiklari bo‘lgan elaklarga o‘tish tartibi qo‘llanildi. O‘lchash aniqligi fraksiyalar bo‘yicha ±10 g bo‘ldi.

    Download 23,79 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




    Download 23,79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. Tuproqqa yarusli ishlov berib urug‘ ekadigan iskana panjali yumshatkichlarning laboratoriya sharoitidagi sinov natijalari

    Download 23,79 Mb.