|
III-BOB. TUPROQQA YARUSLI ISHLOV BERIB URUG‘ EKADIGAN O‘QYOYSIMON PANJALI ISHCHI ORGANNING KONSTRUKTIV SXEMASINI YASASH VA LOYIHALASHTIRISH
|
bet | 22/29 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 23,79 Mb. | | #116921 |
Bog'liq Aminov Asliddin Dissertatsiya 2023 tayyoriIII-BOB. TUPROQQA YARUSLI ISHLOV BERIB URUG‘ EKADIGAN O‘QYOYSIMON PANJALI ISHCHI ORGANNING KONSTRUKTIV SXEMASINI YASASH VA LOYIHALASHTIRISH
3.1-§. Seksiyaning iskanasimon yumshatkichining ish jarayoni
Disksimon ishchi organi bilan yumshatkich birgalikda ishlatilishi lozim, chunki disklar vertikal kesik hosil qilishidan tashqari tuproqning chekkaga surilishiga ham to‘siq rolini bajarishi lozim. Seksiyaning tuproq kanalidan o‘tganidan keyin egatning profili ko‘rinishi (3.1-rasm).
3.1-rasm. Disklar va yumshatkich o‘tgandan so‘ng egat profilining o‘lchamlari
Yumshatkich ishlov berish chuqurligini o‘lchash natijalari 3.1-jadvalda keltirilgan. Ko‘rinib turibdiki, o‘rnatilish ishlov berish chuqurligi 20 cm bo‘lganda yumshatkichning haqiqiy chuqurligi 19,8-21,7 cm oralig‘ida bo‘lgan va o‘tracha 20,6 cm ni tashkil qilib, o‘rtacha kvadratik chetlanish 0,83 cm ni tashkil qilgan. Bu yumshatkich harakatlanishining ravonligini ko‘rsatadi, ammo dala sharoitida mikrorelef notekisligi ko‘proq bo‘lishi sababli bu ko‘rsatkichlar ham o‘zgarishi mumkin.
3.2-rasm. Chuquryumshatkich o‘tgandan keyin egat
profilining ko‘rinishi
3.2-rasmdan ko‘rinib turibdiki, iskanasimon yumshatkich 20 cm chuqurlikka ishlov berganida egat profili sezilarli darajada o‘zgaradi. Pushta tepa qismining o‘rtasiga urug‘ qadash uchun qo‘shimcha tekislash yoki panjasimon soshnikdan foydalanish lozim bo‘ladi.
Iskanasimon ishchi organning ishlov berish chuqurligi
3.1 - jadval
Ishlov berish chuqurligi, sm
|
Qaytarilishlar
|
1
|
2
|
3
|
O‘rtacha
|
± σ
|
Xo‘r
± σ
|
19,8
0,75
|
21,7
0,82
|
20,3
0,94
|
20,6
0,83
|
0,98
0,09
|
Yumshatkich ta’sirida tuproqning uvalanish darajasini aniqlash natijalari 3.2-jadvalda, aniqlash jarayoni 3.3-rasmda keltirilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
III-BOB. TUPROQQA YARUSLI ISHLOV BERIB URUG‘ EKADIGAN O‘QYOYSIMON PANJALI ISHCHI ORGANNING KONSTRUKTIV SXEMASINI YASASH VA LOYIHALASHTIRISH
|